Темир йўлда ташиш таннархи


Temir yo’lda yuk va yo’lovchi tashish tannarxini hisoblash usuli


Download 34.3 Kb.
bet7/7
Sana23.12.2022
Hajmi34.3 Kb.
#1048617
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Javoblar

Temir yo’lda yuk va yo’lovchi tashish tannarxini hisoblash usuli: Transport mahsuloti yuk va yo‘lovchilar tashish hisoblanadi. Mahsulot moddiy buyum shakliga ega emas, shuning uchun transport xarajatlarida xom ashyo va yarim fabrikatlar uchun xarajatlar mavjud emas. Buning natijasida xarajat elementlari bo‘yicha transportning ekspluatatsion xarajatlar tuzilmasi sanoat korxonalarining xarajatlari tuzilmasidan ancha farq qiladi, ularning xarajatlarida 70% ga yaqinini xomashyoga bo‘lgan xarajatlar egallaydi. Transport ishlab chiqarish jarayoni keng territoriyada, bir qancha temir yo‘llar chegarasida bajariladi, u aniq, cheklangan kenglikda birlashmagan. Tarmoqning bu xususiyati temir yo‘llar faoliyatini boshqarish jarayoni va rejalashtirish, tahlil qilish uslublari va xarajatlarni nazorat qilishni murakkablashtiradi hamda alohida temir yo‘llar orasida xarajatlarni taqsimlash zaruriyatini keltirib chiqaradi. Tashish hajmini bajarish, ularning sifati va xavfsizligi ta’minlanishi uchun temir yo‘llar orasida o‘zaro uzviy aloqa – texnologik, moliyaviy-iqtisodiy, tashkiliy-huquqiy, informatsion aloqalar bo‘lishi zarur. Temir yo‘llar tashish jarayonining alohida texnologik operatsiyalarini bajarishda bir xil ishtirok etmaydilar. Bu bir qator temir yo‘llarning ekspluatatsion xarajatlari va tashish tannarxiga ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, alohida temir yo‘llarda marshrut poyezdlarini shakllantirish bo‘yicha ishlar amalga oshiriladi, bunda tashish tannarxini oshishiga olib keladigan qo‘shimcha xarajatlar yuzaga keladi, biroq tarmoqning boshqa temir yo‘llarida poyezdni qayta tuzmasdan harakatlanishiga va tannarxni kamayishiga imkoniyat tug‘diradi.
Tortish turlari bo’yicha tashish tannarxini aniqlash: Temir yo’l uzellari xarajatlarni xarajarlat nomenklaturasidagi moddalar bo’yicha yo’lovchi va yuk tashishga taqsimlaydi. Bunda bagaj va pochta tashish xarajatlari yo’lovchi tashishga, xo’jalik poezdlari bo’yicha xarajatlarni esa yuk tashishga kiritiladi. Shundan so’ng xarajatlar tortuv turlari bo’yicha taqsimlanadi.Bosh yo’llarni joriy ta’minlash va amortizatsiyasi bundan mustasno, bunda xarajatlar avval turli tortuv turidagi uchastkalarga taqsimlanadi (elektrlashgan va elektrlashmagan) so’ngra ushbu uchastkalarning har biri bo’yhicha yuk va yo’lovchi tashishga taqsimlanadi.Temir yo’l uzelining yuk va yo’lovchi tashishga kiritilgan umumiy xarajatlarini ekspluatatsion tkm, yo’lovchi-kmlarga bo’lib, va natijani 10 ga ko’paytirib 10 ekpluatatsion tkm va 10 yo’l-km tannarxi aniqlanadi. Temir yo’l kompaniyasi bo’yicha yuk va yo’lovchi tashish tannarxini aniqlash uchun barcha uzellarning shu tashish turlari bo’yicha xarajatlari qo’shiladi va ularga yuk yoki yo’lovchi tashishga kiritilgan kompaniya boshqaruv apparatining xarajatlari qismi qo’shiladi.Yo’lovchi tashishga kiritilgan xarajatlarining umumiy miqdorini kompaniya bo’yicha yolovchi-km.larga bo’linadi, yuk tashishga kitirilgan xarajatlarni esa tarif tkm miqdoriga bo’linadi, so’ngra 10 ga ko’paytiriladi hamda mos ravishda 10 yo’l-km va 10 tarif tkm tannarxi olinadi.
Download 34.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling