Tema: Qog’irshoq teatri personajlarini yasash orqali badiy ijodkorlik qobilyatin shakllantirish mazmuni va qoǵirshoq yasash usullari
Download 92.43 Kb.
|
2-ma\'ruza sahna
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Qo`lqopli qo`g`irchoqlar.
- Kerakli jihozlar
- 1-ko`rinish.
- 3-ko`rinish.
- 4-ko`rinish.
3. Barmoq teatri. Bunda bolalar faqatgina tomoshabin emas, balki bevosita ana shu jarayonda o`zlari ham ishtirok etishlari mumkin. Teatr qahramonlarini qog`oz va paralondan ham yasash mumkin. Qog`ozdan odam va hayvonlarning kichik tasvirini barmoqlarga kiyib olinadigan tarzda yasash tavsiya etiladi. Qo`g`irchoqlar tsilindr, konus, quti shaklida tayyorlanishi mumkin. Bezash uchun turli gazlamalardan foydalanish mumkin. Gazlamaning sitilib ketmaydigan xili tanlanadi va teskari tomonidan tikilib, so`ng ag`darilib, kerakli joylari tikiladi. Barmoq teatrining boshqa teatrlardan farqi shundaki, unda ertak qahramonlari bolalarning barmoqlariga mos kichik va ertak ko`rsatuvchining barmog`iga to`g`ri keladigan xolatda tayyorlanishidir.
4. Qo`lqopli qo`g`irchoqlar. Ushbu qo`g`irchoqlarni bolalar qo`lga kiyib ushlagan holda stol teatrlarida foydalanishlari mumkin (tarbiyachilar bolalarda yanada yaqqol tushuncha hosil qilishda teleekran orqali bolalar uchun namoyish etiladigan “oqshom ertaklari” dagi qo`g`irchoqlarning xatti-harakatlarini ko`z oldilariga keltirishlari mumkin). Qahramonlarni eski qo`lqoplardan tayyorlasa bo`ladi. Agar eski qo`lqop topilmasa uni tikish mumkin. Bolalar bunday qahramonlarni o`zlari yasay oladilar. Kerakli jihozlar: tabiiy (uy) sharoitidagi tashlandiq (ishlatilmayotgan) qo`lqoplar, uzun paypoqlar, qaychi, nina, ip, paxta (paralon yoki material qirqimlari bo`lishi ham mumkin), bezash uchun tabiat materiallari, elim (PVA). Tayyorlash jarayoni: qo`g`irchoqni tayyorlash jarayonida qo`lqopning qismlari (ma`lumki, qo`lqop beshta barmoqqa moslangan) ertak uchun tanlangan qahramonlarga qarab olib tashlanadi. Ammo, olib tashlangan qismlari ham keraksiz emas, balki ulardan dum, qo`l-oyoq qismi uchun foydalaniladi. Uzun paypoqlardan esa ilonni yasash mumkin. 1-ko`rinish. Qo`lqopning ikki chekka qismi qolib, o`rtadagi uch qismi olib tashlanadi. Undan mushuk, it, bo`ri, cho`chqa kabi hayvonlarni yasash mumkin. 2-ko`rinish. Qo`lqopning ikki chekka va o`rtasidagi qismlari olib tashlanadi. Qirqilgan joyi tikib qo`yiladi. Undan quyonni yasash mumkin. 3-ko`rinish. Qo`lqopning faqat o`rtadagi qismi qirqib tashlansa, undan echkini yasash mumkin. Shuningdek, har bir har bir qirqib o`rni tikilgan qo`lqopning ichi paxta (paralon yoki material qirqimlari bo`lishi ham mumkin) bilan to`ldiriladi. Har bir hayvonning tashqi ko`rinish xususiyatiga qarab bezak beriladi. Bundan tashqari bolalar qo`g`irchoqlarni qo`llariga kiyib harakatlantirishlari uchun qo`lqopga maxsus moslama tikishham mumkin. 4-ko`rinish. Uzun paypoq ichi ham paxta (paralon yoki material qirqimlari bo`lishi ham mumkin) bilan to`ldiriladi. Ilonning tashqi ko`rinish xususiyatiga qarab bezak beriladi. Ilonning bosh va bel qismiga sim o`rnatib, uni o`rnatish mumkin. Download 92.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling