Temir yo'l transportining asosiy fondlarini modernizatsiya qilish zarurati
Download 1.17 Mb.
|
Kurs ishi LTTTTTTT
Seksiyalar uchastkasida yakor chulg‘ami seksiyalari (chulg‘amlari) ni tayyorlash va
izolyatsiyalash amalga oshiriladi. Seksiyalarni tayyorlash texnologiyasi murakkab bo‘lib, unga to‘liq rioya qilish talab etiladi, chunki tortuv elektr motorlarining ishonchliligi va umrboqiyligi seksiyalarni tayyorlash va ularni yakorga o‘rnatish sifatiga bog‘liq. Tortuv motorlarini qismlarga ajratish va detallarini yuvish uchun stoli aylanadigan yo`lak 23 turidagi yuvish mashinasi, qaynatish vannasi, 200 t kuchli gidravlik press, ponalarni chiqarib olish stanogi, yakor o`zagi pazlaridan chulg`am seksiyalarini chiqarish uchun markazdan qochuvchi qurilma, podshipniklar va labirint zichlagichlarni chiqarib olish uchun induksion isitkichlar qo`llaniladi. Yakor uchastkasida shtamplangan kollektor plastinalariga ishlov berish, mikanitdan tayyorlangan mahsulotlarga shakl berish stanoklari, dielektrik mustahkamlikni tekshirish qurilmalari, yakor va kollektorlarni isitish pechlari, seksiyalarni o`rnatish uchun mexanizatsiyalashtirilgan yuritmali stend, seksiyalarni bandaj bilan mahkamlashdan oldin siqish qurilmasi, pona qoqish stanoklari, payvandlash qurilmasi, bandajni o`rnatish, yo`nish va balansirovkalash stanoklari joylashtirilgan. Uchastkada yakor o`zagi va kollektorni valga o`rnatish uchun qudratli (200-400 t) presslar mavjud. To`yintirish-quritish uchastkasida murakkab texnologik jihozlar o`rnatilgan. Yakor va qutb hulg`amlarini to`yintirish, quritish, bo`yash uchun vakuum-bosimli baklar, avtoklavlar, vakuum- quritish va induktsion isitish pechlari, laklarni tayyorlash va to`kish uchun murakkab jihozlar majmui qo`llaniladi. Yakor va qutb chulg`amlarini to`yintirish, bo`yashda quritish davrida portlash havfi mavjud bug` va gazlar ajratib chiqaruvchi moddalar (loklar, emallar, kompaundlar) ishlatilishini hisobga olib, bo`limdagi barcha elektr jihozlar portlash bo`yicha havfsiz bajarilgan bo`lishi, xonalar esa ishlab chiqarishni portlash va yong`in havfsizligi talablariga javob berishi kerak. 24 Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling