Темир йул транспортида бошкаришнинг


Download 1.97 Mb.
bet22/44
Sana18.06.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1595734
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44
2.3. OSKAR-M ma’lumot tizimi

OSKAR-M ishlashi uchun kompyuterda Windows va Internet Explorer (kamida 4-versiyasi) dasturlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. OSKAR-M ishi asosini HTML-sahifalardan foydalangan holda giper ishoralar bilan ishlash tamoyili tashkil etadi. Hozirgi paytda dastur faqat foydalanuvchilar talabnomalariga binoan ma’lumot axborotini olish imkonini beradi. Bu esa dastur vositasida yangi axborot kiritib bo‘lmasligini anglatadi. Biroq kelajakda dastur nafaqat foydalanuvchilar talablariga binoan javoblar berishi, balki matematik statistika uslublarini qo‘llagan holda bir necha sutka avval ekspluatatsiya ishi ko‘rsatkichlari hisob-kitoblarini amalga oshirish ko‘zda tutilgan.


OSKAR-M ni yuklashda displeyda internet-sahifaga o‘xshash darcha ochiladi va unda temir yo‘llar bo‘linmalari vagon parklarining holati to‘g‘risidagi axborot aks ettiriladi. Ushbu axborot kichik guruhlarga ajratilgan:
- temir yo‘l bo‘linmalari umumiy vagonlari parki;
- ishchi vagonlar parki (ishchi parkini yuk ortilgan va bo‘sh vagonlarga bo‘lgan holda);
- ishchi bo‘lmagan (nosoz) vagonlar parki.
Darcha tepasida bo‘linmalar bo‘yicha vagon parklari, vagonlar yukining tushirib olinishi, vagonlarga yuk ortilishi, mahalliy va tranzit yuk mavjudligiga faol ishoralar joylashadi. Darchaning yuqori o‘ng burchagida ikkita qayd etilgan holatiga ega bo‘lgan ko‘rsatkich-ishora joylashgan. Kursorni ko‘rsatkich-ishoraga qaratib, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan bosganda “Joriy sutka” ko‘rsatkichini tegishli sahifani yuklagan holda “O‘tgan sutka” ko‘rsatkichi bilan almashtirish mumkin. Aytish lozimki, OSKAR-M tomonidan aks ettiriladigan axborotga ishlov berish TTBAT va VPABT tizimlari doirasida real vaqt rejimida yuz beradi. OSKAR-M vazifasi – axborotni tizimlashtirish va uni foydalanuvchi ishlata oladigan shaklda taqdim etishdan iborat.
OSKAR-M da faol ishorani tanlash bilan, foydalanuvchi, aslida dastur ma’lumotlari bazasiga so‘rovni shakllantiradi. Ishoralar mavjudligi foydalanuvchi ishini soddalashtiradi va tezlashtiradi. OSKAR-M ma’lumotlari bazasida har bir ishora ostiga tegishli mashina kodida yozib olingan xabar shakllantirilgan. So‘rovga dastur jadval ko‘rinishidagi batafsil hisobot chiqarib beradi. Masalan, temir yo‘l bo‘linmasi bo‘sh vagonlari parki holati to‘g‘risidagi ishoran tanlab, foydalanuvchi amalda OSKAR-M ma’lumotlari bazasiga so‘rov yo‘llaydi va dastur unga vertikal bo‘yicha harakatlanuvchi tarkib turlari, gorizontal bo‘yicha esa – stansiyalar nomlari ko‘rsatilgan jadvalni taqdim etadi. Muayyan stansiya bo‘yicha axborotga aniqlik kiritish ham mumkin: qaerda va qancha vagon bor. Agar stansiyada texnik reja bo‘yicha zarur bo‘lganidan ko‘proq vagon mavjud bo‘lsa, u holda OSKAR-M vositalari yordamida ularni rostlashga jo‘natish to‘g‘risida buyruq berib, buyruq bajarilishini avtomat tarzda nazorat qilib turish mumkin.
Shu bilan birga dastur funksiyalari hali to‘liq hajmda ro‘yobga chiqarilgan emas. Masalan, vagonlarni rostlashga topshirish hajmlarini (ham stansiyalar, ham bo‘linmalar bo‘yicha) OSKAR-M doirasida tegishli buyruqlarni shakllantirib, hamda ular bajarilishini real vaqt rejimida qayd etish bilan avtomat tarzda hisoblab borish rejalashtirilgan.



Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   44




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling