Temir yo’l transporti ishining asosiy turlari va tavsiflari. Markazlashtirish turlari va qisqacha tasniflanishi Markazlashtirishning tuzilmaviy sxemasi
Download 135.15 Kb.
|
1-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- To’g’ridan - to’g’ri boshqarishli markazlashtirishning tasniflanishi 1.1. Temir yo’l transportidagi asosiy me’yoriy hujjatlar
1-Maruza: Kirish. Temir yo‘l avtomatika va telemexanikasi tizimlari Reja: Temir yo’l transporti ishining asosiy turlari va tavsiflari. Markazlashtirish turlari va qisqacha tasniflanishi Markazlashtirishning tuzilmaviy sxemasi To’g’ridan - to’g’ri boshqarishli markazlashtirishning tasniflanishi 1.1. Temir yo’l transportidagi asosiy me’yoriy hujjatlar Temir yo’l transportining barcha turdagi faoliyatining huquqiy asosi bo’lib, O’zbekiston Respublikasining «Temir yo’l transporti haqidagi qonun» hisoblanadi. Bu qonun asosida turli me’yoriy hujjatlar ishlab chiqilgan bo’lib, ular temir yo’l transportidagi turli korxona, idora va tashkilotlarning faoliyatlarini aniqlab beradi. Asosiy hujjatlarga quyidagilar kiradi: 1. Temir yo’l nizomi – bu me’yoriy hujjat bo’lib, unda qonunchilikka mos ravishda temir yo’l transportini va undan foydalanuvchi yuridik hamda jismoniy shaxslarning huquqlari, vazifalari va javobgarliklari belgilangan. 2. Texnikaviy foydalanish qoidalari (TFQ)-O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridan texnik foydalanish qoidalarini belgilaydi. Bu qoidalarda temir yo’l va temir yo’l transporti xodimlari ishlashining asosiy qoidalari va tartibi, muhim inshootlar va qurilmalar, hamda harakatdagi birikmaning asosiy o’lchamlari, foydalanish me’yorlari va ularga bo’lgan talablar, poyezdlar harakatini tashkil etish va signalizatsiya prinsiplari belgilangan. Texnikaviy foydalanish qoidalari temir yo’l transportining barcha bo’g’inlarining batartibligi, temir yo’lni aniq va uzluksiz ishlashi hamda poyezdlar harakati xavfsizligini ta’minlashda, nafaqat temir yo’l transportini barcha bo’limlari va xodimlariga, balki temir yo’llarning inshootlari, qurilmalari va harakatdagi tarkibni loyihalash, qurish, texnik foydalanish bilan bog’liq tegishli bo’lgan barcha yo’riqnoma va me’yorlarni ishlab chiqishda, TFQ talablari so’zsiz bajarilishi lozim. 3. O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridagi signalizatsiya bo’yicha yo’riqnoma poyezdlar harakati va manevr ishlariga tegishli bo’lgan barcha buyruq va yo’llanmalarni ko’rinadigan hamda tovush signallar yordamida uzatilish tizimini belgilaydi. Signalizatsiya bo’yicha yo’riqnoma signallarining talablarini aniq va so’zsiz bajarilishi poyezdlar harakat xavfsizligini va uzluksizligini ta’minlaydi, hamda temir yo’l transportining barcha bo’linmalari va xodimlari uchun majburiydir. 4. O’zbekiston Respublikasi temir yo’llaridagi poyezdlar va manevr ishlari bo’yicha yo’riqnoma, xodimlar harakatni boshqarish va rostlashida texnologik amallarni bajarishdagi harakatlarini tartibi va ketma-ketligini aniqlab beradi. Yo’riqnoma talablarini bajarishlik harakat xavfsizligini ta’minlaydi va harakatni ta’minlaydigan barcha shaxslar uchun majburiydir. 5. Signalizatsiya, markazlashtirish va blokirovka (SMB) qurilmalariga texnik hizmat ko’rsatish bo’yicha yo’riqnoma texnik xizmat ko’rsatish bilan mashg’ul bo’lgan mutaxassislarning xuquq va burchlarini belgilaydi. SHuningdek: bajariladigan ishlarning ro’yxati va davriyligini; ijrochilarning kasbi hamda qurilmalar javob berishi kerak bo’lgan asosiy texnik me’yorlarni; ishlarni rejalashtirish va hisobga olishlikni u o’z ichiga oladi. Ko’rsatmalarning talablari, nafaqat signalizatsiya va aloqa distansiya xodimlari uchun, balki yo’l, elektrlashtirish va energetika xo’jaligi, harakat va fuqarolik inshootlari distansiyalar xodimlari uchun ham bajarishligi majburiydir. SMB qurilmalari. Xizmat ko’rsatish texnologik jarayoni. Bu me’yoriy xujjat texnologik qartalarga ega bo’lib, ular: qurilmalarga texnik xizmat ko’rsatishda asosiy ishlarning bajarish tartibini; foydalaniladigan o’lchash asboblari, asbob va materiallar ro’yxati; ish turlarining davriyligi; ijrochilar malakasi; bajariladigan ishlarni yozma ravishda qayd qilishlik ko’rsatmasini o’z ichiga oladi. Distansiyalarda, keltirilgan umumiy me’yoriy xujjatlar bilan birga, aniq omillarni hisobga oluvchi materiallar ham bo’lishi mumkin. Download 135.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling