Temir yo’l transporti ishining asosiy turlari va tavsiflari. Markazlashtirish turlari va qisqacha tasniflanishi Markazlashtirishning tuzilmaviy sxemasi


QP- yuk poyezdlarini qabul qilish parki SP


Download 135.15 Kb.
bet4/4
Sana13.04.2023
Hajmi135.15 Kb.
#1352792
1   2   3   4
Bog'liq
1-Maruza

QP- yuk poyezdlarini qabul qilish parki
SP- saralash parki
JP- yuk poyezdlarini jo’natish parki
QJP- yo’lovchi va tranz it poyezdlarini qabul qilish jo’natish parki
LX- lokomativ xo’jaligi.
CHetlanish yo’li (s’yezd) strelkalari me’yoriy holatda yondosh parallel yo’llar bo’ylab bir maromdagi harakatini tashkil etishga imkon berishi kerak. Strelka ko’chadagi strelkalar, strelka ko’cha bo’ylamasiga joylashtiriladi. Qo’riqlash (oxranniy) strelka uchun to’siqlik holati me’yoriy hisoblanadi va bunda harakatlanayotgan birikmaning stansiyadagi bir uchastkadan o’zga uchastkaga tasodifiy chiqishiga yo’l qo’yilmaydi.
Peregon - temir yo’l liniyasining bir qismi bo’lib, qo’shni stansiyalar bilan chegaralangan. Agar temir yo’l liniyasi bitta izdan iborat bo’lsa, unda peregon bir yo’lli, ikkita yo’lli bo’lsa, ikki yo’lli peregon, qolgan barcha hollarda esa ko’p yo’lli peregon deb ataladi.
Avtomatika va telemexanika (AT) qurilmalari ko’p jihatdan poyezdlar harakatini stansiyalar va peregonlarda rostlash, shuningdek manevr va saralash ishlarini ishlab-chiqarish operatsiyalarini avtomatlashtiradi. Masalan, markazlashtirilgan strelka va signallarni avtoblokirovka bilan birgalikda strelka o’tkazishni, signallarni ochish va yopishni bo’yicha operatsiyalar butunlay avtomatlashtiriladi.
Tepacha avtomatik markazlashtirgich saralash tepachada tekshirish va tepachadan tarkibni tarqatishda strelkalarni avtomatik o’tkazishini ta’minlaydi, vagonlar tezligini avtomatik boshqarish qurilmalaridan foydalanish esa, vagonlar sekinlashtirgichlarini avtomatik boshqarish va vagonlarni tepacha osti yo’lida sekinlik bilan aniq to’xtashni ta’minlaydi.
Strelka va signallarni boshqarish operatsiyalarni avtomatlashtirish poyezdlar harakati havfsizligini oshiradi, alohida operatsiyalar bajarilish davomiyligini qisqartiradi va ketgan vaqtning kamayishi ushbu operatsiyalar bilan band bo’lgan ishchilarning mehnat unumdorligini oshiradi.
SHu yo’sinda, AT qurilmalari temir yo’l ishini asosiy ekspluatatsion ko’rsatkichlariga katta ta’sir etadilar. Natijada, poyezdlar harakati bilan aloqador ishchilar mehnatini unumdorligi oshishiga erishiladi, peregon, stansiyalar, temir yo’l uchastkalari o’tkazish qobiliyati oshadi, harakatdagi tarkib aylanishi, shu qatori g’oyat muhim bo’lgan vagon va lokomotivlar soni kamayadi.
Temir yo’l transportida tashish ishlarini kichik iqtisodiy harajatlari bilan respublika ehtiyojini qondirish uchun, yetarlicha muammolarni hal etish kerak va shunda avvalo temir yo’l transportida bajariladigan asosiy ish turlarini ko’rib chiqish lozim.
Xarakatni boshqarishda strelka va signallarni, rels zanjirlarini va to’gridan-to’gri, xamda bevosita xarakatni tashkil etishga ta’sir egadigan boshqa ob’yektlarini boshqarish va nazorat qilish funksiyalarini bir joydan va bir qo’ldan amalga oshirish anchagina ta’sirli bo’ladi. Ularni bir joydan boshqarilishini va nazorat qilishi markazlashtirish deb ataladigan maxsus qurilmalar yordamida amalga oshiriladi. Markazlashtirish tuzilmaviy sxemasini 4.1-rasmda ko’rsatilgandek bo’lishi mumkin.
Boshqa ob’yektlar deganda manyovr kolonkalari, minora va postlar, pereezdlar, akustik tarzda chaqirish qurilmalari va boshqalar tushuniladi. Markazlashtirish avtomatlari o’ziga xos xusuyatlari shundaki, ob’yektlarini boshqarishda ular birinchi navbatda xarakat xavfsizligi shartlarini avtomatik tarzda tekshirib chiqish uchun qo’llaniladi (4.1-rasm). Strelkalarini o’tkazish, svetoforlarini ochish va boshqa jarayonlarni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish ikkinchi darajali masala hisoblanadi.
Boshqarish apparatida xar bir ob’yekt uchun boshqarish organlari o’rnatiladi. Boshqarish apparatlari va markazlashtirish apparatlari orasidagi, hamda markazlashtirish va ob’yektlar orasidagi aloqa (bog’lanish) ko’p simli kabel liniyalaridan foydalangan xolda amalga oshiriladi. Shu sababli bunday markazlashtirishlar ko’p simli liniyani talab etadi va ishlatish radiusi chegaralangan. Bunday markazlashtirishlar “to’g’ridan-to’g’ri boshqarish markazlashtirishlari” (TSPU) nomini oldi. Amaliy jihatdan ushbu markazlashtirishning ishlash uzunligi 1,5 – 2 km.dan oshmaydi.
Dispetcherlik uchastkasini liniyali stantsiyasida joylashgan ob’yektlarini boshqarish va nazorat qilish poyezd dispetcheri (DNC) tomonidan amalga oshiriladi.
Poyezd dispetcherini (DNC) boshqarish va nazorat qilish apparati markazlashtirish avtomatlaridan katta masofaga uzoqlashgan. O’zbekiston temir yo’l shartlarida bu masofa 1000 km.dan oshishi mumkin. Unda poyezd dispetcheri (DNC) ni boshqarish va nazorat qilish apparati va markazlashtirish avtomati o’rtasidagi o’tkazgichlar sonini qisqartirish uchun maxsus signal o’zgartirgichlari (multipleksor va demultipleksor) o’rnatiladi. Ular boshqarish va nazorat qilish apparati va markazlashtirish avtomati o’rtasidagi ko’p simli liniyani bitta ikki simli liniyaga yoki bitta aloqa kanaliga almashtirish imkonini beradi. Bunday markazlashtirish kodli markazlashtirish nomini oldi. To’g’ridan-to’g’ri boshqarish markazlashtirishlari turli xil belgilari bo’yicha tasniflanadi. Ana shunday belgilardan bittasi markazlashtirish avtomatlarini va yuklamalarni (strelkalar, svetoforlar, semaforlar va boshqalar) ta’minot manbasi turi hisoblanadi.
Mexanik va qurama (elektromexanik, mexanoelektrik) markazlashtirish avvalgi davrlarida MDX davlatlarida qo’llanilgan. Xozirgi kunda O’zbekiston temir yo’lda mexanik markazlashtirish elektr markazlashtirishga almashtirilgan.

4.1-rasm. Markazlashtirishning tuzilmaviy sxemasi


Elektr markazlashtirishda (EM) avtomatlar va kuchlanishli yuklamalar (strelka elektr o’tkazgichlarni dvigatellari, svetoforlar lampalari, marshrut ko’rsatgichlari va boshqalar) elektr energiyasi manbasidan ta’minlanadi.
EM tasniflanishini belgisi markazlashtirish avtomatlarini elementlar bazasi hisoblanadi. Agar markazlashtirish avtomatini element bazasi relelardan iborat bo’lsa, u holda bu markazlashtirish releli markazlashtirish deb atadi. Agar markazlashtirish avtomatlarini tayyorlashda kontaktsiz mantiqiy elementlar qo’llanilgan bo’lsa, u holda bu markazlashtirish elektron markazlashtirish deyiladi.
Xar qanday markazlashtirish avtomatlari o’zaro bog’langan va aniq tartib asosida ishlaydi. Avtomatlarni ishlash tartibi ishlash algoritmi deb ataladi. Agar avtomatlarni matematik modeli tuzilsa, u holda model va uni ishlash algoritmi hisoblash mashinasi (komp’yuter) yordamida amalga oshirish mumkin bo’ladi. Personal komp’yuter qo’llaniladigan markazlashtirish komp’yuterli markazlashtirish nomini oldi. Elektron va komp’yuterli markazlashtirish avvalgi davrlarda keng tarqalmagan edi. Sababi mikroprotsessor to’plamlarini yaratishda qiyinchiliklar va bir qator to’siqlar mavjud edi. Mikroprotsessor to’plami – bu mikroprotsessor va boshqa integral mikrosxemalar majmuasi. Markazlashtirish avtomatlari mikroprotsessorlar to’plamlaridan iborat markazlashtirishlar mikroprotsessorli markazlashtirish (MPC) deb ataladi.
EM tasniflanishini boshqa turi bu boshqarish shakli yoki boshqarish apparatini EM avtomatlari bilan bog’laydigan alfavit hisoblanadi. Agar boshqarish apparatida boshqariladigan har bir ob’yekt uchun aloxida-aloxida boshqaruv organlarini o’rnatilgan bo’lsa, u holda bunday markazlashtirish aloxida-aloxida boshqarishli markazlashtirish deb ataladi.
Ushbu markazlashtirishni o’rtacha va katta stantsiyalarda qo’llash ko’p vaqtni sarflashga va buni oqibatida o’tkazish qobiliyatini pasayib ketishga olib keladi.
Vaqt isrofini kamaytirish uchun marshrutli boshqarishdan foydaniladi. Bu markazlashtirishda marshrutni “boshi” va “ohiri” knopkalarini bosish orqali marshrutga kiruvchi strelkalar avtomatik tarzda marshrutga mos ravishda kerakli xolatga o’tadi. Markazlashtirishning bu turi marshrutli boshqarishli markazlashtirish deb ataladi.
Harakatchi birikmani strelka bo’ylab harakatlanishidan oldin strelkali elektr o’tkazgich otkazilmasligi uchun va boshqa harakatchi birikmalar bilan to’qnashib ketmasligi uchun ishonchli tarzda ta’minot manbasidan uzilgan bo’lishi kerak. Boshqa harakatchi birikma uchun strelkani o’tishi va svetoforni ochilishini oldini olish uchun strelka va svetoforlarni boshqarish avtomatida elektr jihatdan qulflash amalga oshiriladi.
Poyezdni dumi marshrutga kiruvchi hamma strelkalarni bosib o’tkanidan, ya’ni marshrut trassasidan chiqib kiyganidan keyingina elektr jixatdan qulflash olib tashlanadigan tizim sektsiyasiz (marshrutli) ajratishli tizim deb ataladi. Agar poyezdning dumi biron-bir sektsiyani bosib o’tishi bilan sektsiyadagi elektr jixatdan qulflash olib tashlansa, u holda bunday tizim sektsiyali ajratishli tizim deb ataladi.
Tasniflanishni to’rtinchi belgisi bu markazlashtirish avtomatlari va uni kuchlanish yuklamalarini ta’minot manbalarining joylashgan o’rni hisoblanadi.
Mahalliy bog’liqlikli va mahalliy ta’minot manbasili releli markazlashtirish (RTCM). Bu markazlashtirishda hamma rele apparaturalari va ta’minot manbalari strelkalar va svetoforlar yaqinida joylashgan rele budkalari va batareya quduqlarida o’rnatiladi. Stantsiya bo’yicha navbatchini (DSP) honasida faqatgina boshqarish va nazorat qilish apparati (AUK) o’rnatiladi. RTCM tizimida alohida-alohida boshqarish va sektsiyasiz (marshrutli) ajratish qo’llaniladi. AUK va rele apparaturalari hamda gorlovinalar avtomatlari orasidagi aloqa kabel liniyalari orqali ta’minlanadi. RCMning kamchiligi qurilishga va xizmat ko’rsatishga ko’p mavlag’ sarf etilishidi. Shu sababli bu tizim hozirgi kunda ishlatilmaydi, ammo bu tizim avval kichik stantsiyalarda (5tagacha yo’lli, 15tagacha strelkali stantsiyalar) qo’llanilgan.
Markaziy bog’liqlikni va mahalliy ta’minot manbalariga ega bo’lgan releli markazlashtirish (RTCTCM). Bu tizimda rele apparaturalari va AUKning asosiy qismi stantsiya binosida joylashgan bo’ldi. Rele apparaturalarining bir qismi kirish va chiqish svetoforlari oldidagi rele shkaflarida joylashtiriladi. Ta’minot manbalari rele shkaflari oldidagi va DSP xonasi yonidagi batareya shkaflarida o’rnatiladi. RTCTCM tizimida alohida-alohida boshqarish va marshrutli ajratish ishlatiladi.
Markaziy bog’liqlikni va markaziy ta’minot manbalariga ega bo’lgan releli markazlashtirish (RTCTC). Ushbu tizimda xamma apparaturalar va ta’minot manbalari maxsus binoda – EM postda joylashtirilgan bo’ldi. Boshqarish avtomati apparaturalarining ahamiyatsiz qismi kirish svetoforlari yaqinidagi rele shkaflarida joylashtiriladi. Kirish svetofori lampalari elektr ta’minotini zaxiralash uchun rele shkafi yaqinida ichida akkumulyatorlar joylashgan batareya shkafi o’rnatiladi.
RTCTC tizimi 3ta variantda qo’llaniladi:
1-variant – alohida-alohida boshqarish va marshrutli ajratishli;
2-variant – alohida-alohida boshqarish va sektsiyali ajratishli;
3-variant – marshrutli boshqarish va sektsiyali ajratishli.
To’g’ridan to’g’ri boshqarishli markazlashtirish (TSPU) ning tasniflanishi 4.2-rasmda ko’rsatilgan:

Nazorat savollari:

  1. Marshrutni ajratish bo’yicha EM turlari?

  2. Markazlashtirishning tuzilmaviy sxemasi?

  3. To’g’ridan - to’g’ri boshqarishli markazlashtirishning tasniflari?



4.2-rasm. To’g’ridan - to’g’ri boshqarishli markazlashtirishning tasniflanishi



Download 135.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling