Temperaturaviy uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari. Reja: Uzluksiz oraliq qurilmalar konstruksiyalari
Download 1.57 Mb.
|
4.2. Statik sinovlarni o’tkazish
Тayyorlov ishlari. Katta mehnat talabligi, narhi, ba’zi hollarda esa sinovlani qaytarish imkoni yo’qligi statik yuklashlarda ham butun oldinda turgan ishning ma’lum darajada samaradorligi, ham sinov davrida olinadigan hamma ma’lumotlarning ishonchliligini oldindan aniqlaydigan sinov dasturini sinchiklab tuzishni talab etadi. Sinov boshlashdan oldin zaruriy tayyorlov ishlari o’tkazilishi kerak: yuklash moslamalari ta’mirlanishi va yuklar tayyorlanishi; havoza (podmost)lar va chegaralovchilar (ograjdeniya) o’rnatilishi; agar sinov sharti bo’yicha talab etilsa, priborlar o’rnatilgan joylar qo’shimcha yoritgichlar bilan ta’minlanishi; tadqiqot qilinadigan ob’ektdan foydalanish tanaffuslari kelishilgan bo’lishi va sh.o’. Sinov o’tkazish oldidan zaruriy hisoblashlar o’tkazilishi kerak. Тalab qilinadigan sinov yuklari aniqlanadi, bu yuklarga mos keladigan tadqiqot qilinadigan konstruksiyalar elementlarida sodir bo’ladigan siljish, deformatsiya, kuchlanish va kuchlar aniqlanadi. Bunday hisoblar guvohnomalashtirish natijalari asosida bajariladigan qayta hisoblardir va hamma loyihadan chetga chiqishlarni, materiallarning aniqlangan tavsiflarini, topilgan kuchsizlanishlarni va sh.o’. larni e’tiborga olib o’tkaziladi. Bir nechta mumkin bo’lgan variantlarni tanlash imkonini beradigan, aniq ifodalanmagan hisobiy sxemali inshootlarda, oldindan qilinadigan hisoblar bu sxemalarni hammasi bo’yicha bajarilishi lozim. Sinov natijalarini taqqoslash keyinchalik inshootning haqiqiy ishiga eng yaqinini tanlash imkonini beradi. Хuddi shunday materialning elastiklik moduli va boshqa tavsiflarini aniqlashda ham shunday yo’l tutiladi, agar sinov boshlanishigacha ularning qiymatini ishonchli aniqlash imkoni bo’lmasa. Bu hisoblashlar mumkin bo’lgan diapazon chegarasida keyinchalik ularning haqiqiy qiymatlarini sinov natijalari bo’yicha aniqlab o’tkaziladi. Konstruksiyalarni sinash havoning musbat haroratida, betonning siqilishdagi mustahkamligi uning siqilish bo’yicha sinfiga mos keladigan va amaldagi standartga muvofiq o’rnatilgan mustahkamligining kamida 90% ni tashkil qilganda olib boriladi. Manfiy haroratda saqlangan yoki bevosita issiq nam bug’ bilan ishlov berilgandan keyin olib kelingan konstruksiyalar xonada 15ºS dan yuqori haroratda kamida 1 kun sinashdan oldin ushlanadi. Foydalanilgan adabiyotlar Osipov V. O., Kuzmin Yu. G., Ansiperovskiy V. S., Kirsta A. A. Soderjaniye i rekonstruksiya mostov. –M.: «Тransport», 1986. – 327 s. Obsledovaniye i ispыtaniye soorujeniy. Pod red. O. V. Lujina. – M.: Stroyizdat, 1987. – 263 s. Rekonstruksiya zdaniy i soorujeniy. Pod red. A. L. Shagina. –M.: Vыsshaya shkola, 1991. – 362 s. A. N. Shkinev. Avarii v stroitelstve. –M.: 1984. – 319 s. A. A. Kalinin. Obsledovaniye, raschet i usileniye zdaniy i soorujeniy. ASV. –M.: 2004. – 160 s. Mostы i tonneli na jeleznыx dorogax. Pod red. V. O. Osipova – M.: Тransport, 1988. – 367 s. Instruksiya po obsledovaniyam i ispыtaniyam mostov i trub. VSN 122-65. M.: Orgtransstroy, 1966. – 36 s. N. R. Belskiy, A. N. Lebedev. Usileniye stalnыx konstruksiy. Kiyev, 1981. Download 1.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling