Темир йул транспортида бошкаришнинг


 Tortuv resurslarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/34
Sana18.02.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1212542
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34
Bog'liq
18-1 tytbat

 
1.4. Tortuv resurslarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi 
 
Tortuv resurslarini avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (TRАBT) tortuv 
harakatlanuvchi tarkibi (THT) va lokomotiv brigadalarini (LB) tashkillashtirish va 
operativ boshqarishga qaratilgan, THTdan foydalanish va brigadalar ishini 
tashkillashtirilishini ta’minlaydigan ishchi-xodimlarzimmasidagi boshqarish 
funksiyalarini avtomatlashtirish uchun mo‘ljallanganaxborot texnologiyalari 
majmuidir. 
TRABT va uning komponentlari quyidagi faoliyat turlarini avtomatlashtirishga 
qaratilgan: 
- temir yo‘llar, mintaqa (ikki va undan ortiq temir yo‘l uchastkalari) va 
tarmoqlar darajasida THT va lokomotiv brigadalari ishini takomillashtirish, shu 
jumladan axborot bazasinim tayyorlash va boshlang‘ich parametrlarni 
optimallashtirishni ham; 
- THT va lokomotiv brigadalarini joriy ekspluatatsiya ishi sharoitlarida 
operativ boshqarish; 
- Lokomotivlar va lokomotiv brigadalarini operativ boshqarish bo‘yicha 
barcha vazifalar majmuining lokomotivlar va lokomotiv brigadalari bilan amalga 


37 
oshiriladigan barcha operatsiyalar haqidagi sifatli va to‘liq axborot asosida hal 
etilishini ta’minlash; 
- THT va lokomotiv brigadalari ishini takomillashtirish va rivojlantirish 
bo‘yicha echimlarni ishlab chiqish uchun ularni tashkillashtirish tizimining 
tavsiflari va o‘zaro bog‘liqliklarini tadqiq etish. 
Birinchi bosqichda THT va lokomotiv brigadalari mavjudligi, holati va ular 
dislokatsiyasini nazorat qilish funksiyalari, keyinchalik THT larning temir yo‘l, 
tarmoq va mintaqaviy darajadagi ishini operativ boshqarish bo‘yicha tavsiyalar 
ishlab chiqish bilan avtomatlashtiriladi. 
Tizim samaradorligi. Majmualarning 2001 yildan beri faoliyatini o‘rganish 
shuni ko‘rsatdiki, lokomotivlardan foydalanish va lokomotiv brigadalari ish 
vaqtining muntazam o‘tkaziladigan tahlili lokomotivlar va lokomotiv brigadalari 
ish samaradorligini umuman 0,2-0,3% ga ko‘tarish imkoniyatini berar ekan. 
Bundan tashqari, rejadan tashqarish ta’mirlashlar soni kamayib (joriy ko‘rik TO-2 
lar orasida ortiqcha masofa bosish hollari bartaraf etilishiga bog‘liq), bu 
ekspluatatsiya qilinayotgan lokomotivlar parkiga bo‘lgan ehtiyojni 0,01-0,02% ga 
kamaytirar ekan. 
Lokomotivlarni foydali ishlatish vaqtini bir sutkada 18 s ga qadar oshirish 
tufayli ekspluatatsiya qilinayotgan lokomotivlar parkiga bo‘lgan ehtiyojning 0,01-
0,02% qisqarishi kutilib, bunga quyidagilar hisobiga erishish mumkin: 
- lokomotivlarning poezdlarga uzaytirilgan xizmat ko‘rsatish elkalaridan 
foydalanish (avvalgi 300-400 ga nisbatan 2500 km gacha); 
- lokomotiv deposi, stansiyada, yoki unga yaqinlashib kelayotgan muayyan 
lokomotivlarni tirkash (qayta tirkash)ni rejalashtirish imkoniyati (shu jumladan 
uzaytirilgan elkalar bilan ishlaganda, TO-2, TO-3 dan keyingi bosib o‘tilgan 
masofa 
va 
ekipirovkalash 
resurslarini, 
uzoqdan 
kelishni, 
shuningdek 
lokomotivlarning aylanish uchastkalarida biriktirilishini hisobga olgan holda); 
- Lokomotivlar va elektr harakat tarkiblarining (EHT) stansiyalarda raqamma-
raqam 
mavjudligini, 
poezd 
ishidagi 
resurslarga 
hamda 
keyinchalik 


38 
ehtimoliyishlatilish uchastkalari bo‘yicha taqsimlab bashoratlash (prognozlash) 
(soatli davrlar bo‘yicha 24 soatga qadar teranlik bilan). 
Bundan tashqari, lokomotivlarning xizmat ko‘rsatish va ta’mirlashda turib 
qolish vaqti qisqarib, lokomotiv deposi va lokomotivlarni ko‘rikdan o‘tkazish 
punktlari ish samaradorligi quyidagilar hisobiga oshadi: 
- joriy ko’rik va joriy ta’mirni kutib turgan yoki bevosita shu jarayonlardagi 
lokomotivlarning mavjudligini operativ raqamma-raqam nazorat qilish; 
- lokomotiv deposi va lokomotivlarni ko‘rikdan o‘tkazish punktlarining ular 
tomonidan lokomotivlar joriy ko’rik va joriy ta’mirni bajarilganlik ishini har 
sutkalik va statistika tahlili va lokomotivlarning xizmat ko‘rsatish va 
ta’mirlashlardagi alohida hisobi yuritilishini.

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling