Temperament haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari


Xarakter tarkibi. Xarakter aktsentuatsiyasi


Download 1.41 Mb.
bet12/30
Sana14.12.2022
Hajmi1.41 Mb.
#1002349
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30
Bog'liq
Temperament haqida tushuncha va uning fiziologik asoslari

Xarakter tarkibi. Xarakter aktsentuatsiyasi

  • Shaxsning xarakteri tuzilishi turli xususiyatlarning tasodifiy yigʻindisidan iborat emas, balki oʻzaro bir-biriga bogʻliq, hatto tobe yaxlit tizimdan tarkib topadi. Xarakter xislatlarining muayyan qismidan xabardor boʻlishlik notanishlarni tashxis qilish imkoniyatini yaratadi. Misol uchun, shaxsning shuhratparastligi ma’lum boʻlsa, uning dili (koʻngli) qoraligi yuzasidan taxmin qilish mumkin, yoki inson kamtar, moʻmin, yuvosh xususiyatli boʻlsa, albatta u koʻngilchan ekanligi koʻnglimizga keladi.
  • Odatda psixik xususiyatlarning oʻzaro bogʻliq tizimi simptomokomplekslar (omillar) deyiladi. "Simptom" yunon symptoma belgi, mos tushish, "kompleks" lotincha, aloqa, majmua degan ma’no anglatadi. Misol uchun, qarama-qarshi simptomokomplekslar haqida mulohaza yuritilsa, u holda insonlarda bu tizim oʻziga ishonish oʻzidan magʻrurlanish, maqtanchoklik, oʻzbilarmonlik, urushqoqlik, kek saqlash kabilar birikmasida yuzaga keladi. Boshqa toifadagi shaxslar oʻzlarining kamtarinligi, koʻngilchanligi, iltifotliligi, dilkashligi, haqqoniyligi bilan ajralib turadilar. Voqelikka shaxsning bir xil munosabati xarakter xislatlarining oʻzaro bir-biriga bogʻliqligini bildiradi.

Hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning turli munosabatlari bilan belgilanadigan xarakter xususiyatlarining toʻrtta tizimi farqlanadi.

  • Hozirgi zamon psixologiyasida shaxsning turli munosabatlari bilan belgilanadigan xarakter xususiyatlarining toʻrtta tizimi farqlanadi.
  • Jamoa va ayrim odamlarga boʻlgan munosabatlarini ifodalovchi xususiyatlar (yaxshilik, mehribonlik, talabchanlik va shu kabilar).
  • Mehnatga boʻlgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (mehnatsevarlik, yalqovlik, vijdonlilik, mehnatga ma’suliyat yoki ma’suliyatsizlik bilan munosabatda boʻlishi kabilar).
  • Narsalarga boʻlgan munosabatni ifodalovchi xususiyatlar: (ozodalik va ifloslik, narsalar bilan ayab yoki ayamasdan munosabatda boʻlish kabilar).
  • Odamning oʻz-oʻziga boʻlgan munosabatini ifodalovchi xususiyatlar (izzat-nafslilik, shuhratparastlik, magʻrurlik, oʻzini katta olish, kamtarlik kabilar).
  • Bundan tashqari, kamroq ahamiyatga ega boʻlgan boshqa juda koʻp xususiyatlar ham mavjud: oʻziga ishonish, oʻzbilarmonlik, oʻziga bino qoʻyish, maqtanchoqlik.
  • Xarakterning tarkibi faqat ayrim xususiyatlarining oʻzaro bogʻliqligi bilan emas, balki bir butun xarakterga xos boʻlgan xususiyatlar bilan belgilanadi. Xarakterning xususiyatlari jumlasiga birinchidan, ularning chuqurlik darajasi kiradi. Shaxsning markaziy, asosiy munosabatlari bilan belgilanadigan xususiyatlarini biz xarakterni bir muncha chuqurroq xususiyatlari deb ataymiz. Masalan, barkamol shaxsda odamlarga, jamoa va mehnatga nisbatan vijdonan munosabatda boʻlish bilan belgilanadigan xususiyatlar chuqurroq xususiyatlar hisoblanadi. Ikkinchidan, xarakter kuchi yoki faolligi. Xarakter faolligi xarakter xususiyatlarining kishini biror narsaga qarshilik koʻrsatish darajasi bilan belgilanadi. Uchinchidan, xarakterning tarkibiy xususiyatlariga uning barqarorlik va oʻzgaruvchanlik darajasi kiradi. Xarakter barqarorligi va oʻzgaruvchanligi ham moslashish faoliyatining zarur shartlaridandir.

Download 1.41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling