Тemir yo’l muhandisligi
O'yiqning ko'ndalang profilini loyihalash
Download 1.02 Mb.
|
Temir yo\'l izi (kurs ishi) (2)
2.1. O'yiqning ko'ndalang profilini loyihalash
O'yiqning ko'ndalang profili asosida va kurs loyihasining boshlang'ich ma’lumotlariga muvofiq loyihalashtirilib, 3-ilovada taqdim etilgan. 2.2. Tepa (tog') usti zovurini loyihalash va hisoblash Yer polotnosi oldida yer yuzasi suvlarini tutib qolish va ketkazish maqsadida turli inshootlar va qurilmalar qo'llaniladi. Zovurlar - kelib tushadigan yer yuzasi suvlarini muvofiqlashtirish uchun eng keng tarqalgan qurilmalar hisoblanadi. Ularning shakli, odatda, trapetsiyasimon bo'lib, o'lchamlarini aksariyat hollarda gidravlik hisoblar asosida, ammo [6-tabl. 32-jadv.] da keltirilgan me’yorlaridan kam bo'lmagan holda aniqlaydilar. Zovurlarning yo'l qo'yiladigan minimal o'lchamlari hisob-kitoblar natijalaridan qat’iy nazar quyidagicha deb qabul qilinadi (ularni tutib turish qulayligi va loyqalanishining oldini olishni hisobga olgan holda): eng kichik chuqurligi 0,6 m; tubi bo'yicha eng kichik eni (mustahkamlanganidan so'ng) 0,6 m (9-rasm). 9-rasm. Zovurning ko'ndalang kesimi Oddiy gruntlarda zovur kesiklari qiyaligi 1:1,5 deb qabul qilinadi. Zovurdagi suv harakati tezliklari mazkur gruntlar uchun yo'l qo'yilganidan ortiq bo'lgan hollarda zovur kesiklari va uning tubi turli qoplamalar bilan mustahkamlanadi. Zovurlarni loyihalashtirishda ikkita asosiy vazifa hal qilinadi: trassani, bundan kelib chiqib, zovur bo'ylama profilini loyihalashtirish, ya’ni bo'ylama profilning ehtimoliy va ratsional profilini topish. Zovurga loyqa to'lib qolmasligi uchun uni 3%0 minimal bo'ylama yotiqlik bilan loyihalashtirish tavsiya etiladi. Favqulodda hollarda zovurni 2%0 minimal bo'ylama yotiqlik bilan loyihalashtirishga ruxsat etiladi. Maksimal bo'ylama qiyalikni tanlash bo'yicha cheklovlar mavjud emas. Bu yerda suvning mazkur grunt yoki qabul qilingan suv tubi va kesiklarini mahkamlash uchun maksimal yo'l qo'yiladigan yuvib ketmaydigan harakatlanish tezliklari mezon bo'lib xizmat qiladi. Zovurning bo'ylama tubini loyihalashtirishda uning butun uzunligi bo'yicha suv oqimi tezligining uzluksiz oshib borishiga erishish lozim. Bu zovur ayrim uchastkalarining loyqalanish imkoniyatining oldini oladi. zovur ko'ndalang kesimi va zovur tubini mahkamlashning zarur o’lchamlari va kesik tipini tanlash (mahkamlash talab etilganida). Bu masalalar kompleks ravishda hal qilinib, hisob-kitob metodikasi har bir alohida holda grunt turi, joyning tabiiy yotiqligi, suvning berilgan sarfi, iqtisodiy maqsadga muvofiqlikka bog'liq bo'ladi. Tog' usti zovurlarini tog' yonbag'ridan va yaqin oradagi suv yig'ish havzasidan kelib tushadigan suvni tutib qolish maqsadida hamda uni eng yaqin suv o'tkazish inshootiga yer polotnosidan chekkaga ketkazish uchun o'yiqlarning tog' tarafida joylashtirish zarur. Tog' usti zovurlari gidravlik hisobining uch usuli tavsiya etiladi. Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling