Telekommunikatsiya tizimlari va tarmoqlari
TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARINING ISHLASH SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Download 144.26 Kb.
|
TELEKOMMUNIKATSIYA TIZIMLARI VA TARMOQLARI
2. TELEKOMMUNIKATSIYA TARMOQLARINING ISHLASH SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Zamonaviy jamiyatning hayoti ma’lumotlarni uzatish turli jinsli tizimlardan keng foydalanishsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu vositalar uzluksiz takomillashmoqda va rivojlanmoqda. Yildan-yilga ma’lumotlar hajmlari ortmoqda, aloqa masofasi oshmoqda, uzatish sifatiga talablar ortmoqda. Shunga ko‘ra, murakkab tizimlarni (MT) boshqarish masalasi oldingi o‘rinlarga chiqmoqda. Boshqarish deganda murakkab tizimlarni ularning turli ishlash bosqichlarida ratsional o‘zini tutishini shakllantirish jarayoni tushuniladi. Boshqarishning mazmunini mos mansabdor shaxslarning qarorni tayyorlash va qabul qilish, uni aloqa rejalashtirishning borishida batafsillashtirish, kuchlar va vositalarini qurish va qo‘llash, o‘zaro ta’sirlashishni tashkil etish va har tomonlama ta’minlash, shuningdek ularning bajarilishini nazorat qilish jarayonlari tashkil etadi. Boshqarishdan maqsad qo‘yilgan masalalarni echishda mavjud kuchlar va vositalardan foydalanishning maksimal samaradorligini ta’minlashdan iborat. SHunga ko‘ra tarkibiy elementi tizimning ishlashi maqsadga yo‘naltirilgan jarayonlarining (TIMYJ) samaradorligini baholash hisoblanadigan qarorlarni qabul qilish prinsiplari va mezonlarini takomillashtirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi. Masalalarni echilishi asosida tizimli tahlil yotadi, bu bizni qiziqtiradigan ob’ektni nafaqat boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro aloqasida, balki tizim sifatida ko‘rib chiqish kerakligini bildiradi. Aloqa tizimining (tarmog‘ining) ishlash samaradorligini o‘rganish maqsadi qarorni qabul qiladigan shaxsga tavsiyalarni ishlab chiqish uchun, uning oldida turgan masalalarni aloqa tizimi (tarmog‘i) orqali muvaffaqiyatli bajarilishini ta’minlaydigan strategiyalarni oqilona tanlash uchun ma’lumotlarni o‘zlashtirish hisoblanadi. Murakkab tizimlarning ishlash samaradorligini baholash muammolariga ko‘plab ishlar bag‘ishlangan, ularda esa hamma vaqtda ham bir ma’nli atamalar bo‘lavermaydi, bu samaradorlik nazariyasi asoslarini o‘rganishni qiyinlashtiradi. Zamonaviy jamiyatni turli xil axborot uzatish tizimlaridan foydalanmasdan yashashini tasavvur etish mumkin emas. Bu vositalar doimo uzluksiz takomillashmoqda va rivojlanmoqda. Axborot xajmi yildan yilga ko‘payib, aloqa masofasi uzayib, uzatish sifatiga esa talablar ortib bormoqda. SHu munosabat bilan murakkab tizimlarni boshqarish masalasi oldingi marraga chiqmoqda. Boshqarish deganda, murakkab tizimning ishlash har xil bosqichlarida uning ratsional xulqini shakllantirish jarayoni tushuniladi. Boshqarishning mohiyati lavozimiy shaxslarning qarorni tayyorlash va qabul qilish, aloqani rejalashtirish davomida uni detallashtirish, kuch va vositalarni taqsimlash va qo‘llash, o‘zaro xarakatlarni tashkil etish va har tomonlama ta’minlash, shuningdek, ular bajarilishini nazoratlash jarayonlaridir. Boshqarishning maqsadi qo‘yilgan vazifalarni (masalalarni) hal qilishda mavjud aloqa kuch va vositalaridan foydalanishda maksimal samaradorlikni ta’minlashdir. SHu munosabat bilan qaror qabul qilish prinsiplari va mezonlarini takomillashtirish masalasi muhim ahamiyat kasb etadi, uning tarkibiy elementi tizimning maqsadli yo‘naltirilgan ishlash jarayonlari samaradorligini baholashdir. Aloqa tarmoqlarining ishlash samaradorligini o‘rganishdan maqsad, aloqa tarmog‘i oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli echishni ta’minlovchi ratsional strategiyani tanlash uchun qaror qabul qiluvchi shaxsga tavsiya ishlab chiqish uchun ma’lumotlarni to‘plashdir. Download 144.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling