Temir tanqisligi kamqonligining bolalar orasida jins bo‘yicha tarqalganlig qo‘rsatkichi
Download 40.03 Kb.
|
kamqonlik to\'liq uz-assistant.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqot natijalari muhokamasi.
- Jadval-1 Surxondaryo viloyati 0-14 yoshgacha bolalar orasida temir tanqisligi kamqonliklarning tarqalganligi (2022 yil)
- Shahar va tumanlar 0-14 yoshgacha bolalar soni (1000) xisobida Anemiyalar, %
Tadqiqotning maqsadi. Surxondaryo viloyati tumanlarida yashovchi bolalar orasida temir tanqisligi kamqonligining jins bo‘yicha tarqalganlig qo‘rsatkichi va sabablarini chuqur o‘rganish, ularni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish hamda ilmiy jixatdan asoslash.
Tadqiqot natijalari muhokamasi. Mamlakatimizda onalar va bolalar o‘limining salmog‘li kamayishiga erishilgan bulsa ham, qator xollatlarda hamon EGK bevosita yoki onalar o‘limiga sabab bo‘lmoqda, yoxud tug‘ish jarayonida og‘ir asoratlarga olib kelmoqda. Bu xastaliklar orasida kamqonlik aloxida o‘rin tutadi. Shu jumladan, Surxondaryo viloyatidagi anemiya bilan kasallangan bolalar dinamikasini quyidagi jadval orqali ko‘rishingiz mumkin (jadval-1). Bolalar kasallanishlari tahlili statistik maʼlumotlarga asoslanib o‘rganildi. Temir tanqisligi kamqonligi eng keng tarqalgan anemiyalar turiga kirib, u asosan, 14 yoshgacha bolalar, o‘smirlar va homiladorlar orasida keng tarqalgan. Anemiyalar asosan bolalarda temir tanqisligi kamqonliglari ko‘rinishida yuzaga keladi. Bolalar kasalliklari tuzilmasida u 6 o‘rinni egallaydi. Jadval-1 Surxondaryo viloyati 0-14 yoshgacha bolalar orasida temir tanqisligi kamqonliklarning tarqalganligi (2022 yil)
1-Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, temir tanqisligi kamqonligi bolalar orasida tarqalganligi Muzrabot, Denov tumanlarida yuqori ko‘rsatkichni tashkil qilgan bo‘lsa, (1000 ta bolaga nisbatan tegishli ravishda 94,2 va 186,9) baʼzi tumanlarda ko‘rsatkich juda ham past. Bu kamqonlik tarqalganligi bo‘yicha haqiqiy holatni aks ettirmaydi. Muzrabot va Denov tumanlarida bolalar o‘rtasida temir tanqisligi kamqonligi tarqalganligi o‘rtacha 101,1 (1000 ta bolaga nisbatan) ni tashkil etgan. Bolalarning birlamchi tibbiyot muassasalariga kasalliklar tufayli qilgan murojatlari tufayli o‘tkazilgan umumiy qon tahlili natijalari shuni ko‘rsatdiki, 91% hollarda temir tanqisligi kamqonligining u yoki bu shakli uchragan. Temir tanqisligi kamqonligining tarqalganligi haqiqiy xolatini bilish uchun biz Muzrabot va Denov tumanlaridan 100 ta kasalliklar tufayli qishloq vrachlik punktlariga murojaat qilgan bolalarni retrospektiv, yaʼni ularning 112-shakl Bolaning rivojlanish kartasi tahlil qilish orqali o‘rgandik. 44 ta o‘g‘il bola (44%), 56 ta qiz bolalar (56%) (1-rasm). Download 40.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling