1.2. Temir yo’l transportidagi ishlarning texnologiyasi asoslari
Ajratish punktlari – bu stansiyalar, raz’yezdlar (bir izli temir yo’lning poyezdlar to’xtab, uchrashib o’tadigan qo’sh izli joyi), quvib o’tish punktlari va o’tish svetoforlari. O’zbekiston Respublikasi temir yo’llarinig Texnikaviy foydalanish qoidalariga mos ravishda qabul qilish, jo’natish yo’llariga, temir yo’llarining kesishmasiga va poyezdlarni quvib o’tish yo’llariga, yuklarni qabul qilish va jo’natish, hamda yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish imkoniyatiga ega stansiyalar ajratish (razdel’niy ) punktlari deb ataladi.
Ajratish punktlari temir yo’l liniyalarini peregonlarga bo’ladilar. Stansiyalar qabul qilish va jo’natish, poyezdlarni aylanib quvib o’tish va kesishuvini ta’minlash, yuk operatsiyalari bajarish va yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish, poyezdlarni tuzish, lokomotivlarni almashtirish va hokazo ishlarni tashkil etish uchun mo’ljallangan.
Agar stansiya chegaralangan hajmdagi operatsiyalarni bajarish uchun mo’ljallangan bo’lsa u holda stansiya “poyezd to’xtaydigan yarim stansiya” (raz’yezd) yoki “quvib o’tish punkti” (obgonniy punkt) deb ataladi.
Poyezd to’xtaydigan yarim stansiya deb, qabul qilish jo’natish, quvib o’tish va kesishish operatsiyalarini bajaradigan stansiyalarga aytiladi.
Quvib o’tish punkti deb, qabul qilish jo’natish va quvib o’tish operatsiyalarini bajarishga mo’ljallangan stansi
Stansiyalar quyidagicha bo’lishi mumkin:
Oraliq stansiyalar - o’tkazib yuborish, kesishish, quvib o’tish, shuningdek yo’lovchilarga xizmat ko’rsatish uchun mo’ljallangan;
Uchastkaviy stansiyalar - lokomotiv tortish kaftini chegarada joylashtiriladi, ular poyezdlarni tuzish, tranzit poyezdlarni ishlab chiqish, brigada va lokomotivlar almashtirilishi, yuk va yo’lovchi operatsiyalarni o’tkazish uchun xizmat qiladilar;
Saralash stansiyalari - vagonlarni manzil bo’yicha saralash va poyezdlarni tuzish, poyezdlarni tekshirib qarab chiqish, brigada va lokomotivlarni almashtirilish, yuk ishlarini bajarish uchun xizmat qiladilar;
Do'stlaringiz bilan baham: |