Темир йул транспортида бошкаришнинг
OSKAR-SNG avtomatlashtirilgan tizimi
Download 1.82 Mb. Pdf ko'rish
|
18-1 tytbat
2.2. OSKAR-SNG avtomatlashtirilgan tizimi OSKAR boshqarish tizimi butun Rоssiya temir yo’l trаnspоrti ilmiy-tаdqiqоt instituti jamoasi tomonidan Rossiya temir yo‘llarida ekspluatatsiya ishining borishini nazorat qilish va boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish uchun yaratildi. MDH mamlakatlari vagonlar parkini kuzatish, nazorat qilish va boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish – OSKAR-SNG – asosiy kichik tizimlardan biri bo‘lib hisoblanadi. Bugungi kunda OSKAR-SNG tizimi ikki daraja(bosqich)li bo‘lib hisoblanadi. Birinchi daraja – MDH mamlakatlari vagonlar parkini “RJD” OAJning tashishlarni markazlashgan boshqaruvi darajasida boshqarish. Ikkinchi daraja – MDH mamlakatlari vagonlar parkini temir yo‘llar markazlashgan boshqaruvi darajasida boshqarish. Keyinroq yirik saralash va yuk stansiyalari ishchi-xodimlari uchun MDH mamlakatlari vagonlaridan foydalanishni nazorat qilish bo‘yicha AIJ ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. OSKAR-SNG tizimining asosiy ishchi bo‘g‘inlari – MDHmamlakatlari vagonlar parkini nazorat qilish va boshqarish bo‘yicha dispetcherlarning 48 ixtisoslashtirilgan AIJlari hisoblanadi. AIJlar xorijiy vagonlarning umuman tarmoq poligonida va ayrim temir yo‘llarda joylashishi, siljib borishi va uzatilishini tezkor kuzatib turish uchun mo‘ljallangan. AIJlar texnik asosini shaxsiy kompyuter tashkil qilib, u markaziy blok, rangli tasvirli monitor, tashqi boshqarish jihozlari (klaviatura va “sichqoncha” boshqarish qurilmasi) kiradi. OSKAR-SNG AIJ poezd dispetcheriga qo‘yidagi ma’lumotlarni beradi: 1. Temir yo‘ldagi vagonlar holati: - stansiyalarda poezdlarsiz; - nosoz; - vagon raqamlari bo‘yicha. 2. Ijaraga olingan vagonlar mavjudligi (tanlash sharti): - tarmoq, yo‘llar, NODlar bo‘yicha; - mulkdor-davlatlar bo‘yicha; - vagon raqamlari bo‘yicha. 3. MDH mamlakatlari vagonlarining RF temir yo‘llarida bo‘lish vaqti (tanlash sharti): - tarmoq va yo‘llar bo‘yicha; - temir yo‘llarida bo‘lish vaqtining berilgan intervallari bo‘yicha; - temir yo‘lda bo‘lish vaqtining berilgan intervallari bo‘yicha; - harakatlanuvchi tarkib turiga ko‘ra; - mulkdor-davlatlar bo‘yicha. 4. Vagonlarni ulanish punktlari bo‘yicha uzatish (tanlash sharti): - MDH vagonlarini ulanish punktlari (davlatlararo va yo‘llararo) bo‘yicha umumiy qabul qilish va topshirish (uzatish), quyidagilarni ajratib olgan holda: jami, yuk ortilgan, bo‘sh, harakatlanuvchi tarkib turlariga ko‘ra, mulkdor- davlatlar bo‘yicha; - MDH mamlakatlarining bo‘sh va yuk ortilgan vagonlarini muayyan ulanma punktlari bo‘yicha harakatlanuvchi tarkib turiga ko‘ra qabul qilib olish va topshirish; - poezdlarda mavjudligiga ko‘ra; 49 - vagon raqamlariga ko‘ra. 5. Nosoz vagonlar mavjudligi (tanlash sharti): - tarmoq, yo‘llar bo‘yicha; - harakatlanuvchi tarkib turi bo‘yicha; - temir yo‘llarida bo‘lish vaqtiga ko‘ra; - temir yo‘lda bo‘lish vaqtiga ko‘ra; - ta’mirda bo‘lish vaqtiga ko‘ra; - vagon raqamlariga ko‘ra. Shuningdek nosozlik sabablari, ta’mirlash bajarilgan depo, vagonlarni nosozlar qatoriga kiritgan temir yo‘l va stansiya ko‘rsatiladi. 6. Vagonlar yuklash yo‘nalishlariga rioya qilmaslik (tanlash shartlari): - temir yo‘llar bo‘yicha; - mulkdorlari bo‘yicha; - vagon raqamlari bo‘yicha. Yo‘l boshqarish markazlari (YBM) darajasida OSKAR-SNG dispetcherga quyidagi shunga o‘xshash asosiy vazifalar doirasida axborotni taqdim etadi. 1. Yo‘lda vagonlar mavjudligi (tanlash shartlari). 2. Ijaraga olingan vagonlar mavjudligi (tanlash shartlari). 3. MDH mamlakatlari vagonlarining temir yo‘lda bo‘lish vaqti (tanlash shartlari). 4. Vagonlarni ulanma punktlar bo‘yicha uzatish (tanlash shartlari). 5. Nosoz vagonlar mavjudligi (tanlash shartlari). 6. Vagonlar yuklash yo‘nalishlariga rioya qilmaslik (tanlash shartlari). Shuningdek “Statistika tahlili” vazifasi doirasida axborot ham taqdim etiladi (tanlash shartlari): - yo‘lda bir oy davomidaMDH mamlakatlari vagonlarining mavjudligi tahlili; - yo‘lda bir oy davomida MDH mamlakatlari vagonlari topshirilishining tahlili; - yo‘lda bir oy davomida MDH mamlakatlari vagonlari qabul qilinishining tahlili. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling