Temperament haqida umumiy tushuncha
Download 60.97 Kb.
|
7-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sangvinik Holerik Melonholik
2. Temperament turlari
Kishi temperamenti haqidagi tasavvur, odatda, shu shaxsning ayrim psixologik xususiyatlari asosida vujudga keladi. Holeriklar, sangviniklar flegmatiklar va melonholik. Har bir temperament o‘z tushunchalariga ega. Insonlar bitta emas bir necha temperament tipiga mansub bo‘lishlari mumkin. Quyidagi jadvaldan temperament tiplari tasnifini ko‘rib chiqishingiz mumkin.4
Bu jadval qisqacha va to‘liq emas bu nazariya asrlar osha yetib kelganligi uchun har bir temperament haraktirestikasi o‘zgarib kengayib borgan. Masalan holerik temperamentidagi insonlarga liderlik xosdir. Temperament kategoriyalari keng tarqalgan va umumiy harakterga ega. Ular o‘ziga xos emas. Turli yozuvchilar temperamentlarni turlicha tasvirlaganlar. Masalan Emonuel kant XVIII asrda sangvinik temperamentni shunday tasvirlab bergan: sangviniklar mehrga muhtoj va orzu umidlarga to‘la shaxslardir.U hozir qilayotgan ishini birozdan so‘ng butunlay unutib yuborishi mumkin, va’dasiga vafador bo‘lishga harakat qiladi. Lekin vadasini ustidan chiqa olmasa unchalik ham qayg‘uga botmaydi. U boshqalarga yordam bear oladi. Lekin ko‘p hollarda o‘z yordami uchun haq talab qiladi. U juda muloqotchan uning do‘stlari ko‘p u ko‘p narsalarni jiddiy qabul qilmaydi.5 Sezgilari psixik faollikka ega bo‘lgan, atrofda bo‘layotgan vazifalarga tez munosabatini bildiruvchi, taassurotlarni hadeb o‘zgartirishga intiluvchi, ko‘ngilsizliklarni nisbatan yengil o‘tkazib yuboruvchi, jonli, harakatchan, ifodali mimikasi va harakatlari bo‘lgan kishi sangvinik deyiladi. Sangvinikda quvonch, qayg‘u, yoqtirish va yoqtirmaslik, mehribonlik va nafrat hislari tez hosil bo‘ladi. Biroq, undagi bu xislatlarning namoyon bo‘lishi beqaror, ular tezda paydo bo‘lib tezda yo‘qoladi, davomiyligi va chuqurligi farq qilmay boshqasi bilan almashadi. Sangvinik temperamenti vakillarida his-tuygular odatda tashqi ko‘rinishda yorqin ifodalangan bo‘ladi: ma’noli mimika, imo-ishora, tez harakatlar qilish, tez gapirish, beqarorlik, harakatchanlik, chaqonlik. Bularning hammasi sangvinik ishchan, faol bo‘lgan paytda ayniqsa sezilarli bo‘ladi. Sangvinikning kayfiyati tez o‘zgaradi, u goho hursand, goho beparvo, goho esa qayg‘uli va tashvishlangan, biroq odat bo‘yicha yaxshi kayfiyat ustun bo‘ladi, kishi ruhini ezadigan va yoqimsiz narsalarning hammasidan sangvinik tez qutiladi. Atrofdagi tasirlarga oson va tez javob berish sangvinikning aktivligini hamda uning hayot sharoiti o‘zgarishlariga oson moslashuvini tushuntirib beradi Sangvinik odamlar bilan tez til topishadi, osonlik bilan yaxshi munosabatlar o‘rnatadi. Sangvinik temperamenti vakillari ko‘p gapiradi, shunga qaramasdan yaxshi tinglovchi hamdir. Download 60.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling