Темир йўлда ташиш таннархи


Temir yo’l transporti mahsuloti tannarxini hisoblash xususiyatlari


Download 34.3 Kb.
bet6/7
Sana23.12.2022
Hajmi34.3 Kb.
#1048617
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Javoblar

Temir yo’l transporti mahsuloti tannarxini hisoblash xususiyatlari: Temir yo‘l transportida yuklarni tashish va yo‘lovchilarni manzilga etkazish jarayoni shu sohaning mahsuloti hisoblanadi. Temir yo‘l transporti mahsulotini biror muddat ichida saqlab bo‘lmaydi. Shuning uchun xarajatlarning eng katta ulushi egri xarajatlarga to‘g‘ri keladi. Egri xarajatlarning taqsimlanishi esa murakkab jarayon hisoblanadi. Tannarxni hisoblashning murakkabligi yana bir omil bilan tushuntiriladi, ya’ni xalqaro yuk tashishda harakatlanuvchi tarkibning bir nechta davlat hududlaridan kesib o‘tishi bilan tushuntiriladi. Temir yo‘l transportida xarajatlar va tannarxni hisoblashning murakkabligi quyidagi omillarga bog‘liq:1-guruh. Temir yo‘lda yuklar, yo‘lovchilar, bagaj va pochta tashiladi. Temir yo‘lda bir necha o‘n ming turdagi yuklar tashilgani uchun har xil turdagi vagonlar talab etiladi;Temir yo‘l tarkibida yuzlab korxonalar faoliyat yuritadi. ularning har biri bevosita yoki bilvosita yuk tashishda ishtirok etadi. Transport ishlab chiqarish jarayoni keng territoriyada, bir qancha temir yo‘llar chegarasida bajariladi, u aniq, cheklangan kenglikda birlashmagan. Tarmoqning bu xususiyati temir yo‘llar faoliyatini boshqarish jarayoni va rejalashtirish, tahlil qilish uslublari va xarajatlarni nazorat qilishni murakkablashtiradi hamda alohida temir yo‘llar orasida xarajatlarni taqsimlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Tashish hajmini bajarish, ularning sifati va xavfsizligi ta’minlanishi uchun temir yo‘llar orasida o‘zaro uzviy aloqa – texnologik, moliyaviy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy, informatsion aloqalar bo‘lishi zarur. Temir yo‘llar tashish jarayonining alohida texnologik operatsiyalarini bajarishda bir xil ishtirok etmaydilar. Bu bir qator temir yo‘llarning ekspluatatsion xarajatlari va tashish tannarxiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, alohida temir yo‘llarda marshrut poyezdlarini shakllantirish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi, bunda tashish tannarxini oshishiga olib keladigan qo‘shimcha xarajatlar yuzaga keladi, biroq tarmoqning boshqa temir yo‘ll

Download 34.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling