Тemir yo’l muhandisligi
Polosali yuklamada zo'riqishlar hisobini tashkil qiladigan sxemalari
Download 1.02 Mb.
|
Temir yo\'l izi (kurs ishi) (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1.4. Poyezddan tushadigan muvaqqat yuklamalar hamda doimiy yo’l yuqori qurilmasi ta’siri hamda ko’tarma gruntining o’zidan tushadigan yer polotnosi “tanasi”dagi zo’riqishlarni aniqlash
- Kotarma tanasini zichlashga hisoblash
1.1.3. Polosali yuklamada zo'riqishlar hisobini tashkil qiladigan sxemalari
Mazkur kurs loyihasining 1.1.2-bandi ma’lumotlari asosida ko'tarma tanasidagi grunt zo'riqishlari va zichligini aniqlash uchun hisobiy sxema tuzilgan va 4-rasmda keltirilgan. 4-rasm. Ko’tarma gruntining zo’riqishlari va zichligini aniqlash uchun hisobiy sxema Zo’riqishlar hisobi ular eng kata bo’lgan yer polotnosi o’qi bo’yicha amalga oshirilgan. 1.1.4. Poyezddan tushadigan muvaqqat yuklamalar hamda doimiy yo’l yuqori qurilmasi ta’siri hamda ko’tarma gruntining o’zidan tushadigan yer polotnosi “tanasi”dagi zo’riqishlarni aniqlash Zo'riqishlar hisobi ko'tarma gruntlari, ko'tarma va asoslar cho'kishlari, o'yiqlar asosiy maydonchasi va ko'tarma asoslarining gruntlari turg'unligini (shishib chiqishga qarshilik ko'rsatishi) aniqlash uchun amalga oshiriladi. Alohida hollarda hisob-kitoblar kesiklar va yonbag’irlarning turg'unligini baholash uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin. Shuningdek zo'riqishlarni yer polotnosining ba'zi himoya va mustahkamlash inshootlarini loyihalashtirishda ham bilish talab etiladi. Ko'tarmalar yer polotnosi, shuningdek o'yiqlar asosiy maydonchasi ostidagi gruntlarning yuqori qatlamlari bugungi kunda gruntlarning yuklama ostida amaliy qayishqoq ishlashini ta'minlaydigan darajaga qadar zichlashtiriladilar. Shuning uchun yer polotnosi va uning asosidagj zo’riqishni hisob-kitob qilish uchun qayishqoqlik nazariyasiga oid ba’zi masalalar yechimlaridan foydalanish mumkin. Yer polotnosi yoki uning asosiga har qanday tashqi ta’sirlarni to'g'ri burchak va uchburchak shakldagi alohida polosali yuklamalar yig'indisi ko'rinishida tasavvur etish va shundan keyin har bir elementar yuklamadan tushadigan yuklamalami jamlash, birlashtirish mumkin. Bizning holda ikkita yuklamadan: lokomotivdan tushadigan vaqtinchalik va yo'lning yuqori qurilmasi og'irligidan tushadigan doimiy yuklama. Qayishqoqlik nazariyasidan ma’lumki, bir tekis polosali yuklamalar uchun (5-rasm) «М» nuqtadagi kuchlanishlar (zo'riqishlar) quyidagi formulaga binoan aniqlanadi: σi= - [β1 + sin2 β1- β2 - sin2 β2], kPa 5-rasm. Tashqi to’g’ri burchakli yuklamalarning yarim bo’shliqqa ko’rsatadigan ta’sir sxemasi «Minus» belgisi zo'riqishlar siqiluvchan ekanligini ko'rsatadi. β1 va β2 burchaklar ular yuklamani cheklab turgan vertikallardan boshlab soat strelkasi bo'ylab hisoblanganida musbat hisoblanadi. Amaliy hisob-kitoblarda, odatda, yuqorida keltirilgan tenglamadan emas, balki ushbu tenglama asosida Pi=1 uchun tuzilgan Ji qiymatlari jadvallaridan foydalanadilar (1-ilova; 1.2-jadv.). Bu holda izlanayotgan: σi = - J2·Pi ; Jz = f ( yi / bi , Ji / bi) bu yerda: Yi - to'g'ri burchak polosali yuklamalar og'irlik markazidan kuchlanish (zo'riqish) aniqlanadigan nuqtagacha bo'lgan gorizontal bo'yicha masofa. Yer polotnosi gruntining o'z og'irligidan kuchlanish (zo'riqish) lar σγ yarim bo'shliqda [4;5] formula bo'yicha aniqlanadi: σγ = -γhi , kPa bu yerda: γ - gruntning solishtirma og'irligi, kN/m3; hi - grunt qatlami qalinligi, m. Bizning holda, qatlamma-qatlam (ko'p qatlamli massivda) aniqlashda: σγί= - Σγihi Shu tarzda, ko'tarmaning istalgan nuqtasidagi siqadigan kuchlanish (zo'riqish) lar. Quyidagi formula bo'yicha aniqlanadi: σοί= σni + σbci+ σγί bu yerda: σbc–yo'lning yuqori qurilmasi og'irligidan tushadigan kuchlanish (zo'riqish), kPa; σni - lokomotiv yuklamalaridan zo'riqishlar, kPa; σγί – ko'tarma gruntining o'z og'irligidan tushadigan kuchlanish (zo'riqish), kPa. σni va σbc zo'riqishlar hisobi 1-jadvalda belgilab berilgan. σγί zo'riqishlar hisobi ko'tarma grunti zichligini hisob-kitob qilish jarayonida bajariladi. 1-jadval Yer polotnosi grunlaridagi σbc va σп zo’riqishlarni hisoblash
1.1.5. Ko'tarma tanasini zichlashga hisoblash Ko'tarmalarni individual loyiha bo'yicha tiklashda ular gruntlarining zichligi belgilangan me’yorlarga muvofiq qabul qilinadi. Biroq, ba’zi hollarda individual loyihalashtirish, ayniqsa baland ko'tarmalar loyihasi yoki ortiqcha namlangan vа shu kabi o'ziga xos jihatli gruntli loyihalami ishlab chiqishda gruntlar zichligi hisob-kitob bo'yicha ko'tarmada amal qilayotgan siqiladigan zo'riqishlar funksiyasi sifatida ham qabul qilinishi mumkin. Quruq gruntning minimal zichligi talab qilinib, pd, t/m3, u zichlanayotgan ko'tarmaning istalgan qatlamida quyidagicha aniqlanishi mumkin: ρd = ρd= ρ = ρd(1+W) = (1+W) bu yerda: ρs - grunt zarrachalari zichligi, t/m3 ; ρ - gruntning tuzilish zichligi, t/m3 ; W - gruntning birlik ulushlaridagi vazn (og'irlik) namligi; eoi - gruntning mazkur nuqtadagi g'ovakliligi hisobiy koeffitsiyenti. Quyidagi nisbatlar mavjud: ρd = bu yerda: g - erkin tushishning tezlashishi, m/s2; γ – gruntning solishtirma og'irligi, kN/m3; γd-quruq gruntning solishtirma og'irligi, kN/m3 γs– gruntning solishtirma og'irligi, kN/m3; Ko'tarma gruntining qavatma-qavat zichligini hisoblab aniqlashda dastlab ko'tarma gruntining o'z og'irligidan tushadigan, grunt solishtirma og'irligiga bog'liq bo'lgan zo'riqishlar aniqlab topiladi: γi = , eoi va γi hisobiy qiymatlari zichlashtirish va zichlikni nazorat qilishni soddaligi va qulayligi uchun zichlashtirilayotgan ko'tarma qatlamini butun eni bo'yicha bir xil deb olinadi. eoi hisobiy qiymatlari gruntning kompression egri chizig'iga ko'ra taxminan topiladi (6-rasm): еoi= eаhi - kе (∆ еаi- ∆ еoi) bu yerda: eаhi - ko'tarmaning mazkur nuqtasidagi doimiy bosimdan tushadigan yuklama shoxobchasi va grunt σаi va gruntning g'ovaklilik koeffitsiyenti. Bunda σаi= σвсi+ σγi , кPа Δеа-σ=σаi bo'lganida yuklama olinishidagi yuklamalar ordinatalari orasidagi farq; ke - vaqtinchalik yuklamalarning ko'p martaligi, davomiyligi va qo'yilish usulini hisobga olgan koeffitsiyent, ke=1,1-1,6. Loyihada qabul qilinishicha ke =1.5 eoi va γi ni aniqlashda ularning ko'tarma gruntlari vaqtinchalik poyezd yuklamalari ta'siri ostida deyarli qayishqoq bosqichda (muayyan yaqinlashtirish bilan) ishlaydigan qiymatlari topiladi. Talab etilgan zichlikning hisob-kitobini yer polotnosining o'qi bo'ylab amal qiladigan, ya'ni avvalroq zo'riqishlar aniqlangan joylardagi zo'riqishlar bo'yicha amalga oshiramiz. Hisob-kitob 2-jadvalda bajarilgan. 2-jadval Yer polotnosi grunlaridagi talab etilgan solishtirma og’irligini hisoblash
6-rasm. Ko’tarma va asos gruntlarining kompression egri chiziqlari Ko'tarma turg'unligi bo'yicha hisob-kitoblarni bajarish uchun ko'tarma tanasi gruntining g'ovakliligi solishtirma og'irligining o'rtacha qiymatini bilish zarur. bu yerda: Hk - ko'tarma balandligi, m; vazifaga ko'ra Hk = 17.6 m; еоо, ео1, еоп-1- ko'tarma gruntining har bir hisobiy qatlami yuqori sathining grunt g'ovakliligi; (2-jadvalga qar.). Zo'riqishlar yuklamalarining, ko'tarma grunti solishtirma og'irligi va g'ovakliligini ko'rgazmali tahlil qilish uchun 1 va 2-jadval ma’lumotlari asosida ushbu tavsif epyuralari qurilgan (7-rasm). 7-rasm. Yer polotnosi o’qi bo’yicha σ, γ, e epyuralari Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling