Temperament bu faoliyatning mazmunli jihatlari bilan emas, balki dinamik bilan bog'liq bo'lgan individual xususiyatlarning barqaror birikmasi; o'sha ko'p jihatdan insonning tabiiy qobiliyatiga bog'liq bo'lgan individual xususiyatlar


Download 27.72 Kb.
Sana10.04.2023
Hajmi27.72 Kb.
#1349160
Bog'liq
Temperament haqida (1)


Temperament haqida
Temperament - bu faoliyatning mazmunli jihatlari bilan emas, balki dinamik bilan bog'liq bo'lgan individual xususiyatlarning barqaror birikmasi; o'sha. ko'p jihatdan insonning tabiiy qobiliyatiga bog'liq bo'lgan individual xususiyatlar. Temperament - bu uning aqliy faoliyatining dinamik xususiyatlari jihatidan shaxsning o'ziga xos xususiyati: intensivligi, tezligi, sur'ati, ruhiy jarayonlar va holatlarning ritmi. Temperament tiplarinig psixologik xarakteristikasi
INSON TEMPERAMENTI – bu uning ruxiyatini o`ziga xos xislati bo`lib, jamiyatdagi o`rni va xarakterini belgilab beradi. Shuningdek temperament insonning aqliy faoliyati, nutqi va xulqiga ta’sir etadi. Boshqacha aytganda inson temperamenti shaxsning psixofiziologik xususiyatlarini ifodalaydi.
Gippokrat bo`yicha temperament turlari. Temperament termini qadimgi yunon vrachi Gippokrat tomonidan qo`llangan bo`lib, inson organizmidagi 4 ta element «xayotiy sharbatlar» ni o`zaro ustunligiga qarab 4 ta turi farqlanadi.
Xolerik – xole – «o`t suyuqligi» so`zidan olingan bo`lib, bunday insonlar impulsiv va «qaynoq» hisoblanadi.
Flegmatik – flegma – «balg`am» so`zidan olinib, bunday insonlar tinch va imillagan bo`ladi.
Sangvinik – sangvis- «qon» so`zidan olinib, xarakatcha va quvnoq odamlar hisoblanadi.
Melanxolik – «melena xole» – qora o`t so`zidan olinib, bunday insonlar qo`rqoq va g`amgin hisoblanadi.
Har bir temperamentning musbat va salbiy tomonlari mavjud. Yaxshi tarbiya, nazorat va o`z o`zini boshqarish xar bir temperamentni yaxshi tomoni bilan namoyon ulishiga sabab bo`ladi
Masalan: melanxolik – ta’sirchanligi, chuqur g`amginligi va his-tuyg`ulari bilan ajralib tursa, flegmatik- matonatli, ma’suliyatli va shoshilinch qaror qabul qilmaydiganlar qatoriga kiradi. Sangviniklar – ko`p energiyali, har bir ishni uddasidan chiqa olsa, xoleriklar – g`ayratli va tashabbuskorligi bilan farqlanadi.
Boshqa tomonidan esa ularning xar birining salbiy tomonlari mavjud: melanxoliklar – odamovi va uyatchan bo`lsa, flegmatiklar quruq va befarq hisoblanadi, sangviniklar – yuzaki, betayin va tarqoq bo`lsa, xoleriklar – shoshqaloq xarakterga ega bo`ladi.
Odatda sof bir temperamentli insonlar bo`lmaydi. Xar bir insonda ikki temperemant jamlangan bo`lib, biri – asosiy, ikkinchisi – qo`shimcha bo`ladi. Ayrim olimlarning fikricha xar bir shaxsda barcha 4 temperament mavjud bo`ladi. Ularning qay birini oldingi planda chiqishi inson tushadigan holat va vaziyatlarga bog`liq bo`ladi.
Sangviniklar – ular, xarakatchan, tashqi xodisalarga xozirjavob, omadsizlik va ko`ngilsiz xolatlarni oson o`tkazadigan insonlar bo`ladi. Yangi sharoitlarga oson ko`nikishadi, odamlar bilan oson til topishadi, hissiyotlari oson alangalanib, mimikasi boy, kuchli ifodalanadigan, harakatchan, ba’zan yuzaki va barqaror xarakterli hisoblanadi.
Xoleriklar – tez, jo`shqin xissiyotli, xar qanday ishni xissiyot bilan bajaradigan, ammo beqaror, kayfiyati tez o`zgaruvchan insonlar bo`ladi. Ularga oson qo`zg`aluvchanlik, kuchli emoцional kayfiyat, ta’sirchanlik va affektivlik (xavasmandlik, intiluvchanlik) xos.
Flegmatik – bu insonlar sust, sekin xarakat qiladigan, og`ir-vazmin, turg`un intiluvchan, ruxiy xolatlarini kam namoyon qiluvchi insonlar hisoblanadi. Ular tinch va bosiq xarakterli bo`lib, sabrli, ba’zan esa tashqi muxitga aralashmaydigan, dangasa va lanj xususiyatlarini namoyon qiladi.
Melanxoliklar – oson ta’sirlanuvchan, ko`ngli nozik, yengil omadsizliklarni ham chuqur xavotirlik bilan boshdan kechiruvchi, ammo tashqi muhitga sust reaksiya bildiruvchi insonlar hisoblanadi. Ular «tormoz» bo`lib, kuchli ta’sirotlar natijasida supor xolatiga tushib qoladi. Biron-bir narsaga fikrini qiyin jamlaydi, odamovi, vaximachi, qo`rqoq xarakterga ega.
Insonning qay bir temperamentga tegishli ekanini uning ro`parasidan chiqqan to`siqqa reaksiyasiga qarab aniqlash mumkin. Masalan: xolerik bu to`siqni «yo`q qilib yuborsa», sangvinik – aylanib o`tadi, flegmatik insonlar bu to`siqni sezishmaydi, melanxoliklar esa bu to`siq oldida to`xtab qoladi.
Download 27.72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling