Telekommunikatsiya


Download 337.18 Kb.
bet99/104
Sana31.01.2023
Hajmi337.18 Kb.
#1143067
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104
Bog'liq
V.Shohruxbek

Faoliyatning individual uslubi va temperament
Faoliyatning individual uslubi insonda o‘zidan o‘zi vujudga kelmaydi, u shaxs kamolotining barcha bosqichlarida (bog‘cha ѐshidan e’tiboran to kasbiy mahorat egallagunga qadar) shakllanib boradi. Insonning temperamenti faoliyatning individual uslubini tarkib optiradi. Xuddi shu boisdan, faoliyatning individual uslubi deyilganda shaxs uchun o‘ziga xos va muvaffaqiyatga erishishning maqsadga muvofiq yo‘llari individual tizimi tushuniladi.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi”gi qonuni. T.:

“Sharq” 1997

  1. Quronov M.Q. Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy pedagogika. T.: 2003

  2. Bogarova V.G. Sotsialnaya pedagogika. Moskva. 1994

  3. Harchev A.G. Sotsialnoe vospitanie. Moskva, 1990

  4. Qurboniyazova Z.Q. Ijtimoiy tarbiya muammolari. Halq ta’limi, 2003, 6son

  5. Isaqova M. Shaxs ijtimoiylashuvida mahalla. – Halq ta’limi 2003, 3-son


Mavzu : Xarakter va uning shakllanishi
Reja:
1.Xarakter haqida tushuncha.

  1. Xarakterning fiziologik asoslari.

  2. Xarakter tipologiyasi.

  3. Xarakter aktsentuatsiyasi.

  4. Xarakter tarkibi.

  5. Xarakterning shakllanishi.



  1. Xarakter haqida tushuncha

Har bir odam har qanday boshqa odamdan o`zining individual - psixologik xususiyati bilan ajralib turadi. Bu erda gap xarakter haqida boradi. “Xarakter” so`zi aynan tarjima qilinganda grekchadan “tamg`a” degan ma`noni anglatadi. Lekin har qanday individual xususiyatlar ham xarakter bo`la olmaydi. Masalan, ko`rish va eshitishning o`tkirligi, tez esda olib qolish bu xarakter emas.
Xarakter deganda mazkur shaxs uchun tipik hisoblangan, faoliyat usullarida namoyon bo`ladigan, tipik sharoitlarda ko`rinadigan va bu sharoitlarga shaxsning munosabati bilan belgilanadigan individual - psixologik xususiyatlar yig`indisi tushuniladi. Xarakter xususiyatlarining namoyon bo`lishi - har bir tipik vaziyat hissiy kechinmalarining individual o`ziga xos xususiyati shaxs munosabatlariga bog`liq. Ikkinchi tomondan, har bir tipik vaziyatdagi harakat sifatlari va individual o`ziga xos usullari shaxs munosabatlariga bog`liq. Xarakterning intellektual, hissiy va irodaviy xislatlarini ajratish mumkin. Xarakter deganda, shaxsda muhit va tarbiya ta`siri ostida tarkib topgan va uning irodaviy faolligida, tevarak atrofdagi olamga (boshqa kishilarga, mehnatga, buyumlarga) o`z - o`ziga bo`lgan munosabatlarda namoyon bo`ladigan individual xususiyatlarini tushunamiz.
Xarakterning juda ko`p xislatlari odamning ish - harakatlarini belgilovchi chuqur va faol mayllar hisoblanadi. Mana shu moyilliklarda xarakter xislatlarining undovchilik kuchi namoyon bo`ladi. Odam xarakter xislatlarining ana shunday undovchilik kuchi tufayli ko`pincha ob`ektiv sharoitga zid ish qiladi va mutlaqo maqsadga nomuvofiq harakat usullarini qo`llaydi. Ayrim odamlar bilib turib qiyin vazifani tanlaydilar, ayrimlar aksincha. Xarakter xislatlari ma`lum tarzda harakat qilishga ba`zan esa sharoitga qarama - qarshi harakat qilishga undar ekanlar, ular hayotiy qiyin daqiqalarda yaxshiroq namoyon bo`ladilar. Xarakter qarshilik ko`rsatuvchi sharoitlar bilan kurashda sinaladi. Xarakterni tarbiyalash barkamol avlodni tarbiyalashning markaziy va muhim vazifalaridan biridir. Qat`iyatlilik tanqidiy qarash, fahm-farosat, kuzatuvchanlik, xushyorlik singari xislatlari – intellektual (aqliy), quvnoqlik, mehribonlik - hissiy - irodaviy xususiyatlarga kiradi.


  1. Download 337.18 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling