1-mavzu. Iqtiso


Download 185.9 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi185.9 Kb.
#1390907
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- Maruza

Hududiy ehtiyoj – bu muayyan hududlarda istiqomat qiluvchi kishilarning
birgalikdagi ehtiyoji. Inson muayyan hududda istiqomat qilganligi sababli, uning ba’zi bir ehtiyojlari mazkur hududda istiqomat qiluvchi barcha insonlarning umumiy ehtiyojlari sifatida namoyon bo‘ladi. Masalan, har bir mahalla o‘zining guzari, unda joylashgan savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, bolalar bog‘chasi, dam olish joylari, istirohat bog‘lari va boshqa inshootlarga ehtiyoj sezadi.
Umumjamiyat ehtiyojlari bu jamiyat miqyosidagi barcha kishilar uchun umumiy bo‘lgan ehtiyoj. Har bir mamlakatning fuqarolari ham barcha uchun umumiy bo‘lgan ne’matlarga ehtiyoj sezadilar. Masalan, mamlakat chegarasining daxlsizligi, uning mudofaa qobiliyatining mustahkamligi, yurt farovonligi, ijtimoiy-madaniy tadbirlar, huquq- tartibot ishlarining yuqori darajada amalga oshirilishi va boshqalar.
Jamiyat ehtiyojlariga quyidagi bir qator omillar ta’sir ko‘rsatadi:
a) jamiyatning iqtisodiy taraqqiyot darajasi;
b) jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy tuzum;
v) tabiiy-geografik sharoitlar;
g) tarixiy-milliy an’analar va urf-odatlar;
d) aholi sonining o‘sishi, uning tarkibidagi o‘zgarishlar;
e) xalqaro, davlatlar, millatlar va mintaqalar o‘rtasidagi aloqalar.
Ehtiyojlarning ishlab chiqarish va etkazib berishga nisbatan miqdoran o‘sib, tarkib va sifat jihatidan takomillashib borishiehtiyojlarning ustuvor darajada o‘sib borish qonuni deyiladi. Bu qonun ishlab chiqarish bilan ehtiyojlar o‘rtasidagi uzviy, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlikni aks ettiradi.
Ehtiyojlarning o‘sib borishi uni qondirish vositalari darajasi bilan chegaralanadi. CHunki ehtiyojlar cheksiz o‘zgargani holda uni ta’minlash uchun kerak bo‘ladigan iqtisodiy resurslar cheklangan bo‘ladi. Iqtisodiy resurslar deganda tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlarida foydalanish mumkin bo‘lgan barcha vosita va imkoniyatlar majmui tushuniladi.
Iqtisodiy resurslarni quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:
1) tabiiy resurslar (yer, yer osti boyliklari, suv, o‘rmon va biologik resurslar);
2) ishchi kuchi resurslari (kishilarning aqliy va jismoniy qobiliyatlari);
3) kapital (foyda olish maqsadida ishlatiladigan binolar, stanoklar, mashinalar, asbob-
uskunalar, inshootlar, qurilmalar, sotishga tayyor tovarlar, pul mablag‘lari va boshqalar);

4) tadbirkorlik qobiliyati (kishilarning ishlab chiqarish va xizmat jarayonlarini tashkil etish va boshqarish qobiliyatlari).
ko‘rsatish

CHeklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanib, ishlab chiqarish

imkoniyatlarini va binobarin ehtiyojlarni qondirish darajasini oshirish iqtisodiyot oldiga quyidagi muammolarni qo‘yadi:
zarurligi

1) ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishning optimal variantlarini (eng zarur va tejamli turlarini) tanlab olish va resurslarni ko‘proq ishlab chiqarishga jalb qilish;
2) mavjud resurslarning har bir birligidan tejab-tergab, samarali foydalanish;
3) fan-texnika yutuqlarini va yangi texnologiyalarni joriy qilib, yangi energiya, material, xomashyo turlari, ularning manbalarini topib, foydalanishga jalb qilish, resurslar unumdorligining oshishiga erishish.
Bu muammolarni hal qilish zaruriyati kishilardan chuqur iqtisodiy bilimlarga ega
bo‘lishni taqozo qiladi.


Download 185.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling