Temir tanqisligi kamqonligining bolalar orasida jins bo‘yicha tarqalganlig qo‘rsatkichi
Jadval-3 Bolalarda qondagi gemoglabin miqdori darajasiga
Download 40.03 Kb.
|
kamqonlik to\'liq uz-assistant.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoshlar Jami tekshirilganlar Qonda gemoglabin ko‘rsatkichi , g\l
- Rasm-2. Anemiyaning og‘irlik darajalariga qarab taqsimlanishi
- Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Jadval-3
Bolalarda qondagi gemoglabin miqdori darajasiga qarab taqsimlanishi
Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, agar bolalarda gemoglabin miqdori 110 - 120 g\l da normal holat deyilsa, unda natijalar shuni ko‘rsatdiki 82- 89 % hollarda temir tanqisligi holati deyish mumkin. Bolalar kasallanishlari asosan birlamchi kasallanishlar hisobiga yuz berganligini inobatga olib, biz umumiy kasallanishlarni tahlil qildik. 2021-2022 yillarda 0-14 yoshli bolalar orasida kasalliklar kamayganligi qayd etilgan, (33,8%). Bolalar kasallanishlari darajasining kamayganligi ham o‘tkir, ham surunkali kasalliklar kamayishi hisobtiga yuz berdi. Bolalarning kasallanishlari kamayganligi asosan quyidagi sinf kasallliklar hisobiga yuz bergan: qon aylanish tizimi kasalliklari (63%ga), teri va teri osti klechatki kasalliklari (52%ga), nafas olish aʼzolari kasalliklari (44,3%ga), asab tizimi kasalliklari (42,7%ga), quloq va so‘rg‘ichsimon o‘simta kasalliklari (40,7%ga), yuqumli kasallliklar (31,5%ga), endokrin tizim kasallliklar (30,3%ga), tug‘ma anomaliyalar (18,1%ga). Yuqoridagi sinf kasalliklar nozologiyalari orasida miopiya (na 22,1%), virusli gepatit V (na 88,1%), bronxial astma (20,4%ga) kabi kasalliklarning kamayganligini ko‘rish mumkin. Bolalarda anemiyaning og‘irlik darajasiga qarab quyidagicha taqsimlangan: 4,7% da og‘ir turdagi anemiyalar, 73,8%da ikkinchi darajali anemiyalar, 21,5 %da yengil turdagi anemiyalar qayd qilingan (2-rasm.) Rasm-2. Anemiyaning og‘irlik darajalariga qarab taqsimlanishi Bolalar umumiy kasallanishlari strukturasida (nafas olish tizimi kasalliklaridan tashqari) teri va teri osti klechatka kasalliklari, suyak bo‘g‘im tizimi kasalliklari, siydik ajratish tizimi kasalliklari yetakchilik qildi. Bir yoshgacha bolalar strukturasida ovqat hazm qilish aʼzolari kasalliklari, tug‘ma anomaliyalar, yuqumli kasalliklar ustunlik qiladi. 0-14 yoshli bolalar orasida anemiya, gastrit, endokrin tizimi kasalliklarining ko‘payib borishi kuzatilmoqda. Bu asosan bolalarning ovqatlanish sifatining pastligidan dalolat beradi. Xulosa. Shunday qilib, Surxondaryo viloyatida boalar orasida temir tanqisligi kamqonligi asosan ikkinchi darajada va yengil darajalarda kechib, oxirgi yillarda viloyat bo‘yicha anemiyalarning kamayish tendensiyasi kuzatilmoqda. Bir yoshgacha bolalar kasallanish ko‘rsatkichlari kamayganligi qayd etilib, birlamchi va umumiy kasallanishlari oxirgi yillarda kasallanishlarni ortganligini ko‘rish mumkin. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Tarasova S.I. Jyelezodefitsitnaya anemiya u detey i podrostkov // nauchnaya statya. Moskva-2015 g. Vыxristyuk YU.V., Ilenko L.I., Shalina R.I., Sichinava L.G. Jelezodefitsitnaya anemiya u beremennыx: prinsipы lecheniya i profilaktiki. Tekst nauchnoy stati po spetsialnosti «Klinicheskaya meditsina”. Rekomendatsii po vedennyu bolnыx. Moskva-2017g. S. 24-32. Saydaliyeva M.H. Bolalarda temir tankisligi kamqonligining Toshkent viloyati buyicha tarqalganligi // magis.dis.Toshkent-2015 y. 18-23 b. Jalilov J.J., Ibragimov A.O‘. Aholisi salomatligiga Tojikiston alyuminiy zavodi zaharli gazlarining taʼsiri (Curxondaryo viloyatining shimoliy tumanlari misolida) // Toshkent tibbiyot akademiyasi axborotnomasi. Toshkent-2021 yil. 32-35 b. Jalilov J. J. Improving the prevention, care and social assistance of children with disabilities // Monograph. Tashkent-2020. Jalilov J.J. The role of medical workers and scringing centers in preventing the birth of children with disabilities in the Surkhandarya region; International scientific journal; New day in medicine - 2019 y.-28-32 p. Jalilov J. J. Causes and indicators of child disability in Surkhandarya region in 2017-2020 // Polish Science Journal"., Poland, 2020. P. 116-119. Download 40.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling