Temir yo'l transportining asosiy fondlarini modernizatsiya qilish zarurati
Texnologik jihoz va uskunani loyihalash
Download 1.17 Mb.
|
Kurs ishi LTTTTTTT
4. Texnologik jihoz va uskunani loyihalash
Elektr mashinalarining zarur ta'mirlanishini uning elementlarining haqiqiy holatini ko'rsatgan holda qayd etish belgilangan shakldagi elektr mashina sexining ta'mirlash varag'iga yoki jurnaliga kiritiladi. Ushbu qoidalarga muvofiq ta'mirlab bo'lmaydigan elektr mashinalarining skeletlari va langarlari belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishi kerak. Elektr mashinalari, ayniqsa tortuv motorlari foydalanishda yuqori ishonchlilikka ega bo`lishi kerak. Shuning uchun elektr mashinalar sexida sinash stendlari, nazorat-o`lchash jihozlari va asboblarga alohida e’tibor qaratilishi lozim. Sexning bajarilgan ishlar sifatini operatsiyalar bo’yicha qabul qilishni amalga oshiruvchi nazorat apparati eng yangi va samarali nazorat vositalariga ega bo’lishi kerak. Bu maqsadlarda sex impulsli kuchlanish bilan sinash uchun yuqori voltli qurilmalar, yig’ilgan elektr mashinalari qabul qilish-topshirish dasturi bo’yicha sinaladigan sinash stantsiyasi stendlari bilan jihozlangan. Sexda ta’mirlanayoigan har bir elektr mashinasi uchun ta’mirlash pasporti to`ldiriladi, unda bartaraf etilishi lozim bo`lgan barcha nosozliklar, shuningdek ta’mirlash jarayonida bajarilgan barcha ishlar va sinash natijalari belgilanadi . Elektr mashinalari konveyerda qismlarga ajratiladi. Yakor ostovdan maxsus qisqich yoki rama yordamida chiqarib olinadi. Yakor chulg’amlari maxsus stendlar – kameralarda markazdan qochuvchi usul bilan chiqarib olinadi. Induktsion isitkichlar bilan ishlashda simlarning sozligi va erga ulanganligi nazorat qilinadi. 25 Bandaj va chulg’amlarni o’rash stanoklari himoya to’siqlari va ishonchli tormoz qurilmalari bilan, chang ajralib chiqadigan materiallarga ishlov berish stanoklari esa xususiy chang tutkichlar bilan jihozlanadi. Yakorlarni to’yintirish, chulg’amlarni kompaundlash va ularni quritish qo’shni uchastkalardan yaxlit yong’inga chidamli to’siqlar bilan ajratilgan va ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan maxsus xonalarda amalga oshiriladi. Zararli bug’lar ajralib chiqishi mumkin bo’lgan avtoklavlar, lok to’ldirilgan baklar va boshqa jihozlar mahalliy ventilyatsiya bilan ta’minlanadi. To’yintirish bakiga quritilgandan keyin uzatilayotgan yakorlarning harorati 80 oS dan ortiq bo’lmasligi kerak. Mexanik yopiladigan to’yintirish avtoklavlari avtoklavda bosim mavjud bo’lgan vaqtda qopqoq ochilib ketishini istisno qilish uchun blokirovka bilan ta’minlanadi. Qismlarga ajratish, yakor va yig`ish uchastkalarida seksiyalar, kollektorlar, yakorlar, chulg`amlarni dielektrik mustahkamligini tekshirish uchun yuqori voltli sinash stendlari mavjud. To’yintirish bo’limida ishlash jarayonida po’latdan tayyorlangan zarb burish asboblaridan foydalanish ta’qiqlanadi. Xonada begona shaxslarning bo’lishiga ruhsat etilmaydi. Elektr mashinalari faqat mos to’siqlar va signalizatsiyaga ega maxsus jihozlangan sinash stantsiyalarida sinovdan o’tkaziladi. Elektr mashinalarini sinash bo’yicha mas’ul etib maxsus instruktajdan o’tgan va texnik foydalanish, elektr qurilmalaridan foydalanishdagi texnika havfsizligi qoidalari hamda texnologik yo’riqnomalar bo’yicha maxsus sinov topshirgan muhandis-texnik xodimlar tayinlanadi. Sinash stantsiyasi xodimlari elektr havfsizligi bo’yicha o’qitilgan va malaka guruhiga ega bo’lishi lozim. Sinash stantsiyalarida sxemalar faqat ulanish joylarida kuchlanish to’liq o’chirilgan xolda yig’iladi. Elektr mashinalari izolyatsiyasi qarshiligi ular to’liq to’xtab, tokdan uzilgandan keyin o’lchanadi. 26 Texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlari teplovozlarni yig`ish sexi kabi. Elektr mashinalarining muddatidan oldin ishlamay qolishi bilan bog'liq har bir holat lokomotivlar va motorli vagonlarning harakatlanuvchi tarkibiga etkazilgan zararni tekshirish va ularning uskunalari va qismlariga etkazilgan zararni hisobga olish tartibi to'g'risidagi amaldagi ko'rsatmalarga muvofiq tekshirilishi kerak. Ta'mirlash uchun yig'ilgan elektr mashinalarini axloqsizlikdan tozalang. Texnik nazorat bo'limi va Lokomotiv qabul qiluvchilar izolyatsiyaga zarar etkazmaslik uchun mashinalarni tozalash qoidalarining bajarilishini muntazam ravishda nazorat qiladilar. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling