Temuriylar davrining o’ziga xos xususiyatlari


Download 0.54 Mb.
bet2/3
Sana25.04.2023
Hajmi0.54 Mb.
#1398447
1   2   3
Bog'liq
Амир Темур

Amir Temurning unvonlari

  • Ko’ragon – “xon kuyovi” degan ma’noni anglatadi.
  • Sohibqiron – “yulduz burjlarining baxtli kelishi (qiron)da tug’ilgan farzand”.
  • Qutbiddin – “zamona peshvosi”, “yo’l ko’rsatuvchi avliyo”.
  • Abulmansur – “zafarmand”, “g’alaba qozonuvchi”

Amir Temur haqidagi asarlar

  • Fosih Ahmad Havofiy – “Mujmal-i Fosihiy”.
  • Sharofiddin Ali Yazdiy – “Zafarnoma”.
  • Ibn Arabshoh – “Ajoyib ulmaqdur fi axbori Temur” (“Amir Temur haqidagi xabarlarda taqdir ajoyibotlari”).
  • Salohiddin Toshkandiy – “Temurnoma”.
  • “Tuzukoti Temuriy”.
  • “Malfuzoti Temuriy”.
  • “Voqeoti Temuriy”.

Amir Temur hikmatlari

  • “Agar erda va ko’kda ikki xudo bo’lsa, jahonning ishi buzilur”
  • “Davlat ishlarining to’qqiz ulushi kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushi esa qattiqqo’llik bilan bajo keltirilur”.
  • “Bir ishga kirishmay turib, undan qutulish yo’llarini mo’ljallab qo’y”.
  • “Har bir tabaqaga adolatli chegara belgila, o’shanda davlat boshqaruvida adolat, aql hukmronlik qiladi”.
  • “Rosti – durusti”. “Haqiqat – sihat-salomatlik, haqiqat – tartib, haqiqat – adolat demakdir”

AMIR TEMUR HAYOTI DAVOMIDA BESH NARSAGA QAT’IY E’TIQOD QO’YGAN:

  • Ollohul har narsaga qodir kuch, sidqidildan sig’insang, istagan murodu maqsadingga etkazadi;
  • tafakkur — fikrlash va mushohada qobiliyati;
  • qilich — ul yigitning yo’ldoshi, el-yurt osoyishtaliginining posboni, har qanday dushmanning mahv etish quroli, aning qudrati ila dinsizlarni dinga solmoq mumkin;
  • imon — ul insonni barcha jonlilardan farqlantirib turuvchi xususiyatdir. Imonli odam xiyonat qilmaydi, qarindosh-urug’lari, elu-xalqning or-nomusini himoya qiladi, halollik va poklikni fazilat biladi;
  • kitob (bitik) barcha bunyodkorlik, yaratuvchanlik va aql idrokning, ilmu donishning asosidir, hayotni o’rgatuvchi murabbiydir».
  • Parijda 15 asrdayoq Amir Temurga yodgorlik o’rnatilib, unga «Evropaning xaloskoriga» degan chuqur ramziy ma’noli so’zlar yozib qo’shilgan.
  • Aynan Amir Temur bosqinchi to’dalarning Evropa ichkarisi ga qilayotgan harakatiga chek qo’yganini, boshqa tajovuzkorlik yurishlarini uzoq muddatga to’xtatib qo’yganini hozir inkor kilib bo’lmaydi. Bu borada ta’kidlash o’rinliki, Fransiya, Buyuk Britaniya va Germaniyada, Rossiya, boshqa G’arb mamlakatlarida Amir Temur shaxsi bilan qiziqish hech qachon so’nmagan.
  • Parij universitetining Turkiy tadqiqotlar instituti direktori Lui Bazenning qayd etishicha: «Amir Temurning Boyazid Yildirim ustidan qozongan kuchli g’alabasi Kon­stantinopol umrini yarim asrga uzaytirdi va bu bilan Evropapi turk istilosidan saqlab qoldi; To’xtamishxon va Oltin O’rdaga bergan kuchli zarbalari esa ruslarni mo’g’ul mustamlakasidan xalos qildi va Moskvada islohotlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratdi; uning Yaqin Sharq, Eron va Shimoli-g’arbiy Hindistonga kilgan yurishla- ri ushbu mintaqalarning siyosiy muvozanatini tubdan o’zgartirib yubordi».
  • Хидоятов Г.А. Основы дипломатии. -Т.: УМЭД, 2002. - 18-6.

Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling