Temperaturaviy uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari. Reja: Uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari


-rasm. Monolit uzlukli plitani sinash sxemasi


Download 1.56 Mb.
bet6/7
Sana21.04.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1369883
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Temperaturaviy uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari. Reja

4.6-rasm. Monolit uzlukli plitani sinash sxemasi: a – real (naturnыy) sharoitdagi haqiqiy (fakticheskiy) yuk; b – ekvivalent teng tarqalgan yuk (sinashning I varianti); v – ekvivalent yig’iq yuk (sinashning
II va­rianti)







4.7-rasm. Ko’p oraliqli uzliksiz to’sinni sinash sxemasi:
a – to’sin sxemasi; b – dala sharoitida to’sin yuklanganda eguvchi momentning ta’sir chizig’i; v, g – besh va uchta oraliqlarni teng tarqalgan yuklar bilan ekvivalent yuklash; d, ye – uch va bitta oraliqni yig’iq yuk bilan ekvivalent yuklash







4.8-rasm. Poligonal fermani sinash sxemasi:
a, b, v – real sharoitlardagi haqiqiy yuklash;
g, d, ye – fermani ostki belbog’ bo’yicha yig’iq yuk bilan ekvivalent yuklash

Statik sinashdagi yuklar va ularning turlari. Statik sinashda yuk ob’ektga inersiya kuchi ta’sirini yo’qotish uchun, ketma-ket, sakratmasdan va zarbalarsiz qo’yilishi lozim.

Yuk va yuklash qurilmalari quyidagi asosiy talablarni qondirishi kerak: sinaladigan ob’ektdagi kuchlarni aniq topish imkonini berishi; imkoni boricha transportabelli va ularni o’rnatish va yechib olish uchun uncha ko’p vaqt va mablag’ talab qilinmasligi lozim, sinash davrida yukni uzoq ushlab turishda uning stabilligi, ya’ni vaqt bo’yicha doimiyligi ta’minlanishi lozim. Statik sinashlarda amalda hamma yuklarni teng tarqalgan va yig’iq yuklarga bo’lish mumkin.
Har qanday jadalli teng tarqalgan yukni quyidagilar yordamida sodir qilish mumkin: a) sochiluvchi materiallar (qum, chaqiq tosh, graviy va keramzitlar); b) mayda donali yuklar; v) yirik donali yuklar; g) suv bilan yuklash tizimi; d) havo bilan yuklash tizimi.
Yig’iq yuklarni dala va laboratoriya sharoitlarida quyidagilar asosida ta’minlash mumkin: a) yuklarni ilish; b) tarqatuvchi qurilma tizimi; v) tortuvchi qurilmalar tizimi (yuk ko’taradigan qurilmalar, chig’ir-yuk ko’taradigan mashina-lebedkalar, yuk ko’taruvchi mexanizm-polispastlar); g) gidravlik va vintli domkratlar.
Bunda, sinash vazifasi (zavodda sinash, qabul qilishdagi, foydalanish va vayronalanish davridagi sinashlar) va konstruksiya turiga, hamda sinov yuklar qiymatiga qarab quyidagicha bo’lishi mumkin:
– me’yoriy yukning bir qismi bilan (yuk ko’taruvchi elementning hisobiy modeliga aniqlik kiritish uchun);
– to’la vaqtinchalik yuk uyg’unligining bittasi bilan (yoriqbardoshligi bo’yicha I va II toifali konstruksiyalarni yoriqlarni sodir bo’lish shartini tekshirish uchun sinashlar);
– me’yoriy vaqtinchalik yuklar va binoning qurilib bitmagan qismi vaznining (binoni ko’tarish davridagi sinov) yig’indisi bilan;
– hisobiy vaqtinchalik yuk bilan (maxsus vazifali unikal konstruksiyalarni qabul qilishdagi sinovlar);
– hisobiydan katta yuklar bilan (loyihaviy katta yuklar bilan qabul qilishdagi sinovlar);
– sindiruvchi yuklar bilan (seriyali chiqariladigan konstruksiyalarni zavodda sinalganda).
Konstruksiyalarni sinash sxemasi tadqiqot qilinadigan elementlarda zaruriy kuchlanish va deformatsiyalarni sodir qilishni ta’minlashi lozim. Ammo bunda real imkoniyatlar va rejalashtiriladigan narhni hisobga olish zarur. Sinov narhi, o’tkazish vaqti va ish hajmi yuklar bevosita inshootlarga joylashtirilganda ancha kamayishi mumkin.


Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling