Тема квалификационной работы: «Игровые задания при обучении русскому языку в средней школе»


Xorazmda yashab ijod qilgan mashhur xakimlardan biri Sharafuddin Abu Abu Abdulloh Iloqiy (Aloqiy)dir


Download 0.64 Mb.
bet2/2
Sana07.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1244840
1   2
Bog'liq
Asadova Shalola - Qadimgi Xorazmshoh tibbiyoti

Xorazmda yashab ijod qilgan mashhur xakimlardan biri Sharafuddin Abu Abu Abdulloh Iloqiy (Aloqiy)dir.

Abu Abdulloh Iloqiy (Sharafuddin Abu Abdulloh Muhammad ibn Y usuf Iloqiy) asli Toshkent vohasidan bo'lgan. U vaqtda bu voha "Iloq vohasi" deb atalgan. Iloqiyning tug‘ilgan yili m a’lum emas, vafoti 1068- yil. Iloqiy dastlab Shosh (hozirgi Toshkent) madrasalaridan birida ta’lim olgan. U vaqtda Shosh qadim gi 0 ‘zbekistonning boshqa shaharlari kabi Sharqda juda rivoj topgan shaharlardan biri edi. Shaharda masjid-madrasalar, xonagohlar, savdo rastalari, karvonsaroylar ko‘p bo‘lgan. Shular qatorida kasalxona, shifoxona va dorixonalar ham bo'lgan. Shaharda ko‘p olimlar, faylasuflar va tajribali hakim lar yashaganlar, madrasalarda diniy aqidalar bilan bir qatorda dunyoviy bilimlar ham o‘qitilgan. Iloqiyda yoshligidan hakim (o‘qimishli tabib) bo‘lib yetshish niyati bor edi. Shu maqsadda u Toshkentdagi madrasada asosiy bilimlarni egallab olganidan so'ng Buxoroga, Abu Ali ibn Sinoning oldiga jo'nadi. Ammo, Iloqiy Buxoroga yetib kelganida Ibn Sino Xorazmga ketib qolgan edi. Iloqiy Buxoroda bir oz vaqt to ‘xtab, bu yerdagi olimlardan har xil fanlardan saboq olib, so‘ng Xorazmga, Ibn Sinoning oldiga jo'naydi. Bu vaqtda Iloqiy o‘z bilim va tajribalari bilan ancha ko‘zga ko‘rinib qolgan edi. Shuning uchun uni Xorazmda yaxshi kutib oladilar va "Ma’mun akademiyasi" a’zolari qatoriga kiritadilar. Xorazmda Iloqiy o‘z maqsadiga erishib, Ibn Sinodan tib ilmining sirasrorlarini o ‘rganib oladi. Xorazmda Iloqiy uzoq vaqt yashadi va Urganchdagi saroy kasalxonasida ishlab o‘z tajribalarini yanada orttirdi. Bu yerda Iloqiy faqat bem orlarni davolash bilan cheklanib qolmay, kasallar va har xil kasalliklar ustida tadqiqot ishlari olib bordi. So‘ng bu kuzatish natijalarini um um lashtirib, kerakli xulosalar chiqardi. Shunga asosan kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolash ishlarini takomillashtirdi. Iloqiy shularning ham m asini jamlab, o‘tmish buyuk hakimlarining asarlarini chuqur m utolaa qilib, o‘zi ham tibbiyotning turli masalalariga oid ko‘pgina asar yaratdi. Shulardan bizga quyidagi kitoblari m a’lum:. "Kasalliklarning sabablari va belgilari", "Davolash usullari", "Tibbiyot to ‘plami", "Qisqacha qonun". "Kasalliklarning sabablari va belgilari" da Iloqiy tashxis masalalaririi yoritadi. Kasallik sabablari haqida olim o‘sha vaqtda asosiy tùshuncha bo'lgan rutubatlar patologiyasi nuqtai nazarida turadü Bunda u.qon va safroga alohida ahamiyat bergan. Shuning uehun bemorlarni davolashda u.dastlab qon olish va safro haydovchi dorilar berishni tavsiya qilgan.

E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!


Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling