Temperament haqida umumiy tushuncha


Download 60.97 Kb.
bet6/7
Sana23.04.2023
Hajmi60.97 Kb.
#1390556
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
7-mavzu

Xollerik xuddi sangvinik kabi sust senzitivlik, yuksak reaktivlik hamda faollik bilan ajralib turadi, lekin faollikdan reaktivlik ustunlik qiladi. Shuning uchun u tinimsiz o‘zini ushlay olmaydigan, betoqat, serzarda. Sangvinikka qaraganda ozroq silliq va qo‘proq qotib qolgan. Shuning uchun intilishlari va qiziqishlarida katta barqarorlik, zo‘r qatiylik bor, diqqatini ko‘chirishda qiyinchilikka uchraydi. Psixik tempi tez. Bir ishni boshlasa oxiriga yetkazadi, ammo unga qiziqsagina.
Juda g‘ayratli, ishga juda ehtiros bilan berilish qobiliyatiga ega bo‘lgan, tez va shiddatli, qizg‘in emotsional «portlash» va kayfiyatning keskin o‘zgarishlariga moyil, ildam harakatlar qiladigan kishi holerik deb ataladi. Holerik odamlar bilan munosabatda qatiylik, serjahillik va o‘zini tuta bilmaslikka yo‘l quyadiki, bu unga kishilar xatti-harakatini obektiv baholash imkonini bermaydi. Bu temperamentga xos bo‘lgan muvozanatsizlik holerik faoliyatida yaqqol nomoyon bo‘ladi, u biror bir ishni ishtiyoq bilan boshlasa , harakatlari chaqqon va tez bo‘ladi. Qiyinchiliklarni yengib zavq bilan ishlaydi. Biroq holerik temperamenti organizmida energiya zapasi tez tugab faolligi pasayadi.
Hozirgi vaqtda ular ko‘pincha jamiyatda bosh ro‘lni boshqaruvchanlik yani liderlik ro‘lini bajaradi. Holerik temperamentli o‘quvchilardan doimo muloyimlik bilan, ammo qatiyatlik bilan, shoshilmay, o‘ylab javob qaytarishlarini talab qilish ular xatti- harakatlarida, o‘rtoqlari va kattalar bilan munosabatda o‘zini tuta bilishlikni muntazam ravishda tarbiyalab borish lozim.
Melanxolik - yuksak senzitivlik xususiyatiga ega. Sezgirligi yuksak (sezgi chegaralari yuqori). Arzimagan sababga ko‘ra, ko‘zlaridan yosh oqib ketaveradi. Nihoyatda arazchan, sekin yig‘laydi. Samimiy, juda oz kuladi, faolligi sust, o‘ziga ishonmaydi, tortinchoq, ozgina qiyinchilik tug‘iladigan bo‘lsa, ho‘lini yuvib qo‘ltig‘iga urib g‘o‘ya qoladi. G‘ayratsiz, qatiy emas. Diqqati tez chalg‘iydi, barqaror emas. Psixik tempi sust. Rigid (qotib qolgan). Introvertlik xususiyatiga ega. Ta’sirchan, chuqur kechinmali, gap ko‘tara olmaydigan, ammo atrofdagi voqealarga unchalik e’tibor bermaydigan, o‘zini to‘xtata oladigan va sekin ovoz chiqaradigan kishilar melanholiklar deb ataladi. Melanholiklar ishda odatga ko‘ra passiv ko‘pincha kam qiziquvchan bo‘ladilar. Bu temperament vakillarida hissiyot va hayajonli holatlar sekin paydo bo‘ladi, biroq chuqurligi zo‘r kuchi davomiyligi bilan farq qiladilar. Melanholiklarni ranjitish oson, garchi tashqi ko‘rinishida bu kechinmalarning hammasi ularda kuchsiz ifodalansa ham xafagarchilikka bardosh bera olmaydilar.
Melanholik temperamentli kishilar odamlarga aralashmaslikka va yolg‘izlikka moyil bo‘ladilar. Uncha tanish bo‘lmagan yangi kishilar bilan aloqa qilishdan o‘zlarini chetga tortadilar, yangi sharoitda ko‘pincha uyalib o‘zlarini noqulay sezadilar. Melanholiklarda ularga xos bo‘lgan hissiyotlarning chuqurligi va barqarorligini tashqi taassurotlarga haddan ziyod moyillikni o‘stirish va takomillashtirish oson, shuning uchun bu temperamentdagi kishilarning san’at sohasida ishlashga ishtiyoqlari zo‘r bo‘ladi.Agar melonholik temperamentli o‘quvchi bolalar jamoasidan o‘zini tortsa, ijtimoiy mehnatdan o‘zini olib qochsa, u osonlikcha yakkalanib qolishi yoki o‘z kechinmalariga chulg‘anib qolishi yoki jamoadan chetgi ta’sirlarga tushib qolishi mumkin.6
Kishilarning oliy nerv faoliyati turlarini tavsiflovchi nerv jarayonlari kuchi, muvozanati va harakatchanligining u yoki bu nisbati ular temperamentining fiziologik asosidir.
I. P. Pavlov o‘rganish uchun oliy nerv tizimini oldi. Uning fikricha, shartli reflekslar nerv tizimining xususiyatlari asosida paydo bo‘ladi. I.P.Pavlov ana shunday xususiyatlarning uchtasini ajratib ko‘rsatadi:
qo‘zg‘alish va tormozlanish jaryonini kuchi;

  1. qo‘zg‘alish kuchi bilan tormozlanish kuchi o‘rtasidagi muvozanat darajasi;

  2. qo‘zg‘alishning tormozlanish bilan almashish tezligi yoki boshqacha qilib aytganda, nerv jarayonining harakatchanligi.

Muvozanat qo‘zg‘alish jarayoni va tormozlanish jarayonining muayyan tengligidir. Bu jarayonlar kuch jihatidan bir-biri bilan muvozanatda bo‘lishi yoki bo‘lmasligi mumkin.
Harakatchanlik bir jarayonning boshqa jarayonga almashish tezligidir. U sharoitning tasodifiy va tez o‘zgarishiga ko‘nikishni ta’minlaydi.
I.P.Pavlov shuni aniqlaydiki, temperament yuqorida aytilgan xususiyatlarning bittasiga emas, balki ularning birikmasiga bog‘liq. Temperamentni aniqlaydigan nerv tizimi xususiyatlarining bunday uyg‘unlashganligi nerv tizimining turi deb ataladi. Nerv tizimining asosan, to‘rt turi bor. Ulardan uchtasi kuchli va bittasi kuchsizdir:

  1. kuchli, muvozanatsiz, faol – holerik;

  2. kuchli, muvozanatli, epchil – sangvinik;

  3. kuchli, muvozanatli, sust – flegmatik;

  4. kuchsiz – melanholik.7

Shuni unutmaslik kerakki, temperamentning yaxshi yoki yomon ko‘rinishi mavjud emas. Chunki har bir temperament turi o‘ziga xosdir, ya’ni har bir temperament tipining o‘ziga xos ijobiy jihati bo‘lgani kabi har birining salbiy jihatlari ham mavjud.

Download 60.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling