Тemir yo’l muhandisligi


Berilgan lokomotivdan tushadigan vaqtinchalik va yo'lning yuqori qurilmasi og'irligidan yer polotnosiga tushadigan doimiy yuklamani aniqlash


Download 1.02 Mb.
bet3/14
Sana28.12.2022
Hajmi1.02 Mb.
#1011838
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Temir yo\'l izi (kurs ishi) (2)

1.1.2 Berilgan lokomotivdan tushadigan vaqtinchalik va yo'lning yuqori qurilmasi og'irligidan yer polotnosiga tushadigan doimiy yuklamani aniqlash.
Zamonaviy sharoitlarda qo'llanadigan hisobiy modellarda o'tadigan poyezdlardan va yo'lning yuqori qurilmasi og'irligidan tushadigan tashqi yuklamalar (ularning har ikkalasi statik ta’sir hisoblanadi) ko'rib chiqiladi.
Tashqi yuklama sifatida asosiy maydoncha chekkalari orqali o'tadigan asosiy maydonchaning chekkasi orqali o'tgan gorizontal (hisobiy) sathga ta’sir qiladigan normal zo'riqishlar vertikal tarkibiy qismlarining epyuralari olinadi (to'kish prizmasi modelni soddalashtirish maqsadida hisobga olinmaydi). Poyezd yuklamalari shpalalar va ballast qatlami orqali hisobiy yuzaga to'g'ri burchak shakldagi zo'riqish (kuchlanish) lar epyurasi sifatida tushadi (2-rasm).
2-rasm. Tashqi yuklamalarning hisobiy yuzaga tushish sxemasi.
Yer polotnosi va yo'lning yuqori qurilmasi poyezd bilan yuklangan uzun (bo'yicha cho'zilgan) inshoot bo'lganligi sababli, bu holda tashqi yuklamalar polosali yuklama deb ко'rib chiqiladi.
Poyezd yuklamalarining intensivligi (epyura Pп balandligi) bir necha usul yordamida aniqlanishi mumkin [2].
Kurs ishida taqsimlangan yuza yuklamalari qiymati harakatchan yuklamalardan [2] da taqdim etilgan uslub yordamida quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi:
рп= , kPa
bu yerda: bsh - shpala uzunligi, m;
qhi - pogonli yuklama (taqsimlangan chiziqli yuklama) bo'lib, u quyidagicha aniqlanadi:
qhi= , kN/m
bu yerda, ΣРi - l uchastka uzunligida joylashadigan o'q guruhlaridan yo'lga tushadigan umumiy statik yuklama kN;
ΔLhi - yo'l uchastkasining uzunligi, 1, o'qlar guruhidan ΣРi, yuklamalar ta’sir qiladigan 1 ga qo'shimcha ravishda.
Ko'tarmalar uchun h < 3 m (yoki bizning holda nisbatan balandroq ko'tarmaning yuqori qismi uchun) ΔL = 2,2 m; 9 m > h > 3 m; ΔLhi = 4,5 m bo'lgandagi ko'tarmalar uchun; h > 9 m; ΔLh = 6,0 m bo'lgandagi ko'tarmalar uchun.
O'qlar guruhiga orasidagi masofa ΔLhi dan ortiq bo'lmagan barcha o'qlar kiritiladi. Alohida telejka o'qlari, ikkita eng yaqin joylashgan telejka o'qlari kabilar o'qlar guruhi bo'lib kelishi mumkin.
Poyezddagi (yoki uning bir qismidagi) har qanday qo'shni o'qlar orasidagi masofa ΔLhi o'lchamidan katta bo'lmagan hollarda pogonli statik yuklamalar jadalligi (intensivligi) poyezd og'irligining uning uzunligiga (yoki vagon to'liq vaznining uning tirkamalar o'qlari bo'yicha uzunligiga) nisbati sifatida aniqlanadi.
Zo'riqishlar va pogonli yuklamalar ularning dinamik xarakteri va poyezdlar ta’sirini hisobga olgan holda aniqlanadi. Poyezddan ta’sirlarni hisoblab topishda kd koeffitsiyenti kiritilib, u taxminan kd = 1,5-1,7 ga teng.
Mazkur lokomotiv uchun O’ZEL-0202. O'q poyezd yuklamalari sxemasi ma’lumotlariga muvofiq qabul qilingan va 3-rasmda taqdim etilgan.

3-rasm. Lokomotiv uchun berilgan o'q yuklamalari sxemasi
(lokomotiv O’ZEL-0202)

Pogonli yuklama (taqsimlangan chiziqli yuklama) quyidagiga teng bo'ladi:


- h < 3 da qh<3 = kN/m;
- 9 m > h> 3 da q3 kN /m;
- h > 9 m da qh>9 = kn/m.
Bundan kelib chiqib, harakatlanuvchi yuklamalardan tushadigan taqsimlangan yuza usti yuklamasi quyidagiga teng:
h< 3 va kN/m
kPa
3 м ≤ h ≤ 9 м va kN/m
kPa
h> 9 м va qh> 9 = kN/m
kPa
Yo'lning yuqori qurilmasi og'irligidan tushadigan tashqi yuklama yo'lning yuqori qurilmasi elementlarining o'z og'irligidan tushadigan, hisobiy yuzaga ta’sir qiladigan normal zo'riqishlarning vertikal tarkibiy qismlari epyurasi bilan ifodalanadi. Bu og'irlikning asosiy qismini ballast qatlami hosil qilganligi sababli, epyura ballast qatlamining trapetsiyasimon shakliga ega; masalani kengaytirish uchun u maydoniga ko'ra ekvivalent bo'lgan to'g'ri burchak shaklida olinishi ham mumkin. Yo'lning yuqori qurilmasining berilgan tipi uchun doimiy yuklamalar intensivligi PBC = 16 kPa; epyura balandligi hBC=0,83 m va uning eni bm =2,7 m uchastkada 1-ilova bo'yicha olingan shpalalar turi, yo'llar soniga bog'liq ravishda qabul qilingan.

Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling