Temuriylar tarixi davlat muzeyi


Download 37.79 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi37.79 Kb.
#1363331
Bog'liq
temuriylar muzeyi haqida


Temuriylar tarixi davlat muzeyi
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Temuriylar tarixi davlat muzeyi — Toshkentdagi Amir Temur xiyoboni yaqinida bunyod etilgan tarix muzeyi (1996). Muzey binosi oʻrta asr meʼmorligi anʼanalari asosida aylana tarxlitomi gumbazli qilib, maxsus temirbetondan yaxlit supa ustiga qurilgan. Bino 3 qavatli, bal. 31 m (diametri — tashqi tomoni 70 m, ichkisi 50 m), uni qurishda temir ustungʻisht, turli beton blok va yengil tayyorlangan sunʼiy qurilish uskunalari qoʻllanilgan. Devor yuzasini pardozlashda ganchmarmar va sopol koshinlar ishlatilgan. Qurilishda Toshkent sh. hokimiyati, "Turon" firmasi, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish. birlashmasi, "Oniks" korxonasi (30 dan ortiq kattakichik hajmdagi billur qandillar, 500 ta yoritgichli, ogʻirligi 2 t, bal. 8 m "Zumrad" qandil ishlab bergan), "Us to" birlashmasi qatnashgan.
Muzeyga marmar zinalar orqali bosh tarzi (Amir Temur xiyobonidan)dagi 3 eshikdan kiriladi. 14 ta yogʻoch oʻymakorligidagi eshik oʻziga xos. Atrofi peshayvonli, qator ustunli (20 ta, bal. 10 m, muqarnas boshalipoyustuni kulrang marmardan ishlangan), turunjlari sirkori sopol bilan bezatilgan, binoning tashqi devori yuzasida "sulsuslubida insonni yaxshilikkaundovchi soʻzlar bitilgan. Bino asosida foyemagazinlarmaʼmuriyatvestibyulkassaaxborotmaʼruza zali va boshqa texnik xizmat xonalari joylashgan. 1qavatda koʻrgazma va kinoleksiya zali (200 oʻrindiqli) bor. 2qavatdagi koʻrgazma zali 8 boʻlimdan iborat. Koʻrgazma zalidagi Temuriylar tarixiga oid noyob eksponatlar Oʻzbekiston viloyatlaridagi yirik muzeylardan keltirilgan, shuningdek, 1996 yilda Parijda Amir Temur tavalludining 660 yilligiga bagʻishlab oʻtkazilgan koʻrgazmadagi eksponatlar qam muzeyga oʻtkazilgan. Muzeyda arxeologiyaetn.numizmatika yodgorliklariqoʻlyozmalartasviriy sanʼat namunalari bor. Shuningdek, I. Karimovning Amir Temurga boʻlgan hurmatini ifodalovchi dil soʻzlari va "Temur tuzuklari"dan keltirilgan iboralar eksponatlarni mazmunan boyitgan.
Koʻrgazma zalining markazidagi devoriy tasvirdan "Buyuk Sohibqiron — buyuk bunyodkor" nomli 3 qismdan iborat asar oʻrin olgan. Birinchisi — "Tugʻilish" qismida Sohibqironning tugʻilishi bilan bogʻliq urfodatlar ramziy tasvirlarda ifodalangan. Ikkinchisi — "Yuksalish"da "Rosti—rasti" ("Toʻgʻrilik najotdir") degan shior oltin harflar bilan bitilgan. Bu qismning markazida taxtda oʻtirgan Sohibqironning vazirulamo, harbiy aʼyonlar davrasidagi mashvaratlari aks ettirilgan. Pastroqda esa Sohibqironning nabira va abiralari (Muhammad SultonUlugʻbekHusayn BoyqaroZahiriddin Muhammad Boburbobolaridan meros qolgan tuzuklarni mutolaa qilayotganlari va Amir Temur yaratgan meʼmoriy obidalar tasvirlangan. Uchinchisi — "Faxrlanish" boʻlimida merosning avloddanavlodga oʻtib kelayotganlik gʻoyasi oʻz aksini topgan. Muzeyga har yili 100 mingdan ziyod tomoshabin kiradi.




Ushbu maqolani yozishda Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.





Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. 
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.

Turkum

Navigatsiya

  • Siz tizimga kirmagansiz

  • Ushbu IP-manzil munozarasi

  • Contributions

  • Hisob yaratish

  • Kirish

  • Maqola

  • Munozara

lotin/кирилл

  • Mutolaa

  • Tahrirlash

  • Tarix

Qidiruv
Начало формы

Конец формы

  • Bosh sahifa

  • Tanlangan maqolalar

  • Yangi sahifalar

  • Tasodifiy maqola

  • Maqolalar indeksi

  • Loyihaga koʻmak

Ishtirok

  • Xato haqida xabar berish

  • Yangi oʻzgarishlar

  • Jamoa portali

  • Qoidalar

  • Yordam

  • Forum

  • Aloqa

In other projects

  • Vikiombor

Print/export

  • Download as PDF

Asboblar

  • Bu yerga ishoratlar

  • Bogʻliq oʻzgarishlar

  • Fayl yuklash

  • Maxsus sahifalar

  • Bosma uchun versiya

  • Doimiy havola

  • Sahifa haqida maʼlumot

  • Sahifadan matn parchasi ajratish

Boshqa loyihalarda

  • Vikimaʼlumotlar

  • Vikiombor

Boshqa tillarda

  • English

  • فارسی

  • Italiano

  • 日本語

  • Русский

  • Українська

Ishoratlarni tahrirla

  • Bu sahifa oxirgi marta 18-Oktabr 2017, 09:43 da tahrirlangan.

  • Ob'ekt yaratilgan sana: 1996

  • Hudud: Toshkent shahri

  • Kategoriya: Me‘morchilik inshootlari, Muzeylar

  • Xaritadagi joylashgan o'rni

  • 0

  • 0

  • 884

O’zR FA Temuriylar tarixi davlat muzeyi 1996 yilda Sohibqiron Amir Temur tavalludining 660 yilligi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida bunyod etilgan. Muzeyni tashkil etish bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 14-martdagi 99-sonli qarori qabul qilingan.
Muzeyning asosiy maqsadi Amir Temur va temuriylar davrida ilm – fan, maorif va madaniyatning yuksak darajadagi taraqqiyotini haqqoniy aks ettirish va keng targ’ib qilish, chuqur insonparvarlik ruhi bilan sug’orilgan tarixiy yutuqlarimiz va an’analarimiz asosida yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdir.
Muzey fondining asosiy qismi Amir Temur va temuriylar davriga oid qo’lyozma asarlar, turli davlatlar hukmdorlari bilan olib borilgan yozishmalar, tangalar, sopol va mis buyumlar, me’moriy bezak qoplamalari, kitoblar, etnografik buyumlar, yurtimiz rassomlari asarlari kabi nodir eksponatlardan iborat. Eksponatlarning soni esa 2,5 mingdan oshadi. Ayni paytda muzey zallaridagi “O’zbekistonda yozuv madaniyati va tarixi”, “Shohruhiya qal’a-shahri”, “Xorijdagi merosimiz”, “Amir Temur-Klavixo-Samarqand”, “Amir Temur hayotidan lavhalar”, “Amir Temur va temuriylar davri - rassomlar nigohida”, “Amir Temur va temuriylar davri tarixi olimlar va yozuvchilar nazarida” kabi ko’rgazmalarda 1,5 ming eksponat namoyish etilmoqda. Yaqinda “Temuriylar tarixi davlat muzeyi 10 yoshda” mavzuidagi yangi ekspozitsiya ochildi.
Download 37.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling