Temir yo’l transporti ishining asosiy turlari va tavsiflari. Markazlashtirish turlari va qisqacha tasniflanishi Markazlashtirishning tuzilmaviy sxemasi


Download 135.15 Kb.
bet3/4
Sana13.04.2023
Hajmi135.15 Kb.
#1352792
1   2   3   4
Bog'liq
1-Maruza

YUk stansiyalari - yuk operatsiyalari: qabul qilish, tortib olish, tushirish, ortish, saralash, saqlash, poyezdlarni tuzish va hokazolar uchun xizmat qiladilar;
Yo’lovchi stansiyalari - yo’lovchilar xizmatiga bog’liq bo’lgan operatsiyalarni bajaradilar.
Stansiyalar bo’ylama, yarim bo’ylama va ko’ndalang bo’ladilar. Bir yo’nalishli poyezdlar uchun qabul qilingan stansiya yo’llari ixtisoslashtirilgan, aks holda befarq deb ataladi. Bir yo’llik uchastkalarda bosh yo’l befarq, ikki yo’llik uchastkada esa, bosh yo’llari ixtisoslashtirilgan. Yo’lovchi platformali yo’llar ham befarq xisoblanadi. Bosh yo’llar rim raqamlari bilan, yondagi yo’llar esa arab raqamlari bilan belgilanadi. Juft (toq) bo’g’izlar strelkalari shu kabi raqamlar bilan, peregon tomonidan boshlab stansiya o’qi tomoniga qarab oshib borayotgan raqamlar bilan belgilanadi. Strelkaning musbat holati (boshqa talablar bo’lmaganda) to’g’ri yo’l uchastkasi bo’ylab harakat yo’nalishga mos kelishi kerak.
Stansiya yo’llari – bu stansiya chegarasidagi yo’llardir. Xar bir stansiya yo’li to’liq aniqlangan operatsiyalarni bajarish uchun mo’ljallangan. Stansiya yo’llari quydagicha bo’ladi: qabul qilish - jo’natish yo’llari, qabul qilish yo’llari, jo’natish yo’llari, saralash yo’llari, yuk ortish – yuk tushirish yo’llari, tortib olish yo’llari, depo yo’llari, lokomativ va vagon xo’jaligi yo’llari, konteyner punktlari, korxona kirib chiqish yo’llari, yoqilg’i omborlariga kirib-chiqish yo’llari, shoxyo’llar(turli tur ishlab chiqarish korxonalariga olib boradigan yo’llar) vagonlarni yuvish, tozalash va dizenfeksiya qilish punktlariga olib boradigan yo’llar va harakatchi birikmani ta’mirlash yo’llari. Bitta va bir tur operatsiyani bajarish uchun mo’ljallangan yo’llar, guruhlarga birlashadi va “yo’llar parki” (parki putey) deb ataladi.
Yo’llar parki turli tur ko’rinishda joylashishi mumkin va albatta ular o’zaro “bog’lovchi yo’llar” (soyedinitel’niye puti) deb ataluvchi yo’llar bilan bog’lanadi.
Yo’llar parklari, tupiklar, tortib olish va bog’lovchi yo’llar stansiyaning yoyilmasi hisoblanadi.
Katta stansiya yo’llar parklari bog’lanishlarining namunasi 1.1 - rasmda ko’rsatilgan.

1.1-rasm. Katta stansiya yo’llar parklarining joylashishi

Download 135.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling