"Telekomunikatsiya texnalogiyalari" fakulteti "Kompyuter tarmoqlari” fanidan 3G (umts va wcdma) texnologiyasi mavzusida Mustaqil ishi


Download 300.03 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/6
Sana09.04.2023
Hajmi300.03 Kb.
#1345136
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
3G (umts va wcdma) texnologiyasi

2Gmobil tarmoqlari arxitekturasi 
2(G) avlod mobil tarmoqlari GSM/CDMA standartiga asoslangan bo’lib,
tarmoq bir nechta elementlardan tashkil topgan arxitekturaga asoslanadi. GSM 
tarmog'ining arxitekturasi Stansiya quyi tizimi (BSS), tarmoq va kommutatsiya (NSS), 
operatsiya va qo'llab-quvvatlash quyi tizimi (OMS), shuningdek MSC, AuC, HLR, VLR 
va boshqalar iborat.
BSS(Base Station Subsystem) -an'anaviy uyali telefon tarmog'ining bo'limi bo'lib,
u trafikni boshqarish va uyali telefon va tarmoqni kommutatsiya qilish o'rtasida 
signalizatsiya uchun javob beradi. 
BTS(Base Transceiver Station)-mobil telefonning tarmoqqa kirish nuqtasidir.
U tarmoq va mobil telefon o'rtasida radio aloqalarni amalga oshirish uchun
javobgardir. U nutqni kodlash, shifrlash, multiplekslash (TDMA) va radio 
signallarining modulyatsiyasi demodulyatsiyasi bilan shug'ullanadi.
BSC(Base Station Controller) -bir qator tayanch stantsiyalarni (BTS) 
boshqaradigan va ularning ustidan nazorat olib boradigan va tugunlar va mobil 
kommutatsiya markazi (MSC) o'rtasidagi interfeysni taminlaydigan tarmoq 
elementidir.
Mobil kommutatsiya markazi (MSC/Mobile Switching Center) -GSM / CDMA
uchun ovozli qo'ng'iroqlar va SMS xabarlarini, shuningdek boshqa xizmatlarni


(masalan, konferents-aloqalar, FAX va ulanish ma'lumotlari) marshturlash uchun javob 
beradigan asosiy xizmat ko'rsatish tuguni hisbolanadi. 
Barcha mobil telefonlardan mobil qo'ng'iroqlar va PSTN-dan mobil qo'ng'iroqlar G-MSC 
orqali marshturlanadi. 
NSS(Network switching subsystem)–tarmoqlarni kommutatsiya qilish quyi tizimi
(NSS) (yoki GSM yadro tarmog'i) asosiy stansiyalar tarmog'ida roumingda mobil 
telefonlar uchun qo'ng'iroqlarni amalga oshirish va harakatchanlikni boshqarish 
funktsiyalarini bajaruvchi GSM tizimining tarkibiy qismi.
AuC(Authentication Centre)-Autentifikatsiya markazi bu tarmoqqa ulanishni
istagan uyali aloqa abonentini aniqlash uchun ishlatiladigan GSM tarmog'idagi
yana bir muhim element. Autentifikatsiya SIM-kartani aniqlash va yaroqliligini 
tekshirish orqali amalga oshiriladi.
HLR(Home Location Register) -bu mobil tarmoqning barcha uyali aloqa 
abonentlari, masalan raqamlar boshqa tarmoqqa ulanganmi yoki yo'qmi, xizmatlar kabi 
turli xil ma'lumotlarni o'z ichiga olgan ma'lumotlar bazasi.
VLR(Visitor Location Register) –yangi hududga kirib boruvchi 
faoydalanuvchilarni (masalan Toshkentdan vodiyga boruvchilar) joyini ro’yxatga oladi. 
Bu HLR qamrov zonasidan tashqaridagi foydalanuvchilar uchun rouming 
funktsiyalarini qo'llab-quvvatlaydigan uyali tarmoqdagi server. 
PSTN(Public switched telephone network) -umumiy foydalanishdagi telefon 
tarmog'i -bu milliy, mintaqaviy yoki mahalliy telefon aloqa operatorlari tomonidan 
boshqariladigan, umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya infratuzilmasi va 
xizmatlarini taqdim etadigan dunyo bo'ylab simli infratuzilma orqali ovozli 
ma’lumotlarni uzatadigan telefon tarmoqlarining majmuasidir. 
Uchunchi avlod mobil aloqa tarmoqlari 2000-2010 yillar oralig’ida dunyo 
miqyosida keng foydalanildi va ularda foydalanilgan terminallar smartfonlar deb 
nomlandi. 1 va 2 avlod taqdim etgan xizmatlarga qo’shimcha video qo’ng’iroqlar ham 
ushbu avlod tomonidan qo’llab quvvatlandi. Aloqa almashish tezligi juda tez, qo’shimcha 
xizmatlari ko’paygan va mobil TV xizmatlarini o’zida jamlagan 3G tarmoqlari 1.6-2.0 
GHz chastota diapozonida ishlaydi. Bunday mobil aloqa tarmoqlarining o’tkazish 


polosasi 100Hz va keng polosali qaramli tarmoq ham deb nomlanadi. CDMA (Code
Division Multiple Access), UMTS (Universal Mobile Telecommunications System) va 
EDGE(Enhanced Data Rates for GSM Evolution) standart texnologiyalarga asoslangan 
3G avlod mobil aloqa tarmog’ining ma’lumot uzatish tezligi soniyasida 144kb/s –2Mb/s 
tezlikni qo’llab quvvatlaydi.
Qo’shimcha qilib 3G tarmog’ida xavfsizlik masalalari juda puxta echilgan, video 
konferensiya, 3 o’lchmli (D) o’yin xizmatlarini o’zida jamlagan bo’lsa, 3G litsenziyasi
juda qimmat, 3G tarmoq infratuzulmasini qurishda qiyinchiliklar mavjud, yuqori 
o’tkazish qobiliyatini talab qiladi hamda 3G tarmog’ini qo’llab quvvatlovchi mobil 
telefonlari (smartfonlar) ning narxi qimmat. 

Download 300.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling