1-mavzu. Iqtiso


Download 185.9 Kb.
bet3/6
Sana23.04.2023
Hajmi185.9 Kb.
#1390907
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- Maruza

Birlamchi ehtiyoj – bu insonning hayotiy faoliyatida zarurlik darajasi nisbatan
yuqori bo‘lgan va shu sababli, birinchi navbatda qondiriladigan ehtiyoj. Inson hali bilim olishi, san’at bilan shug‘ullanishi, madaniy hordiq chiqarishidan ilgari oziq-ovqat, kiyim- kechak, uy-joyga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirishi lozim.
Ikkilamchi ehtiyoj bu birlamchi ehtiyojlar qondirilib bo‘lgandan so‘ng namoyon bo‘ladigan va qondiriladigan ehtiyoj. Bu turdagi ehtiyojlar odatda ijtimoiy tavsif kasb etib, ularga bilim olish, malaka oshirish, san’at bilan shug‘ullanish, dam olish va h.k.larni kiritish mumkin.
Yakka ehtiyoj bu alohida shaxsning ijtimoiy-iqtisodiy mavqei, dunyoqarashi va boshqa xususiyatlari ta’sirida shakllanuvchi ehtiyoji. Jamiyatdagi kishilar soni qanchalik ko‘p bo‘lmasin, ular o‘z ehtiyojlarining tarkibi, darajasi va qondirilish vositalari jihatidan ozmi-ko‘pmi farqlanadilar. Masalan, katta yoshdagi odamlar va bolalar, erkaklar va ayollar, oliy ma’lumotlilar va ma’lumotsizlar, sportchilar va spirtli ichimliklarga moyil kishilar va hokazolarning yakka ehtiyojlari tarkibi o‘zaro farq qiladi. Hattoki, bir jinsdagi, o‘zaro teng va boshqa belgilari bo‘yicha o‘xshash insonlarning yakka ehtiyojlari ba’zi bir jihatdan farq qilishi mumkin.
Guruhiy ehtiyoj – bu ma’lum guruh yoki jamoalarga birlashgan kishilarning birgalikdagi ehtiyoji. Bir oilaning ehtiyoji boshqa biridan, bir mehnat jamoasining ehtiyojlari boshqasidan o‘z tarkibi va darajasi jihatidan farq qiladi. Masalan, faraz qilaylik, Komilovlar oilasi besh kishidan iborat bo‘lsin. Ota – shifokor, ona – o‘qituvchi, ikki o‘g‘il – talaba, qiz – maktab o‘quvchisi. Zokirovlar oilasi esa olti kishidan iborat: buva va buvi – nafaqada, ota – injener, ona – uy bekasi, qiz – talaba va o‘g‘il – maktab o‘quvchisi. Har ikkala oilaning tarkibi va faoliyat turlari bir-biridan farq qilganligi sababli, ularning oilaviy ehtiyojlari ham o‘z tarkibi va darajasiga ko‘ra farqlanadi. Xuddi shuningdek, mebel ishlab chiqaruvchi korxona mehnat jamoasi ehtiyoji tarkibi va darajasi jihatdan tikuvchilik fabrikasi mehnat jamoasinikidan boshqacha bo‘ladi.

Download 185.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling