Тема квалификационной работы: «Игровые задания при обучении русскому языку в средней школе»
Download 0.64 Mb.
|
1 2
Bog'liqAsadova Shalola - Qadimgi Xorazmshoh tibbiyoti
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qadimgi Xorazmshoh tibbiyoti
O‘ZBЕKISTON RЕSPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT TIBBIYOT PEDIATRIYA INSTITUTI DAVOLASH ISHI FAKULTETI DAVOLASH ISHI YO’NALISHI 1-BOSQICH 122-GURUH TALABASI ASADOVA SHALOLANING TIBBIYOT TARIXI FANIDAN QADIMGI XORAZMSHOH TIBBIYOTI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHI Qadimgi Xorazmshoh tibbiyoti IX-X asrga kelib jaxonga mashxur bo‘lgan qadimgi Xorazmning mavqei qaytadan ko‘tarila boshladi. Arablar istilosi davrida parchalanib ketgan Xorazm davlati tiklandi. O‘sha davrda hukmronlik qilgan shoh Ma’mun ibn Muhammad shimoliy va janubiy Xorozm shoxliklarini birlashtirib, yagona Xorazm davlatini barpo etdi. Xorazm siyosiy va iqtisodiy jixatdan bir butun davlat bo‘lib taraqqiy eta boshladi. Buning natijasida Xorazm yana Sharqning eng rivojlangan mamlakatlaridan biriga aylandi. Uning poytaxti Gurganch (Urganch) o‘z madaniy xayoti va turli fanlarining rivoji jixatidan butun sharqqa mashxur bo‘ldi. Shaxarda turli xunarmandchilik, ishlab chiqarish, savdo sotiq ishlari juda rivoj topdi. Xorazmda ishlab chiqarilgan mo‘ynalar, charm buyumlari, gilamlar va qimmatbaxo matolar dunyo bozorida eng xaridobop mollar qatoridan joy oldi. Xorazm zargarlari yasagan bezak buyumlari o‘zining nozikligi va nafisligi bilan kishini xayratda qoldirardi. Ular dunyo bozorida juda yuksak baxolanardi. Xorazm ustalari metal buyumlar yasashda ham juda moxir edilar. Ular yasagan qurol-aslaxalar, Damashq qilichlari kabi mashxur edi. Shunday qilib IX-X asrga kelib, Xorazm yana dunyoga kelib tanildi. Xorazm davlatining poytaxti Urganch o‘sha davrda katta karvon yo‘llari tutashgan yerda joylashgan bo‘lib, mamlakatlararo savdo-sotiq ishlarida muxim ro‘l o‘ynadi. Shaxarga uzoq o‘lkalardan ko‘plab savdogarlar sayyoxlar kelib turardilar. Shuning uchun Urganchda bir qancha karvon saroylar barpo etilgandi. Shaxarda juda ko‘p masjid madrasalar, bozorlar, xammomlar, xashamatli saroylar qurilgan edi. Bu yerda ko‘p olimlar, faylasuflar, me’morlar san’at namoyondalari, shoirlar va tabiblar yashar edilar. Xorazm shoxlari ularga xomiylik qilardilar, ular olimlarga o‘z saroylaridan joy berib, ularning yashashlari va ijodiy faoliyatlari uchun zarur sharoit yaratib bergan edilar. Xorazm Ma’mun ibn Muhammadning o‘g‘li Ma’mun ibn Ma’mun shohlik qilgan davrda ayniqsa ravnaq topdi. Bu shohning o‘zi ancha bilimdon va o‘qimishli kishi edi. Shuning uchun u ilm-fanning qadriga yetar va fan ahllarini har tomonlama qo‘llab quvvatlardi. Uning saroyida o‘nlab olimlar, faylasuflar, san’at namoyandalari, shoirlar va hakimlar yashardilar. Xorazmdagi olimlar shoh saroyida tashkil etilgan rixda “Ma’mun Akademiyasi” nomi bilan mashhur bo‘lgan. “Akademiya”ga buyuk o‘zbek ensiklopedist olimi Abu Rayhon Beruniy raxbarlik qilardi. “Akademiya”ga o‘sha zamonda ma’lum bo‘lgan fanlarning hamma sohalari bo‘yicha yirik mutaxassislar, shu jumladan taniqli tib olimlari ham a’zo edilar. Ulardan bizga mashhur Abu Ali ibn Sino, Abu Sahl Masixiy, Abu Abdulloh Iloqiy, Abu Mansur Qamariy, Abul Xayr al-Hammarlar ma’lum. “Ma’mun Akademiyasi” Xorazmda turli fanlarning rivojlanishida juda muhim rol o‘ynadi. Xorazmlik olimlar fanlarning hamma sohalarini yuksak darajada rivojlantirdilar, ularni boyitdilar va yangi-yangi kashfiyotlar qildilar. Ayniqsa, falaqiyot ilmi (astronomiya,) riziyot (matematika,) xandasa (geometriya), tarix, jug‘rofiya sohalarida ijobiy natijalarga erishildi. Bunday umumiy yuksalish jarayonida tibbiyot ham tez rivojlandi. Bu sohada yirik olimlar yetishib chiqdilar. Bundan tashqari Xorazmda, xususan uning poytaxti Urganchda xorijiy mamlakatlardan kelgan ko‘pgina hakimlar ham yashadilar. Mamlakatning poytaxti Urganchda va boshqa shaharlarda kasalxonalar va shifoxonalar barpo etilgan edi. Ularda tajribali hakimlar ishlardilar. Urganchdagi kasalxonada bir qancha vaqt mashxur Ibn Sino va Abu Saxl Masixiylar ishlaganlar. Abu Abdullox Iloqiy ham shu kasalxonada xizmat qilgan. Ular kasallarni davolash bilan birga har turli kasalliklar ustida kuzatish ishlari olib borardilar. Bu kuzatishlar natijasida to‘rlangan materiallar umumlashtirilib, kerakli xulosalar chiqarilar va tashxis hamda davolash sohalarida yangi usullar joriy etilardi. Ular o‘z bilim va tajribalari asosida tibbiyotning muhim sohalariga oid asarlar yozardilar. Masalan. Abu Ali ibn Sino o‘zining mashhur “Tib qonunlari” kitobining dastlabki boblarini Urganchda yozgan Abu Abdulloh Iloqiy, Umar Chag‘miniylar ham tibga oid o‘z kitoblarini Xorazmda yozganlar. Shunday qilib, o‘rta asrlarda Xorazm davlatida boshqa fanlar qatoriga tib ilmi ham yuksak darajada rivojlandi va muhim yutuqlarga erishdi. Biz quyida X-X-XIII asrlarda Xorazmda yashab ijod qilgan hakimlar bilan tanishib chiqamiz. Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling