Tema: Xirurgiya fani xaqida tushuncha. Xirurgik davolash xususiyatlari Reja
Download 249.89 Kb.
|
lekciya uzbekcha
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ichki
O’tkir qon ketishi.
O’tkir qon yo'qotishning (o‘tkir kamqonlik) klinik belgisi teri va shilliq pardalarning birdaniga oqarib ketishi bilan xarakterlanadi. Bunda bemorning yuzi so'lib, ko‘zi kirtayadi, arterial va venoz bosimi pasayadi, pulsi tezlashib, to‘liqligi sust va ipsimon bo‘ladi, nafas tezlashadi, bosh aylanadi, a’zoyi badani bo'shashadi, tashnalik, ’ ko'z oldining qorong'ilashuvi, ko'ngil aynishi va ba’zan qusish kuzatiladi. Tashqi arterial qon ketishda qirmizi qon pulsatsiyali oqim bilan chiqa boshlaydi va tezda o‘tkir kamqonlikka olib keladi. O’tkir anemiya uchun quyidagi simptomlar: rang oqarishi, tez va kichik puls, qon bosimining pasayib ketishi, bosh aylanishi, ko‘z tinishi, ko‘ngil aynishi, qusish va hushdan ketish xosdir. Bu barcha umumiy simptomlar miyaning o‘tkir qonsizlanishi va uning funksiyasi buzilganligining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Arterial qon ketishi miya va yurak-tomir sistemasi funksiyasining buzilishi natijasida bemorni tezlikda o‘limga olib kelishi mumkin. Tashqi venoz qon ketishi uchun to‘q qizil rangli qonning asta-sekin oqib chiqishi xarakterli. Agar yuqori venoz bosimga ega bo'lgan biror yirik vena shikastlansa, qon yuqori bosim bilan chiqishi mumkin, lekin bu odatda arterial oqimdan o'zining pulsatsiyalanmasligi bilan farqlanadi. Yirik venalar jarohatlanishi natijasida yurak va miya tomirlarida havo emboliyasi hosil bo'lishi mumkin, shuning uchun ham bu xavfli hisoblanadi. Kapillar va parenximatoz qon ketishida butun yara yuzasi, hamma mayda tomirlar va kapillarlarning qonashi ro'y beradi, uni to'xtatish juda qiyin va bu ko'pincha o'tkir kamqonlikka olib keladi. Ichki qon ketishining klinik ko'rinishi shikastlangan a’zo va qon to'plangan bo'shliqqa qarab, turlicha bo'ladi; umumiy va mahalliy simptomlari farq qilinadi. Umumiy belgilari qon ketishining barcha turlari, shu jumladan, turli bo'shliqlarga ichki qon ketishi uchun ham bir xildir. Ular ko'p qon yo'qotishda vujudga kelib, o'tkir anemiya belgilari paydo bo'lishidan iborat bo'ladi (rang o'chishi, bosh aylanishi, hushdan ketish, tez va kichik puls, qon bosimining to'xtovsiz pasayishi, gemoglobin foizining kamayib ketishi va h. k.). Download 249.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling