1-mavzu. Iqtiso


Download 185.9 Kb.
bet1/6
Sana23.04.2023
Hajmi185.9 Kb.
#1390907
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- Maruza


1-MAVZU. IQTISODIYOTGA KIRISH
Reja:
1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
2. Iqtisodiyotning fan sifatida shakllanishi

1. Iqtisodiyot va uning bosh masalasi
Iqtisodiyot fani va uning qonun-qoidalarini bilish uchun, eng avvalo, iqtisodiyot va uning vazifalari to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Insoniyat hayoti va uning taraqqiyoti juda murakkab, ko‘p qirrali va g‘oyat chigal, muammolarga boydir. Bu muammolar kishilarning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish, xizmatlar ko‘rsatish, fan, madaniyat, siyosat, mafkura, axloq, davlatni boshqarish sohalaridagi va nihoyat, oiladagi va boshqa faoliyat turlarining borgan sari ko‘payib, rivojlanib hamda ularning o‘zgarib borishi natijasida vujudga keladi. Uzoq davrlar davomida insoniyat fikrini band qilib kelgan ayrim masalalar bugungi kunda oddiy haqiqat va oson bilish mumkin bo‘lgan narsaga o‘xshab ko‘rinadi.
Masalan, bugun hammaga ma’lumki, kishilar siyosat, san’at, adabiyot, fan, ma’rifat, madaniyat, ta’lim olish bilan shug‘ullanishdan oldin birlamchi hayotiy ne’matlarga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishlari kerak. Shuning uchun har bir kishi, o‘zining kundalik hayotida bir qator muammolarga, ya’ni kiyim-kechak, oziq-ovqat, uy-ro‘zg‘or buyumlariga ega bo‘lish, bilim olish kabi ehtiyojlarni qanday qilib, nima hisobiga qondirish mumkin degan muammolarga duch keladi.
Shu muammolarni yechish va o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida kishilar turli yo‘nalishlarda, sohalarda faoliyat ko‘rsatadilar. Demak, insonning turli faoliyatlari ichida eng asosiysi, insoniyatning yashashi va uning kamol topishini ta’minlaydigani moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatishdan iborat bo‘lgan iqtisodiy faoliyatdir.

Download 185.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling