Темир йул транспортида бошкаришнинг


Download 1.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/34
Sana18.02.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1212542
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34
Bog'liq
18-1 tytbat

2.3. OSKAR-M ma’lumot tizimi 
OSKAR-M ishlashi uchun kompyuterda Windows va Internet Explorer 
(kamida 4-versiyasi) dasturlari o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. OSKAR-M ishi asosini 
HTML-sahifalardan foydalangan holda giper ishoralar bilan ishlash tamoyili 
tashkil etadi. Hozirgi paytda dastur faqat foydalanuvchilar talabnomalariga binoan 
ma’lumot axborotini olish imkonini beradi. Bu esa dastur vositasida yangi axborot 
kiritib bo‘lmasligini anglatadi. Biroq kelajakda dastur nafaqat foydalanuvchilar 
talablariga binoan javoblar berishi, balki matematik statistika uslublarini qo‘llagan 
holda bir necha sutka avval ekspluatatsiya ishi ko‘rsatkichlari hisob-kitoblarini 
amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 
OSKAR-M ni yuklashda displeyda internet-sahifaga o‘xshash darcha ochiladi 
va unda temir yo‘llar bo‘linmalari vagon parklarining holati to‘g‘risidagi axborot 
aks ettiriladi. Ushbu axborot kichik guruhlarga ajratilgan: 
- temir yo‘l bo‘linmalari umumiy vagonlari parki; 
- ishchi vagonlar parki (ishchi parkini yuk ortilgan va bo‘sh vagonlarga 
bo‘lgan holda); 
- ishchi bo‘lmagan (nosoz) vagonlar parki. 
Darcha tepasida bo‘linmalar bo‘yicha vagon parklari, vagonlar yukining 
tushirib olinishi, vagonlarga yuk ortilishi, mahalliy va tranzit yuk mavjudligiga 
faol ishoralar joylashadi. Darchaning yuqori o‘ng burchagida ikkita qayd etilgan 
holatiga ega bo‘lgan ko‘rsatkich-ishora joylashgan. Kursorni ko‘rsatkich-ishoraga 
qaratib, sichqonchaning o‘ng tugmachasi bilan bosganda “Joriy sutka” 
ko‘rsatkichini tegishli sahifani yuklagan holda “O‘tgan sutka” ko‘rsatkichi bilan 
almashtirish mumkin. Aytish lozimki, OSKAR-M tomonidan aks ettiriladigan 
axborotga ishlov berish TTBAT va VPABT tizimlari doirasida real vaqt rejimida 
yuz beradi. OSKAR-M vazifasi – axborotni tizimlashtirish va uni foydalanuvchi 
ishlata oladigan shaklda taqdim etishdan iborat. 
OSKAR-M da faol ishorani tanlash bilan, foydalanuvchi, aslida dastur 
ma’lumotlari bazasiga so‘rovni shakllantiradi. Ishoralar mavjudligi foydalanuvchi 


51 
ishini soddalashtiradi va tezlashtiradi. OSKAR-M ma’lumotlari bazasida har bir 
ishora ostiga tegishli mashina kodida yozib olingan xabar shakllantirilgan. 
So‘rovga dastur jadval ko‘rinishidagi batafsil hisobot chiqarib beradi. Masalan, 
temir yo‘l bo‘linmasi bo‘sh vagonlari parki holati to‘g‘risidagi ishoran tanlab
foydalanuvchi amalda OSKAR-M ma’lumotlari bazasiga so‘rov yo‘llaydi va 
dastur unga vertikal bo‘yicha harakatlanuvchi tarkib turlari, gorizontal bo‘yicha 
esa – stansiyalar nomlari ko‘rsatilgan jadvalni taqdim etadi. Muayyan stansiya 
bo‘yicha axborotga aniqlik kiritish ham mumkin: qaerda va qancha vagon bor. 
Agar stansiyada texnik reja bo‘yicha zarur bo‘lganidan ko‘proq vagon mavjud 
bo‘lsa, u holda OSKAR-M vositalari yordamida ularni rostlashga jo‘natish 
to‘g‘risida buyruq berib, buyruq bajarilishini avtomat tarzda nazorat qilib turish 
mumkin. 
Shu bilan birga dastur funksiyalari hali to‘liq hajmda ro‘yobga chiqarilgan 
emas. Masalan, vagonlarni rostlashga topshirish hajmlarini (ham stansiyalar, ham 
bo‘linmalar bo‘yicha) OSKAR-M doirasida tegishli buyruqlarni shakllantirib, 
hamda ular bajarilishini real vaqt rejimida qayd etish bilan avtomat tarzda hisoblab 
borish rejalashtirilgan. 

Download 1.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   34




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling