Темир йул транспортида бошкаришнинг


 Mashinist marshrutiga avtomatlashtirilgan integratsiyalangan ishlov


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/34
Sana18.02.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1212542
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34
Bog'liq
18-1 tytbat

1.5. Mashinist marshrutiga avtomatlashtirilgan integratsiyalangan ishlov 
berish tizimi 
Mashinist marshruti harakatlanuvchi tarkib ishi, lokomotivlar tomonidan 
yoqilg‘i va elektr energiyasi sarfini, shuningdek lokomotiv brigadalari ish vaqtini 
hisobga olish va ish haqini yuritish uchun asosiy hujjat bo‘lib hisoblanadi. 
Bu hujjatga integratsiyalangan tarzda ishlov berish quyidagi ishlar EHMda 
bajarilishini ko‘zda tutadi: 
- taksirovkalash, u o‘z ichiga chiziqli bosib o‘tilgan yo‘l (masofa)ni aniqlash, 
netto va brutto t·km hisobini, har bir ish turi va ko‘rinishi bo‘yicha lokomotiv-
soatlar va vagon-o‘q-km lar aniqlanishini, bajarilgan ish va yoqilg‘i yoki elektr 
energiyasining haqiqiy sarfiga ko‘ra norma (me’yor) bo‘yicha yoqilg‘i yoki elektr 
energiya sarfi aniqlanishini oladi
- operativ va statistika ekspluatatsiya hisobot hujjatlari olinishini; 
- operativ va statistika yoqilg‘i sarfi bo‘yicha hisobot hujjatlari olinishini; 
- lokomotivlarni ta’mirlashga qo‘yishni rejalashtirish maqsadida ular bosib 
o‘tgan masofalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish; 


39 
- ish haqini hisob-kitob qilish,mehnat va ish haqi bo‘yicha buxgalteriya va 
statistika hisobotini olish (dastlabki tatbiq etish bosqichida – lokomotivlar 
brigadalari uchun, ikkinchisida – lokomotiv depolarining barchaturdagi ishchilari 
uchun). 
Ushbu vazifalar majmui boshqalari, hal qilinishi uchun asosan mashinist 
marshrutiga 
avtomatlashtirilgan 
integratsiyalangan 
ishlov 
berish 
tizimi 
(MMAIIBT) majmuining boshlang‘ich va me’yoriy-ma’lumot axboroti 
qo‘llanadigan vazifalar bilan birga bajarilishi shart. Ularga quyidagilar kirali: 
- harakatlanuvchi tarkibdan foydalanishning operativ (tezkor) va uzoq 
muddatli tahlili; 
- poezdlar tortuviga yoqilg‘i va elektr energiyasi sarfi me’yorlari hisobi; 
- lokomotivlarning ta’mirga qo‘yilishini rejalashtirish; 
- lokomotivlar va lokomotiv brigadalari ishini rejalashtirish; 
- yuk va yo‘lovchi tashiydigan poezdlarning bosib o‘tgan yo‘li to‘g‘risidagi 
ma’lumotlar asosida ekspluatatsiya xarajatlari hisobi va tahlili. 
Mashinist marshrutiga integratsiyalangan tarzda ishlov berish temir yo‘l 
ishining ekspluatatsiya ko‘rsatkichlaridan dalolat beradigan asosiy va ishonarli 
manbalardan biri bo‘lib hisoblanadi. 
30 yildan ko‘proq vaqt ilgari Kuybishev va Gorkiy temir yo‘llari ishlab 
chiquvchilari jamoalari ikki o‘ta noyob - MMAIIBT yo‘l majmuini yaratib, ular 
bugunga qadar Rossiya va MDH mamlakatlari yo‘llarida ishlatilmoqdalar. 
Ma’lumotlarni tayyorlash sharoitlarini yaxshilash maqsadida mashinist 
marshrutlarining yangicha shakli tayyorlanib, u avtomatlashtirilgan ishlov berish 
talablarini hisobga olgan, biroq amaldagi hujjatlar tuzilmasini saqlab qolgan edi. 
Bu dastlabki manba bo‘lgan hujjatlarni to‘ldirish ko‘nikmalarini o‘zgartirmaslik 
imkonini berdi. 
Mashinist 
marshrutiga 
integratsiyalangan 
tarzda 
ishlov 
berish 
mexanizatsiyalashgan hisob bo‘yicha yo‘l fabrikalari ishini 35-40% ga kamaytirib, 
lokomotiv depolari hisob guruhlarida tezkor va oylik hisobotini qo‘lda tuzishdan 
voz kechib, keyinchalik tezkor va statistika hisobi va harakatlanuvchi tarkibdan 


40 
foydalanish, yoqilg‘i va elektr energiyasi sarfi to‘g‘risidagi hisobotni birlashtirish 
imkonini berdi. 
Tarixan shunday vaziyat yuzaga keldiki, Kuybishkv temir yo‘lida ishlab 
chiqilgan variant asosan MDH mamlakatlarida (Belorussiya, Qozog‘iston va b.), 
Gorkiy temir yo‘li varianti esa – asosan Rossiya temir yo‘llarida ishlatiladigan 
bo‘ldi. 
Temir yo‘llar tarmog‘ining yangicha faoliyat sharoitlari, hisoblash texnikasi 
parkining 
yangilanishi, ma’lumotlarni uzatish vositalarining rivojlanishi 
MMAIIBT yo‘l majmualari oldida ham yangi vazifalarni qo‘ydi: MMAIIBT 
yagona kompleksi yo‘l-tarmoq majmui doirasida birgalikda ishlash, tashishlarni 
tezkor boshqarish avtomatlashtirilgan tizimlari bo‘yicha mashinist marshruti 
virtual hujjatlarini shakllantirish, mashinist marshruti hujjatlaridagi axborotlariga 
ishonarli va tezkor ishlov berish, chiqish axborotining “RJD” OAJ ishlashining 
yangi shart-sharoitlarini hisobga olgan holda shakllantirilishini ta’minlash. 
Mehnat sharoitlarining o‘zgarishi har ikki yo‘l MMAIIBT majmualarining zaif 
bo‘g‘inlarini aniqlab berdi: 
- boshqaruv ob’ektlariga oid ma’lumotlarning to‘liq emasligi va boshqa 
majmualar va vazifalar axboroti bilan nomuvofiqligi (uyg‘unlashmaganligi); 
- eskirgan va zamonaviy OS lar tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaydigan 
vositalari va platformalardan foydalanish; 
- real vaqt rejimida ishlash imkoniyati yo‘qligi; 
- yangi talablarni bajarish uchun cheklangan rivojlanish imkoniyatlari (tortuv 
harakatlanuvchi tarkib boshqa mulkdorlarining paydo bo‘lishi, hisob-kitob 
metodologiyasi o‘zgarishi va b.). 
Tarmoqda ishlatilayotgan MMAIIBT majmualari mashinist marshruti 
hujjatlariga ishlov berish texnologiyasida va uning me’yoriy hujjatlarga 
muvofiqligida kattagina farqlarga egalar. 
Hozirgi vaqtda Kuybishev va Gorkiy temir yo‘llari AHM lari MMAIIBTlarni 
takomillashtirish ishlarini davom ettirmoqdalar. 


41 
Misol uchun, ana shu majmua ishining quyidagi tubdan yangicha imkoniyatlari 
ro‘yobga chiqarilgan: 
- lokomotivlar ishini istalgan kesimda – vaqtga, hududiga, ish uchastkalariga, 
ish turlariga ko‘ra seksiyama-seksiya hisobga olish; 
- chiqish axborotini istalgan kesimda moslashuvchan tarzda shakllantirish, bu 
foydalanuvchilarga nafaqat lokomotivlardan foydalanish bo‘yicha tasdiqlangan 
ko‘rinishdagi statistika hisobotini olish, balki ma’lumotlarni istalgan davr uchun 
yoyilgan statistika ko‘rinishida tahlil qilish imkonini ham beradi; 
- mashinist marshruti bo‘yicha har bir hujjatga ishlov berish natijalarini saqlab 
qolgan holda ma’lumotlarning batafsil arxivini yuritish, bu har qanday manfaatdor 
mutaxassisga muayyan marshrut taksirovkasini tekshirish imkonini beradi; 
- majmuani texnologik sozlash yo‘li bilan muayyan ish sharoitlariga 
moslashtirish; 
- “RJD” OAJ BHMga MMAIIBT yagon kompleksi tarmoq majmuiga har 
sutka va har oyda yuqori darajadagi ishonchli axborotni etkazib turish. 
YAngi MMAIIBT majmuini ishlab chiqishda quyidagilar eng muhim 
vazifalardan hisoblanadi: undan foydalanish xarajatlarini pasaytirishga erishish, 
mashinist marshruti hujjatlariga ishlov berish jarayonini avtomatlashtirish 
darajasini oshirish va majmuani muayyan buyurtmachi talablariga moslashtirish. 
Majmua Windows platformasidagi serverlarda, shu bilan birga S/390 
boshqaruvi ostidag meynfreymda, zamonaviy IBM DB2, IBM MQ Series, TCP/IP, 
HTTP ma’lumotlar uzatish protokollarida ekspluatatsiya qilinish imkoniyatini 
ta’minlaydi. Foydalanuvchilar kuzatuvi qiymatini kamaytirish maqsadida tizim 
ma’lumotlariga kirish (dostup) foydalanuvchilarni majburiy avtorlashuvi bilan 
web-interfeys orqali amalga oshirilgan. 
Majmuaning o‘ta muhim bo‘g‘ini lokomotiv deposi tezkor-texnik hisobi 
markazining operatori AIJ bo‘lib, u mashinist marshruti hujjatlariga ishlov berish 
natijalarini tayyorlash, kiritish, aks ettirish va ulardan foydalanish uchun 
mo‘ljallangan. Temir yo‘llar AHM mutaxassislari tomonidan yaratilgan yangi 
lokomotiv deposi tezkor-texnik hisobi markazining operatori AIJning asosiy 


42 
xususiyati uning MMAIIBT yo‘l majmui, shuningdek lokomotiv depolarining 
foydalanilayotgan avtomatlashtirish tizimlari hamda tashish jarayonini operativ 
boshqarish tizimlari bilan o‘zaro bog‘liq holda ishlashi bo‘lib hisoblanadi. Bu 
operativ tizim ma’lumotlari asosida mashinist marshruti hujjatlarini 
avtomatlashtirilgan holda shakllantirish jarayoniga o‘tishning va real vaqt rejimiga 
yaqinlashtirilgan hujjatlarga tezkor ishlov berishga, ya’ni mashinist haqiqiy 
elektron marshrutiga o‘tishning zarur sharti bo‘lib keladi. Lokomotiv deposi 
tezkor-texnik hisobi markazining operatori mashinist marshrutini varaqdan 
kiritmay, balki boshqa tizimlardan olingan ma’lumotlarni ko‘zdan kechirib nazorat 
qilib boradi va etishmayotgan ko‘rsatkichlarni qo‘shimcha tarzda kiritib turadi. 
Yangi MMAIIBT yagona kompleksi loyihasini yaratish va ro‘yyobga 
chiqarishda “RJD” OAJ hisobga olish va statistika Departamenti mutaxassislari 
ko‘plab texnologik va metodologik masalalarni ishlab chiqish maqsadida temir 
yo‘llar va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari imkoniyatlarini birlashtirilishini 
ta’minladilar; ular bu bilan tizimni taraqqiy ettirishning inqilobiy emas, balki 
evolyusion yo‘lini tanladilar. 
Biroq hozirga kelib ba’zi muammolar, masalan lokomotivlar va lokomotiv 
brigadalarining qo‘shni temir yo‘llarga “kirib ketishi”ni hisobga olish hamon hal 
qilinmagan. Bugungi kunda yo‘llararo “kirib chiqish”lar bilan almashinish 
mexanizmlarining yo‘qligi lokomotivlar va brigadalardan foydalanishni tahlil 
qilishga oid operativ ma’lumotlar shakllantirilish sur’atlarini pasaytiradi. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling