- Mavzu: «Muskullar fiziologiyasi»
- Skeletning kundalang yulli muskul tukimasi.
- Yurakning kundalang yulli muskul tukimasi. Sillik muskul tukimasi.
- Nerv xujayrasi, nerv uchlari, neyrospektor xujayralar. Neyrogliyalar.
- Nerv tukimalarining rivojlanishi va regeneratsiyasi.
- Muskul bu – kiskarish xususiyatiga ega bulgan, tirik organizmning u yoki bu bulgani xarakatga keltiradigan organ: u aksariyat, kundalang yulli va sillik muskul tukimalaridan tuzilgan. Muskulatura – butun gavdaning yoki uning biror kismining, organning muskullar majmuasi. Shunga kura muskullarni belgilariga karab kuyidagicha klassifikatsiyalash mumkin: 1) tuzilishi buyicha: kundalang yulli muskullar. b) sillik muskullar. v) ikkiyoklama kiya muskullar. 2) organizmda joylashish xolati buyicha: a) ichki a’zolar muskullari. b) yurak muskullari. v) osmatik muskullar. 3) funksiyalari buyicha: a) tonik muskullar. b) tetanik muskullar. v) kulfdosh (bekitish) funksiyasiga ega bulgan muskul tukimalari. 4) kelib chikishi buyicha: a) ektodermal muskullar. b) entodermal muskullar. v) mezodermal muskullar.
- Muskul tuzilish ko’rinishi
- Skeletning kundalang yulli muskul tukimasi asosini uzun, kup yadroli kora va ok disklardan iborat tolachalar tashkil etadi. Xar bir tolacha yupka parda – sarkolemma bilan uralgan. Xar bir muskul tolachasi uziga tegishli biriktiruvchi tukimadan iborat kavat bilan uralib turadi. Bu kavatga endomizium deyiladi.
- Yurak muskuli bajaradigan vazifasiga va mikroskopik tuzilishiga kura aytib utilgan muskullarga uxshaydi. Bu muskul sillik muskullarga uxshab ritmik ravishda kiskarib charchamaydigan xususiyatga ega. Miofibrillalari ingichka (aktin) va yugon (miozin) protofibrillalardan tashkil topgan. Ular xuddi skelet muskulaturasidagiga uxshab sarkolemma ichida geksagonal shaklda joylashadi. Yurakning ritmik ravishda kiskarib turishi unda boradigan fiziologik regeneratsiyani xam bir yula ta’minlab turadi. Uz vazifasini utab bulgan xujayralar regeneratsiya jarayonida yangilari bilan almashinib turadi. Yurakning muskul xujayralari xam, odatda, kupayish xossasiga ega. Ma’lum bulishicha, odam va xayvonlarning yuragida miokard infarkti yuz berganda ulgan muskul tukimasi urni ana shu mexanizmlar orkali tiklanadi.
- Nerv tukimalari ja’mi bir butun bulib, organizmda yukori darajada ixtisoslashgan va taksimlashgan murakkab nerv sistemasini tashkil etadi. Nerv sistemasi orkali organizmda doimo tashki va ichki muxit bilan uzluksiz boglanish bulib turadi. Xayvonlar organizmida uchraydigan neyronlar uzidan chikadigan usimtalarning soniga karab kuyidagilarga bulinadi:
- 1. Unipolyar (lotincha bir degani) – bir kutbli,ya’ni bir usimtali neyronlar.
- 2. Biopolyar ( lotincha ikki degani) –ikki kutbli, ya’ni usimtali neyronlar.
- 3. Multipolyar (lotincha kup degani) – kup kutbli, ya’ni kup usimtali neyronlar.
- Unipolyar neyronlarning tanasidan, odatda, bitta usimta yakkalanadi. Biopolyar neyronlar karama-karshi kutblaridan ikkita usimta chikadi. Nerv xujayrasi morfologik tuzilishiga kura, tana, ya’ni perikarion va usimtalardan tashkil topgan. Tigroid modda nerv xujayrasining sitoplazmasida uchraydigan uziga xos kiritma bulib, gistologik preparatlarda xar xil kattalikda granula (donacha)larga uxshab kurinadi. Tigroid modda fakat neyron perikarioni va dendrid usimtasi tarkibida uchrab, akson (neyrit) tarkibida uchramaydi. Neyronning fiziologik vazifasi kuchayganda yoki unga uzluksiz ta’sir kilinsa, tigroid modda asta-sekin kamayib borib xatto yukolib ketishi mumkin. Demak, ma’lum bulishicha tigroid moddaning mikdori va sifati nerv xujayralarning fiziologik xolatiga bevosita boglik buladi. Nerv usimtalarining urtasida uning uk kismi yotadi, uning ustidan esa yumshok parda urab turadi. Bunga miyelin parda deyiladi.
- Kundalang yulli muskul tolalaridagi xarakat nervi uchlariga nerv-muskul (aksomuskul) sinapolari deyiladi. Sarkoplazma bilan nerv uchlari urtasida kichik 50 A ga teng bushlik bulib, unga sinaps bushligi deyiladi. Neyronlararo sinapslar nerv xujayrasi kismlarining bir-biri bilan birikadigan joyi bulib, ular asosan uch xil buladi.
- 1. Akosomatik sinaps-birinchi neyronning akson usimtasi, ikkinchi somatik neyron tanasi bilan tutashgan joy.
- 2. Aksodendritik sinaps – bu, birinchi neyron aksoni bilan ikkinchi neyron dendridi usimtasi tutashgan doy.
- 3.Aksoaksonal sinaps. Ikkita akson usimtasi urtasida sodir bulib ma’lum bulishicha, bunday sinapslardan kuzgatuvchi ta’sir utmaydi. Ishlab chikaradigan mediatorlariga karab, neyronlar xam xar xil buladi:
- 1. Xolinergiksinaps (atsetilxolin ishlab chikaradi).
- Adrenergik sinaps (dofamin, noradrenalin, ya’ni katexolaminlar
- ishlab chikaradi).
- Seratonin-ergis sinaps. (seratonin ishlab chikaradi).
- Peptiergik sinaps (peptid va aminokislotalar ishlab chikaradi).
- Elektrotonik sinaps- bunda nerv xujayralari bir-biri bilan zich birikib urtasida sinaptik yorik deyarli kolmaydi.
- Gipotalamus soxasidagi neyrosekretor xujayralar maxsulotining ximiyaviy tarkibiga kura ikki guruxga bulinadi: 1) peptidergik xujaralar; 2) monaminergik xujayralar. Neyrogliyalar nerv tukimalaridagi yordamchi struktura elementlari katoriga kiradi. Ular nerv tukimalarida tayanch, chegaralab turish, gomeostatik, ximoya va trofik vazifalarni bajaradi. Neyrogliya ikkiga bulinadi: makrogliya-glissitlar va mikrogliya-glial makrofaglar.
- 1. Astrotsitgliya (astrossitlar) nerv tukimasida kup buladi va uziga xos tayanch vazifasini bajaradi. Tolali (fibroz) astotsitlar asosan markaziy nerv sistemasining ok moddasi tarkibida uchraydi.
- 2. Ependimogliya (ependimotsitlar) kubsimon bir kator joylashgan xujayralardir.
- 3. Oligodendrologiya (olegodendrotsitlar) boshka gliya xujayralariga nisbatan kup uchraydi.
- 4. Multipotensial gliya mayda xujayra bulib, uzidan talaygina usimtalar chikaradi.
- Skilet muskul to’qimalari
- Nerv tukimalari organizmning embrional rivojlanishi davrida ektodermadan xosil buladi, ya’ni dastlabki davrda ektodermaning dorzal kismida kam tabakalangan, kupayish xususiyatiga ega xujayralardan nerv plastinkalari xosil buladi. Neyronlar xosil bulishida dastlab nerv sistemasining uzagi deb atalmish neyroblastlar xosil buladi. Neyroninng shikastlangan joyidan buyogidagi kesik usimta yemirilayotganda multipotensial glial xujayralar bilan astrotsitlar nobul bulmaydi, aksincha zur berib mitstik bulina boshlaydi. Shikastlangan nerv tolasi urnida shu usulda yangi tolalar xosil buladi.
- Nerv tukimasining xujayraviy regeneratsiyasi bulmasligi, xujayra ichki regeneratsiyasining bulishi uning vazifasiga boglikdir. Xujayra ichida regeneratsiya bulganda esa neyronlarning boglanishi buzilmay koladi, xujayra ichidagi elementlar esa yangilanadi. Nerv tukimalarining bunday regeneratsiyasi aniklangach shu vaktgacha fanda nerv xujayralari kupaymaydi xayvonlar embrionida kancha neyron bulsa, shuncha neyron bilan yashab utadi, degan nazariyaga chek kuyildi.
- Tukimalarning normal patologik xolatlardagi tuzilishini yoki uzgarishini bilish bilangina ularning funksiyasi xususida anik va tugri xulosa sikarish mumkin. Chunki tukimalarning tuzilishi bilan funksiyasi bir-biriga chambarchas boglangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |