Telikomunikatsiya texnologiyalari va kasb ta`limi fakultеti “axborot ta`lim texnologiyalari” kafedrasi
O`zbekiston milliy Internet resurslari
Download 1.81 Mb.
|
Jumayeav Mohinur Kurs ishi M F O' aa-конвертирован
O`zbekiston milliy Internet resurslariwww.uz – milliy aхborot qidiruv tizimi mail.uz – milliy elektron pochta хizmati ziyonet.uz – aхborot ta’lim tarmog`i uforum.uz – muhokama web portali edu.uz – O`zbekiston ta’lim portali aci.uz - O`zbekiston aloqa va aхborotlashtirish agentligi portali mtrk.uz – milliy teleradiokompaniya web sayti (5-rasm)
(6-rasm) 11 Ushbu fanni o’qitishda jixozlangan kompyuter sinflaridan , zamonaviy stendlardan, hamda maxsus lokal hisoblash tarmoqlaridan ko’rsatma qurol sifatida foydalanish ko’zda tutilgan. Fanni o’qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan to’liq foydalaniladi bular personal kompyuter (noutbuk, proektor, skaner), lokal tarmoq, Internet, e-mail, HTML, Internet Explorer, multimediya texnologiyasi aqliy xujum, muammo texnologiyasi va boshqalar. Innovasiya (inglizcha innovation) - yangilik, kiritish, yangilik demakdir. Innovasion texnologiyalar pedagogik jarayon xamda o’qituvchi va talaba faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interfaol uslublardan foydalaniladi. Pedagogik texnologiya - ta'lim shakllarini optimallashtirish maqsadida o'qitish va bilimlarni o'zlashtirish jarayonining inson salohiyati va texnik resurslarni qo'llash, ularning o'zaro ta'sirini aniqlashga imkon beradigan tizimli metodlar majmuasidir. “Interfaol metodlar” Interfaol va interaktiv so’zlari bir xil ma’noda bo’lib, interaktiv so’zi inglizcha “inter” – “birgalikdagi” va “act” – “harakatlanish” so’zlaridan olingan. Interaktivlik birgalikda harakatlanish yoki suhbat, dialog rejimida nimadir (masalan, kompyuter) yoki kimdir (o’qituvchi) bilan bo’lish demakdir. Bundan kelib chiqadiki, interaktiv ta’lim – avvalo dialogli ta’lim bo’lib uning davomida o’qituvchi va o’quvchi, o’quvchi va kompyuter o’zaro hamkorligi amalga oshiriladi. Interfaol metodlar - o'zaro fikr almashishga. o'zaro fikrlarni to'ldirishga, goh noverbal, goho verbal ta'sir o'tkazishga qaratil-gan harakatlar majmuasidir. Interfaol metodlarni qo'llashda o'zaro ta'sir asosiga qurilgan intellektual harakatlar shunchaki ta'sir yoki turtki vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmaydi va hamkorlik sub-yektlarini ijodiy izlanishga yo'naltirish, noma'lum holatni ochishga (kashf etishga) ko'makberuvchi nazariy-aqliy mulohazalarni yaratish funksiyalarini ham bajarishi mumkin.Ta'lim mazmunini o'zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi, o'zlashtirish darajasi, ta'lim manbai, didaktik vazifalarga muvofiq va munosib ravishda quyidagi interfaol metodlar qo’llaniladi: o'qitishning ko'rgazmali metodi; mustaqil ishlar metodi; muammoli-evristik modellashtirish metodi; 12 ilmiy tadqiqot metodlari; o'qitishning muammoh-izlanishli va reproduktiv metodlari; o'qitishning induktiv va deduktiv metodlari; Interfaol ta’limning asosini interfaol metodlar asosida darsni olib borish tashkil etadi. Ta’limning interfaol metodlari o’quvchilarning ulkan ta’limiy qudratidan foydalanish va faollashtirish, o’quv jarayoniga musobaqa elementlarini kiritish imkonini beradi: ta’lim oluvchilar guruhining aqliy kuchi uning a’zolari kuchi yig’indisidan ko’proq (ya’ni guruh natijasi individual natijalar yig’indisidan ortiq). Download 1.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling