5. Qutili qo`g`irchoqlar. Qutili qo`g`irchoqlar ham oddiy sharoitda yasash mumin bo`lgan qo`g`irchoqlardir. Bu ayniqsa, bolalarning ijodiy faoliyati uchun juda qiziqarlidir.
Kerakli jihozlar: tabiiy (uy) sharoitidagi tashlandiq (ishlatilmayotgan), lekin butun qutilar (gugurt, choy va boshqa narsa-buyum qutilari), qaychi, bezash uchun rangli qog`ozlar, elim.
Tayyorlash jarayoni: masalan, xo`rozni yasash uchun katta-kichik o`lchamda uch xil quti olinadi. Dastlab katta quti, o`rta va yana sal kattaroq qutilar birin-ketin joylashtiriladi. So`ngra yupqa qog`ozdan xo`rozning toji, ikki yon boshiga qanotlari, ko`zi, qoshi dum qismi, og`zi yasalib, yopishtiriladi:
4-rasm. Qutili xo`rozni tayyorlash.
Maktabgacha ta`lim muassasalarida qo`g`irchoq teatrini tashkil qilishda quyidagilarga ahamiyat berish zarur:
birinchi navbatda ertak bilan tanishib chiqiladi. Ertakning voqea bo`lgan joylari, sahna ko`rinishlari eskiz qilinadi. Bu eskiz qo`g`irchoq teatri “tili”da dekoratsiya eskizi deyiladi. Masalan: uy, daraxt, stol, stul va hokazo narsalar bunga misol bo`lishi mumkin.
qahramonlar esa bitta-bitta o`rganilib, xarakterlari va ularga xos obrazlar yaratiladi.
6. Qo`lga kiyib o`ynatiladigan qo`g`irchoqlarni yasash.
Kerakli jihozlar: qo`g`irchoqni kiyintirish uchun mato, qaychi, har xil qog`ozlar, yupqa doka, jilvir qog`oz, kulollar ishlatadigan loy yoki plastilin, gips, alebastr, vazelin yog`i, vatman qog`oz, karton qog`oz va har xil rangli bo`yoqlar.
1-bosqich. Tasvir (eskiz) chizish.
Bunday qo`g`irchoqlarni yasash uchun eng avvalo, oddiy vatman qog`oz yoki rasm daftar varog`iga yasaladigan qo`g`irchoqlarning tasviri (eskizi) chiziladi. Qo`g`irchoqning ko`rinishi, uning xarakteri va qanday kiyimda bo`lishi ana shu rangli tasvirda aks etgan bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |