Haydar Xorazmiy (XIV-XV asr) - Haydar Xorazmiy XIV asrning oxiri va XV asrning boshlarida yashab o‘tgan lirik shoir va dostonnavisdir. Alisher Navoiy va Zahiriddin Boburlar uni lirik shoir sifatida ta’riflashgan. Bizga qadar Haydar Xorazmiyning Nizomiyning «Maxzan-ul-asror» dostonidan fayz topib yaratgan axloqiy-ta’limiy «Gulshan-ul-asror» dostoni hamda 1411 yili yozgan «Gul va Navro‘z» ishqiy-sarguzasht masnaviysi saqlanib qolgan.
Haydar Xorazmiyning dostonlari o‘zbek adabietida pandnoma hamda ishqiy-sarguzasht mavzuidagi masnaviy rivojida muhim o‘rin tutadi. Odamiga yaxshi qiliqdur bihisht, Yetti tamug‘din battar, ul xo‘i zisht. * * * doya etar, Rostlik er o‘g‘lina moya etar. * * * Atoiy va Sakkokiy - Atoiyning tug'ilgan yili hali hamon noma'lumligicha qoldi. Atoiy (15-asr, Balx)turkiy shoir. Yassaviy avlodidan. Samarqand, Buxoro va Balxda yashagan. Turkiy, fors va arab adabiyotlarini chuqur oʻrgangan. Turkiy va fors tillarida ijod qilgan.
- Sakkokiy (15-asr) — turkiy shoir. Ismi, tugʻilgan va vafot etgan yillari nomaʼlum. 15-asr sheʼriyatining isteʼdodli vakillaridan biri. Mumtoz adabiyot taraqqiyotida gʻazalgoʻy va qasidanavis shoir sifatida mashhur. Movarounnahrda tugʻilgan, hayotining asosiy qismini Samarqandda Shohruh Mirzo va Ulugʻbek saroyida oʻtkazgan. Alisher Navoiy Sakkokiy ijodiga yuksak baho bergan: „Turkiy alfozining bulagʻosindin Mavlono Sakkokiy ham Lutfiylarkim, birining shirin abyotining ishtihori Turkistonda bagʻoyat va birining latif gʻazaliyotining intishori Iroq va Xurosonda benihoyatdudur“ („Xutbai davovin“).
GADOIY - Gadoiy (taxallusi; asl ismi hozircha noma’lum) (1403/04 — 15-asr oxiri) — shoir. G‘azal janri, aruz ilmi va she’riyat qoidalarini yaxshi bilgan. Asosan turkiy (o‘zbek) va qisman fors tilida g‘azal, qit’a, tuyuq, mustazod, qasidalar yaratgan.
- Gadoiy o‘z ijodi bilan 15-asr o‘zbek mumtoz she’riyati rivojiga katta hissa qo‘shgan. Xususan, uning g‘azallari mazmunan hayotiyligi, badiiy va shaklan barkamolligi bilan ajralib turadi. Ayrim g‘azal va qitalarida shoirning o‘z hayoti lavhalari va ruhiy kechinmalari aks etgan. She’riyatida «charx jafosi», «ro‘zg‘or javri»dan fig‘on, «g‘urbat mehnati» va «rohiblar tazyiqidan» shikoyat ohanglari seziladi.
- Gadoiyning 15-asr 2-yarmi — 16-asr boshlarida noma’lum kotib tomonidan kuchirilgan «Devoni Gado» asari bor. Unga 2974 misradan iborat 230 g‘azal, 1 mustazod, 1 kasida, 5 qit’a, tuyuq kirgan. «Devon»dagi qasida temuriy shahzoda Muhammad Jahongir Mirzoning o‘g‘li Halil Sulton madhiga bag‘ishlangan.
Lutfiy — o'zbek adabiyotining XV asr ikkinchi yarmigacha bo'lgan davrlardagi eng mashhur lirik shoir. Shuning uchun ham zamona-sining ahli adabi va ahli fuzalosi uni «malik ul-kalom», ya'ni «so'z podshosi» deb e'zozlagan. Man-balarda taxallusi oldidan «ulug' us-tod» ma'nosidagi «Mavlono» sifa-tining qo'shib tilga olinishi ham — shundan. Obro'yi va shuhrati juda yuksak darajaga yetgan edi. Alisher Navoiy uni, o'zining ustozlaridan biri, deb biladi. Buni shoirlar haqidagi «Ma-jolis un-nafois» tazkirasida shu ulug' shoir haqida aytilgan ushbu iliq so'zlar ham isbotlaydi: «Mavlono Lutfiy o'z za-monasining malik ul-kalomi erdi, forsiy va turkiyda naziri yo'q erdi... va turkcha devoni ham mashhurdur».
Do'stlaringiz bilan baham: |