Telekommunikatsiya


Falsafa va ijtimoiy pedagogika


Download 337.18 Kb.
bet61/104
Sana31.01.2023
Hajmi337.18 Kb.
#1143067
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104
Bog'liq
V.Shohruxbek

Falsafa va ijtimoiy pedagogika. Falsafa inson borlig‘i masalalarini o‘rtaga qo‘yadi va ularga javob topishga harakat qilib, dunyoqarashning umumlashgan tizimini ishlab chiqadi. Ijtimoiy pedagogikaning “ijtimoiy tarbiya falsafasi” bo‘limi inson va uning tarbiyasiga muayan qarashlardan kelib chiqadi va bu qarashlarda har doim u yoki bu falsafiy asoslarga suyanadi.
Etika va ijtimoiy pedagogika. Etika axloqiy tasavvur va qarashlar rivojlanishining umumiy qonuniyatlarini, shuningdek, u tartibga solayotgan axloqiy ong shakllarini va ularning axloqiy faoliyatini tahlil qiladi. Ijtimoiy pedagogika etika shakllantirgan tamoyillardan foydalanadi hamda tarbiya usullari va maqsadlarini ishlab chiqadi.
Sotsiologiya va ijtimoiy pedagogika. Sotsiologiya-jamiyat, ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy tarbiya uslubiyati rivoji, faoliyat yuritishi, shakllanish qonuniyatlari haqidagi fan. Ijtimoiy tarbiya sotsiologiyasi ijtimoiylashuv muammolarini o‘rganish jarayonida ijtimoiy bitim sohalarining bir qator ma’lumotlari (yosh, shahar va qishloq, dam olish, ommaviy aloqalar, yoshlar, axloq, ta’lim, jinoyatchilik, din, oila sotsiologiyasi)dan foydalanadi.
Etnografiya, etnopsixologiya va ijtimoiy pedagogika. Etnografiya halqlarning maishiy va madaniy xususiyatlarini o‘rganadi. Etnopsixologiya insonlar ruhiyatining etnik xususiyatlari, milliy harakteri, milliy o‘z-o‘zini anglashning shakllanishi qonuniyatlari, etnik steriotiplarini o‘rganuvchi bilim sohasi. Ijtimoiy pedagogika o‘zining asosiy muammosi bo‘lgan ijtimoiylashuv jarayonini nazariy va amaliy jihatdan asoslashda etnografiya va etnopsixologiya fanlariga ham murojat qiladi va oziqlanadi. Jumladan, ijtimoiy pedagogikada umuminsoniy tarbiya tamoyillariga mos tushadigan va o‘z navbatida etnosda shakllangan tarbiya usullaridan shu halq doirasida ijtimoiy tarbiya tizimida foylanish tavsiya etiladi. Ijtimoiy va yosh psixologiyasi hamda ijtimoiy pedagogika. “Ijtimoiy psixologiya” insonlarni ijtimoiy guruhlarga qo‘shilishlari xolatini keltirib chiquvchi inson faoliyati va yurish-turish qonuniyatlari, shuningdek bu guruhlarning psixologik ta’riflarini o‘rgansa. “Yosh psixologiyasi” esa inson ruhiyati dinamikasi va yosh xususiyatlari shuningdek shaxs rivojlanishining yoshga bog‘liq omillarini ham o‘rganadi. Ijtimoiy pedagogika ijtimoiylashuv va viktimologiya (jinoyatshunoslik) muammolarini o‘rganishda va ijtimoiy tarbiyaning uslubiyotini tadqiq etishda ijtimoiy va yosh psixologiyasi ma’lumotlaridan foydalanadi.
Shu bilan birga ijtimoiylashuv muammolari sotsiologiya tomonidan o‘rganilganligi sababli ijtimoiy pedagogika ba’zi sotsiologik nazariya, usul va vositalardan ham foydalanadi.
Yuqoridagi fikr mulohazalardan kelib chiqilgan holda ijtimoiy pedagogikaga quyidagicha ta’rif berish mumkin:
ijtimoiy pedagogika-shaxsni ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganish, jamiyatning ijtimoiy muammolarini hal qilish maqsadida ijtimoiy pedagogik faoliyatning samarali usullari, texnologiyalarini ishlab chiqish va ularni qo‘llashga qaratilgan pedagogika sohasi.
Bundan tashqari, ijtimoiy pedagogikaga bola ijtimoiylashuvi qonuniyatlarini o‘rganadigan va mutaxassislarni ijtimoiy tarbiya va ta’lim usullari va texnologiyasi bilan ta’minlaydigan fan sifatida ta’rif bersa ham bo‘ladi.
Ijtimoiy pedagogika fan sohasi sifatida bir qator fazifalarga ega bo‘lib, ularni quyidagicha guruhlash mumkin:

Download 337.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   104




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling