Темир йўл транспорти ходимларининг умумий вазифалари reja


Download 30.14 Kb.
bet2/3
Sana17.10.2023
Hajmi30.14 Kb.
#1706860
1   2   3
Bog'liq
Амалиёт 1

1.2. TEMIR YO’L QONUNI

O’zbekiston Respublikasi “Temir yo’l qonuni” Oliy Majlis tomonidan 15. Aprel 1999 yilda tasdiqlangan va qo’shimcha o’zgartirishlar kiritilgan. (23.10.2008yil №232, 06.04.2006yil. N ZRU-31


Q’onun 28 moddadan iborat, ulardan quyidagilari xarakat xavfsizligiga bag’ishlangan:
7-modda. Temir yo’l transportining muhofaza zonalari
Aholi xavfsizligini ta’minlash, shuningdek er ko’chishi, yer cho’kishi, suv oqizib ketishi, sel olishi va boshqa xavfli ta’sirlarga uchrashi mumkin bo’lgan erlarda joylashgan temir yo’llardan hamda temir yo’l transportining boshqa ob’ektlaridan bir me’yorda foydalanish maqsadida muhofaza zonalari belgilanadi.
Muhofaza zonalarini belgilash tartibi, ularning o’lchamlari, bu maqsad uchun ajratilgan erlardan foydalanish rejimi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
16-modda. Temir yo’l transporti xodimlarining mehnatga oid munosabatlari
Temir yo’l transporti xodimlarining mehnatga oid munosabatlari mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. Ishi bevosita poezdlar harakati bilan bog’liq bo’lgan temir yo’l transporti ayrim toifadagi xodimlarining ish vaqti rejimi, dam olish va boshqa mehnat sharoitlari rejimi xususiyatlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayin etiladigan tartibda belgilanadi. Temir yo’l transporti korxonalari poezdlar harakati bilan bog’liq hamda mehnat sharoiti, noqulay ishlarda band bo’lgan xodimlarni dastlabki tarzda vaqti-vaqti bilan tibbiy ko’riklardan o’tkazishni tashkil etadi. Shunday vazifalar va ishlar ro’yhati, shuningdek tibbiy ko’riklarni o’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.
18-modda. Temir yo’l transportida intizom
Temir yo’l transporti xodimlarining intizomi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Temir yo’l transporti xodimlarining intizomi, to’g’risidagi nizom bilan tartibga solinadi. Temir yo’l transporti korxonalarida jamoa mehnat nizolarini hal qilish vositasi sifatida ishni to’xtatishga yo’l qo’yilmaydi.
20-modda. Harakat xavfsizligini ta’minlash, temir yo’l transporti va boshqa texnika vositalaridan foydalanish
Temir yo’l transporti korxonalari yo’lovchilar hayoti va sog’lig’i uchun xavfsiz qatnov, yuklar, bagaj va yuk bagaji tashish shart-sharoitlarini, poezdlar va temir yo’l transporti boshqa vositalarining harakat xavfsizligini, shu jumladan manyovr ishlari chog’idagi, tashish jarayoni bilan bog’liq transport va boshqa texnika vositalaridan foydalanish chog’idagi xavfsizlikni, shuningdek temir yo’l transporti xodimlarining mehnati va atrof tabiiy muhit muhofaza qilinishini ta’minlaydilar. Temir yo’l transportida poezdlar harakati xavfsizligini ta’minlash ustidan nazorat qiluvchi maxsus tarkibiy bo’linma, shuningdek temir yo’lda avariyalar oqibatlarini tugatuvchi avariya-tiklash bo’linmalari faoliyat ko’rsatadi. Ana shu bo’linmalar to’g’risidagi nizom, shuningdek harakat xavfsizligi buzilishlarini tasniflash, xizmat tekshiruvini olib borish va hisobga olish tartibi davlat temir yo’l transportini boshqarish organi tomonidan belgilanadi
21-modda. Temir yo’l transportida harakat xavfsizligiga doir asosiy talablar
Temir yo’l bekatlari, vokzallar va temir yo’lning tashish jarayoni bilan bog’liq boshqa bo’linmalari hududlari, poezdlar harakati amalga oshiriladigan hamda manyovr va yuk ortish, yuk tushirish ishlari bajariladigan yo’lovchilar platformalari va temir yo’l tarmoklari o’ta xavfli zonalar hisoblanadi va zarurat bo’lganda atrofi o’rab qo’yiladi. O’ta xavfli zonalarda fuqarolarning bo’lishi va ob’ektlarning joylashtirilishi, bunday zonalarda ishlar bajarish, temir yo’llar orqali yurish va ularni kesib o’tish qoidalari davlat temir yo’l transportini boshqarish organi tomonidan belgilanadi. Harakatdagi sostav, shu jumladan harakatdagi maxsus sostav va konteynerlar, temir yo’llarning er ustki qurilmalari qismlari hamda temir yo’l transportiga etkazib beriladigan boshqa texnika vositalari va mexanizmlar, shuningdek yo’lovchilarga ko’rsatiladigan xizmatlar tegishli normativ hujjatlar bilan belgilangan harakat xavfsizligi, mehnatni muhofaza qilish va ekologiya xavfsizligi talablariga mos kelishi lozim.
Temir yo’l transporti faoliyatida foydalaniladigan texnika vositalari va mexanizmlarni, shuningdek ko’rsatiladigan xizmatlarni sertifikatlashtirish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Hududida xavfli yuklarni ishlab chiqarish, saqlash, ortish, tashish va tushirish ishlari amalga oshiriladigan ob’ektlar umumiy foydalanishdagi temir yo’llardan va inshootlardan ularning xavfsiz ishlashini ta’minlaydigan masofada uzoqlashtirilgan bo’lishi kerak. Umumiy foydalanishdagi yo’llarning quvurlar, aloqa, elektr uzatish tarmoqlari va boshqa inshootlar bilan kesishgan joylarida mazkur ob’ektlardan umumiy foydalanishdagi temir yo’llar va inshootlargacha bo’lgan eng kam masofa, shuningdek temir yo’llar bilan kesishish va yaqinlashish joylarida bunday ob’ektlarni qurish va saqlash normalari tegishli davlat boshqaruv organlarining davlat temir yo’l transportini boshqarish organi bilan kelishilgan holda qabul qilinadigan normativ hujjatlarida belgilanadi.
Umumiy foydalanishdagi temir yo’llarni kesib o’tuvchi yoki bevosita ularning yaqinida joylashgan gaz, neftь quvurlari va boshqa inshootlarni qurish hamda ulardan foydalanish chog’ida belgilangan normativlarni ta’minlash, shuningdek mazkur inshootlardan foydalanish xavfsizligi uchun ularning egalari javobgar bo’ladi. Mazkur inshootlarning egalari harakat xavfsizligiga tahdid soluvchi avariya holatlari yuzaga kelganligi haqida temir yo’l transporti korxonasini o’z vaqtida xabardor qilishi shart.
Temir yo’l orqali tashilayotgan xavfli va maxsus yuklarning egalari, bunday yuklarni jo’natuvchilar va oluvchilar ularning tashilishi, ortilishi va tushirilishi xavfsizligini kafolatlashlari, bu yuklarni tashish chog’ida avariya holatlari yuzaga kelgan takdirda avariya holatlarini va avariya oqibatlarini tugatish uchun zarur vositalar va harakatchan bo’linmalarga ega bo’lishlari lozim.
Temir yo’l transporti korxonalari xavfli va maxsus yuklarni tashish xavfsizligini ta’minlashi hamda bu yuklarni tashish chog’ida avariya holatlari yuzaga kelgan taqdirda ularning oqibatlarini tugatishda qatnashishi shart. Temir yo’llarning avtomobilь yo’llari bilan kesishgan joylari (temir yo’l kesishuvi joylari) temir yo’ldan texnik foydalanish qoidalari hamda qurilish normalari va qoidalari bilan belgilanadi. Temir yo’l kesishuvi joylaridan foydalanish, ularni ochish va yopish tartibi davlat temir yo’l transportini boshqarish organi tomonidan tegishli davlat boshqaruv organlari bilan kelishilgan holda belgilanadi. Temir yo’l transporti va tashish jarayoni bilan bog’lik boshqa texnika vositalarining harakat xavfsizligi hamda ulardan foydalanish qoidalarini buzganlikda aybdor shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar.
23-modda. Favqulodda holatlarda temir yo’l transportining ishlashi
Temir yo’l transporti korxonalari temir yo’l transporti ishining buzilishiga sabab bo’lgan halokatlar, avariyalar, tabiiy ofatlarning oqibatlarini (shamol hosil qilgan tuproq-qum bosishlari, toshqinlar, yong’inlar va boshqa favqulodda holatlarni) bartaraf etish uchun shoshilinch chora-tadbirlar ko’radi. Bunday chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun ular ro’yxati davlat temir yo’l transportini boshqarish organi tomonidan belgilanadigan moddiy va texnika vositalari zahirasiga ega bo’lishlari zarur. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari odamlar hayoti va sog’lig’iga, atrof tabiiy muhitga, harakat xavfsizligi va yuklarning saqlanishiga tahdid soluvchi halokatlar, avariyalar, tabiiy ofatlar va boshqa favqulodda holatlarning oqibatlarini tugatishda temir yo’l transporti korxonalariga yordam ko’rsatadilar.
26-modda. Temir yo’l transporti korxonalarining javobgarligi
Temir yo’l transporti korxonalari yo’l haqini hamda yuk, bagaj va yuk bagajining tashish haqini to’lagan va yo’l hujjatlarini to’g’ri rasmiylashtirgan yo’lovchi va yuk jo’natuvchiga, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo’lmasa, tashishni rad etishga haqli emas. Tashish jarayonini amalga oshiruvchi temir yo’l transporti korxonalari yo’lovchi yoki temir yo’l transporti xizmatlaridan foydalanuvchi boshqa shaxsning, xuddi shuningdek temir yo’l transporti faoliyati natijasida jabrlangan shaxsning hayoti va sog’lig’iga etkazilgan zarar uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo’ladi. Temir yo’l transporti korxonalari yuklarni tashish chog’ida yuklarni tashish uchun olingan buyurtmanomalarni bajarmaganlik, vagonlarni shoxobcha yo’llariga keltirib bermaganlik va ularni shoxobcha yo’llardan olib ketishni kechiktirganlik, yuklarni jo’natuvchilar va oluvchilarga tegishli bo’lgan yoki ular tomonidan ijaraga olingan vagonlar va konteynerlarni o’zboshimchalik bilan egallaganlik, bu vagonlar va konteynerlarga shikast etkazganlik yoki ularni yo’qotganlik uchun Temir yo’l ustavida belgilangan miqdorlarda jarimalar to’lash tarzida javobgar bo’ladi. Temir yo’l transporti korxonalari yuklarni tashishda yukni etkazib berish muddatlarini buzganlik uchun mulkiy javobgarlik bilan bir qatorda tashilayotgan yukning saqlanishini ta’minlamaganlik uchun ham qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda mulkiy javobgar bo’ladi. Temir yo’l transporti korxonalari yo’lovchilar, bagaj va yuk bagajini tashish bo’yicha majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va miqdorlarda javobgar bo’ladi.
Temir yo’l transporti korxonalari atrof tabiiy muhitga etkazilgan zarar uchun hamda temir yo’l transporti erlarini lozim darajada saqlamaganlik va ulardan foydalanmaganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladi.
27-modda. Yuk jo’natuvchilar va yukni oluvchilar, yo’lovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning temir yo’l transporti korxonalari oldidagi javobgarligi .
Yuk jo’natuvchilar va yukni oluvchilar quyidagilar uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda jarimalar to’lash tarzida javobgar bo’ladilar:

  • tashishlar haqini o’z vaqtida to’lamaganlik uchun;

  • yuklarni taqdim etmaganlik uchun, yuktashishga berilgan vagonlar, konteynerlardan foydalanmaganlik yoki buyurtmanomada ko’rsatilgan vagonlar, konteynerlarni rad etganlik uchun;

  • temir yo’lga qarashli vagonlar vakonteynerlardan ruxsatsiz foydalanganlik uchun;

  • vagonlar vakonteynerlarni yukni ortish, tushirish yoki qayta yuklash paytida belgilangan texnologiya normalaridan ortiqchakechiktirganlik (bekor ushlab turganlik) uchun, shuningdek ularni yukni ortish, tushirish, qayta yuklash uchun etkazib berish paytida kuttirib qo’yish orqali yoki jo’natuvchiga bog’liq bo’lgan boshqasabablarga ko’ra kechiktirganlik (bekor ushlab turganlik) uchun;

  • mahsulotlarni eksportga etkazib berish bo’yicha bojxona, chegara organlari yoki boshqadavlat organlari tomonidan belgilangan talablarni vagonlar vakonteynerlarning kechiktirilganligiga sabab bo’lgan tarzda buzganlik uchun;

  • vagonlar, konteynerlarga ko’taradigan yukidan ortiqchayukortganlik uchun;

  • vagonlar vakonteynerlarni yuklari tushirilganidan so’ng tozalamaganlik uchun;

  • temir yo’l tomonidan berilgan vagonlar yoki konteynerlarga, chiqarib olinadigan tashish moslamalari vao’rash-joylash vositalariga shikast etkazganlik yoki ularni yo’qotganlik uchun;

  • tashish taqiqlangan yukni taqdim etganlik yoki tashish chog’ida o’ta ehtiyotkorlik choralari ko’rishni talab etuvchi yukni uning nomi yoki xossalarini noto’g’riko’rsatib taqdim etganlik uchun.

Yo’lovchilar, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar temir yo’l transporti vositalaridan foydalanish, harakat xavfsizligi, yong’in xavfsizligi qoidalarini, temir yo’l transportidagi sanitariya-gigiena va sanitariya-epidemiyaga qarshi qoidalarni buzganlik, qurilmalar, transport vositalari va ularning ichki jihozlariga shikast etkazganlik uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo’ladilar.
Temir yo’l transportiga uning kommunikatsiyalarini qasddan to’sib (uzib) qo’yish yoki temir yo’l transportining moneliksiz va xavfsiz ishlashiga xalal beruvchi qonunga xilof boshqa hatti-harakatlar natijasida etkazilgan zarar temir yo’l transporti korxonalariga aybdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to’lanadi.
Hаr qаndаy tеmr yo’llаrni rеjаlаshtirishning dаstlаbki bоsqichlаridа tаnlоvlаr eng оpimаl yo’nаlishgа bоg’liq bo’lish lоzim. Yo’nаlish yo’l Hаrаkаti tаlаblаri хаmdа mаvjud fizik chеklоvlаrgа bo’ysinishi kеrаk. Muhаndislik ishlаri vа nаrхlаr хilmа хilligining vаriаntlаri tаqqоslаngаndа eng оptimаli tаnlаb оlinаdi. Bundаy hоllаrdа tuprоq hоlаti, suv dаrаjаsi, binо аsоsi vа хizmаtlаrning nаrхlаri hisоbgа оlinib, shu bilаn birgаdi tеmir yo’lning dаrаjаsi mаvjud fizik chеklоvlаr оrqаli аniqlаnаdi. Birоq, bаrchа muhаndislikkа dахldоr bo’lgаn Hаr qаndаy qаrоrlаr (еr оstidаmi, yoki ko’tаrilgаn strukturаdаmi) tеmir yo’l qurilishigа kiritilishidаn аvvаl hаr tоmоnlаmа tеkshirilаdi vа o’rgаnib chiqilаdi.
Еr оsti qurilishi to’liq qiymаtini eskаlаtоrlаrning to’liq rеаl nаrхlаri, vеntiliyasiya, kоndisiоnеrlаsh, yoritish vа bоshqа хizmаtlаr, shtаblаr uchun qo’shimchа jihоzlаngаn tunеll turаr jоylаr, yong’indаn himоyalаsh vа fаvqulоtdа chiqish yo’llаri vа bоshqаlаr tаshkil etishi kеrаk. Qurilish ishlаri jаrаyonidа shаhаr mаrkаzi хududlаridаgi ishlаr аmаlgа оshirilаyotgаn qurilish еr оstidа bаjаrilаyotgаnligi yoki yo’qligi hisоbgа оlinishi lоzim, chunki bu zаruririy оmillаrdаn biri hisоblаnаdi.
Ko’tаrmа tаrzdа qurilаdigаn tеmir yo’lning Hаr qаndаy shаklidаn fоydаlаnishdаn оldin ko’zgа ko’rinаrli tа’sir vа eshitilаdigаn shоvqin, yuqоri dаrаjаdаgi fаvqulоtdа hоlаtlаrni tаrqаlishi ibоrаt bo’lgаn аtrоf-muhit mаsаlаlаrini ko’rib chiqish lоzimdir. SHuningdеk, аksаriyat tеmir yo’l izlаri ko’tаrmа tеmir yo’llаr yuzаsigа nisbаtаn tuprоq qаtlаmi bo’shrоq bo’lgаn tеmir yo’l izlаridаn ibоrаt. Sun’iy nishаbliklаr, zinаlаr vа eskаlаtоrlаrning zаrurligi sаbаbli bеkаtlаr qurilishi ko’prоq mаydоnni egаllаydi. Muhаndislik nuqtаi nаzаridаn tеmir yo’l tizimlаri imkоn qаdаr tеkis bo’lishi yoki Hаrаkаt tаrkiblаri хаmdа yo’llаrning qаtlаmini qisqаrtirish mаqsаdidа mustаhkаm хаmdа egriliklаri minimаl dаrаjаdа bo’lishini tаlаb etаdi[1].
Temir yo’l transportiga poezdlar xarakati bilan bog’liq bo’lgan lavozimlarga ishga kiruvchi shaxslar tegishli ishlarni bajarishga yaroqli eganligini aniqlash uchun tibbiy ko’rikdan o’tishlari kerak.
Keyinchalik ushbu xodimlarning davriy tibbiy ko’rikdan o’tishlari AJ tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Undan tashqari ishga qabul qiluvchi shaxslar kasbiy ta’lim olishlari kerak, keyinchalik bilimlar davriy tekshirib turilishi kerak.
Amerika ”Asosiy Qoidalarda” xam, quyidagi xujjatlarini bilishlari shart:
1.Ekspluatatsiya qoidalari va ish jadvali.
2.Bo’limning xavfsizlik qoidalari.
3.Xavfli materiallar xakida yo’riqnoma.
4. Pnevmatik tormozlar yo’riqnomasi.
B. koidalari va mutaxassisligi uchun ko’rsatmalar.
Xodimlari bilish va o’z vazifalarini tegishli barcha koidalar va maxsus ko’rsatmalar bilan mos kelishi kerak. Agar ma’no yoki koidalar yoki maxsus yo’riknomalar ko’llashda xar kanday shubxangiz bo’lsa, ishchi tegishli organ tomonidan tushuntirish talab kerak.
. sinovlar uchun talab. Kimning majburiyatlari, ularni talab ishga koidalariga muvofik malakali bo’lishi kerak xodimlari, zarur sinovlar uchun.
Bu xodimlari maxsus sinflar va tegishli organlar tomonidan karatilgan balki kamida xar uch yilda bir marta keyin sinovdan o’tishi kerak. Xodimlar ish koidalar imtixon Yozma shaklda , eng kamida 85% kщrsatishlari kerak. Sinovdan щtmagan xodimlar , o’ttiz kun ichida ikkinchi marta sinovdan o’tishlari kerak. Xodimlar kilinishi sinalishi ikkinchi marta o’tishi va ularning to’lovlaridan to’xtatib, ularning malakasini tasdiklay olmaganlar. o’tgan vazifalarini tomonidan asosiy koidalari ishlayotgan joylaridan ozod etiladilar. [2]
Tеmir yo’llаrni tа’mirlаsh hаmdа ulаrdаgi jаrаyonlаrni аmаlgа оshirish uchun insоn rеsurslаri, o’rnаtilgаn аsоsiy vоsitаlаr, mоbil tехnikаlаr kаbi guruhlаrgа bo’lingаn muаyayan tаrzdаgi аsоsiy rеsurslаr tаlаb etilаdi. ushbu uchburchаkning istаlgаn uch tоmоnidаgi tаlаbgа jаvоb bеrmаslik bоshqа tоmоnlаrning tuzilishidаn qаt’iy nаzаr jаrаyonning yaхshi dаvоm ettirilmаgаnligini аnglаtаdi.
Bаrchа bоsqichlаrdаgi tаlаblаrgа jаvоb bеruvchi хоdimlаrni tаnlаsh vа ulаrning tаrbiyasi muhim ахаmiyat kаsb etаdi. Milliy hаmdа mахаlliy dаrаjаdаgi хоdimlаr bilаn dоimiy tаrzdа yuqоri dаrаjаdаgi аlоqаlаrni o’rnаtilishi аmаlgа оshirilishi lоzim bo’lgаn ishlаrdаn biri hisоblаnаdi. Bu muhаndislik mеnеjmеntining bаrchа bоsqichlаridа dоimiy e’tibоrni tаlаb etаdi. Hаr qаndаy tаshkilоtdаgi хоdimlаr o’zlаrining qаdrlаnishlаrini хis etishlаri jаmоаdаgi tаshаbbuskоrlikni o’z qo’llаrigа оlgаn hоldа fаоliyat yuritishlаridа muhim ахаmiyatgа egа [1].

Download 30.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling