Temirbeton konstruksiyalarni chegaraviy holatlar bo`yicha hisoblash. Reja: Temirbeton konstruksiyalar
Metall konstruksiyalarni chegaraviy holatlar bo‘yicha hisoblash
Download 0.85 Mb.
|
15 Ойбек Қурилиш мех м иши
Metall konstruksiyalarni chegaraviy holatlar bo‘yicha hisoblash
Qurilish konstruksiyalarni hisoblashdan maqsad kam miqdorda material sarflab tashqi ta’sir etayotgan jami yuklarga yetarli darajada ko'tarish qobiliyatiga ega bo'lgan, konstruksiyalarni yaratishdir. Metall konstruksiyalarni asosan chegaraviy holatlar bo'yicha hisoblashadi. Chegaraviy holatlar deganda, konstruksiyalarning ishlatilish jarayonida oldindan belgilangan talablarga javob bermay qolishi tushuniladi. Birinchi guruh chegara holatlar konstruksiyani yuk ko'tarish qobiliyatini yo'qotish bilan bog'liq bo‘lib va ularga quyidagilar kiradi: shakl umumiy ustuvorligining yo‘qolishi, vaziyat ustuvorligining yo‘qoIishi, qurilma metallining toliqishi yoki boshqa biror xarakterdagi buzilish, yuklarning va tashqi muhitning birgalikdagi noqulay ta’siri natijasida buzilish, qurilmalardan foydalanishni to‘xtatishga olib keladigan rezonans tebranishlar, metall materialning oquvchanligi, birikmalardagi siljishlar, o‘z-o‘zidan cho‘ziluvchanlik yoki darzlaming haddan tashqari ochilishi natijasida konstruksiyalardan foydalanish mumkin bo‘lmagan holatlar. Ikkinchi guruh chegaraviy holatlarga konstruksiyadan normal foydalanish qiyinlashib qolganligi bilan bog‘liq bo'lib va ularga quyidagilar kiradi: yo‘I qo‘yib bo'lmaydigan siljishlar, tebranishlar va darzlar paydo bo‘lishi natijasida ishlash muddatining kamayishiga olib keladigan holatlar kiradi. Konstruksiyalarni chegaraviy holatlarga hisoblash va inshootni qurish yoki undan foydalanish davrining barcha bosqichlarida chegara holatlardan birortasining ham vujudga kelmasligini ta’minlashdan iboratdir. Birinchi guruh chegaraviy holatlari uchun umumiy shart quyidagicha yozilishi mumkin: N < S (3.1) N — hisoblanayotgan elementda yuklami noqulay birgalikda ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan kuch, S — hisoblanayotgan elementning yuk ko4arish qobiliyati. Elementdagi hosil bo'ladigan kuchni quyidagi formula orqali aniqlanadi: bu yerda, N i - kuch F„i=l ga teng bo'lgandagi elementda hosil bo'ladigan kuch; Yfi - yuk bo'yicha ishonchiilik koeffitsiyent; Yn - bino vazifasiga ko‘ra ishonchiilik koeffitsiyenti; T — yuklarning biigalikda ta’sir etishini e’tiboiga oladigan koeffitsiyent. Elementning yuk ko‘tarish qobiliyati uning yuzasiga va materialning qarshiligiga bog'liq bo‘lib u quyidagicha aniqlanadi; Bu yerda: Ap — element ko‘ndalang kesimining netto yuzasi; Ry — element materialining oquvchanligi bo‘yicha hisobiy qarshiligi; Yc ~ ishlash sharoitini e’tiboiga oluvchi koeffitsiyent. Shunday qilib, birinchi guruh chegaraviy holati bo‘yicha hisoblash tenglamasi quyidagicha yoziladi: Chegaraviy holatni ikkinchi guruh bo'yicha hisobiy ifodasini quyidagicha yozish mumkin: bu yerda: - birlik yuk ta’sirida elementdagi hosil bo'ladigan elastic siljishi; Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling