Темир йўлда ташиш таннархи


Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi


Download 34.3 Kb.
bet5/7
Sana23.12.2022
Hajmi34.3 Kb.
#1048617
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Javoblar

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi: Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi tarkibiga asosiy vositalarning boshlang‘ich narxiga o‘rnatilgan me’yorlar darajasida to‘lanadigan amortizatsion ajratmalar kiradi.Jismoniy eskirish deganda asosiy vositalarning boshlang’ich iste’mol kiymatining bosqichma-bosqich yo’qolib borishi tushuniladi. Bunda nafaqat ularning ishlash jarayonidagi eskirishi, balki bekor turiish natijasida ham eskirganlkgi kiradi. Asosiy vositalarlarning fizik eskirishi asosiy vositalarlar sifatiga, ularning texnik takomillashganligiga, texnologik jarayonning xususiyatlariga, ularning ishlash vaqtiga, tashki ta’sirlardan himoyalanganligiga hamda asosiy vositalarlarni parvarish qilish va ularga xizmat ko’rsatish darajasiga bog’liq. Asosiy vositalarlarning jismoniy eskirishni hatto ularning bir xil elementlarida ham har xil bo’ladi. Asosiy vositalarlarning to’liq va qisman eskirishi farqlanadi. To’liq eskirganda ishlab turgan, asosiy vositalarlar yo’qotiladi va joyiga yangisi (kapital qurilish yoki eskirgan asosiy vositalarlarni joriy almashtirish vositasida) keltiradi. Qisman eskirish ta’mirlash yo’li bilan qoplanadi.Asosiy vositalarlarning jismoniy eskirishi xaqikiy xizmat qilgan davrni normativdagi davrga bo’lish va 100 ga ko’paytirish yo’li bilan hisoblanishi mumkin. Nisbatan to’g’ri usul bu ob’ektning tabiiy holatini tekshirishdir.
Ma’naviy eskirish- bu - mashina va uskunalar qnymatining ularni takror ishlab chiqarish uchun ketadigan umumiy, zaruriy xarajatlarining qisqarishi, yangi va unumdor mashina va uskunalarning joriy qidinishi ta’sirida pasayishidir. Ushbu omillar ta’sirida asosiy vositalarlar o’zining texnik tavsifi va iqtisodiy samaradorligi jihatidan qoloq bo’lib qoladi, ya’ni ma’naviy eskiradi.
Amortizatsiya - asosiy vositalarlar eskiripshni mahsulotning ishlab chikdrish tannarxiga qismlab o’tkazish yo’li bilan yng’ilib boriladigan pul mablag’laridir.Amortizatsiya hisoblanadigan mulk tarkibiga O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga ko’ra qiymati eng kam oylik ish haqining 50 barobaridan ortiq bo’lgan va foydalanish muddagi 1 yildan oshadigan mulklar kiradi. Er uchastkalari, qazilma boyliklar, o’rmonlar va moliyaviy aktivlar bunga kirmaydi. Amortizatsiya ajratmasi summasi asosiy vositalarning qiymatiga, undan foydalanish muddatiga va modernizatsiya xarajatlariga bog’liq.Amortizatsiyaning yillik summasini asosiy vositalarlar qymatiga nisbatan foizlarda ifodalash orqali uning normasi aniqlanadi. Amortizatsiya normasi asosiy vositalarlar yiliga o’zining balans qiymatining qancha mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo’shayotganini bildiradi

Download 34.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling