XX asrdagi ilm-fan va texnikaning, shu jumladan davlatlar orasidagi iqtisodiy munosabatlarning shiddatli tusdagi rivojlanishi metrologiyaga ham o’z ta’sirini o’tkazgan. Bundagi asosiy maqsadlardan biri - o’lchash birliklarining turli tumanligiga barham berish, umumiy qabul qilingan o’lchash birliklarini joriy etish, mahsulotning sifatini nazorat etishda umumiy qoidalarni amalga oshirish hisoblangan. Shu asnoda oldingi asrning o’rtalarida asosiy iqtisodiy salohiyatga ega davlatlar o’rtasida SGS va MКGSA tizimlari joriy etildi. Uning mantiqiy yakuni sifatida 1960 yil o’lchovlar va og’irliklarning XI Bosh konferensiyasida birliklarning yagona xalqaro birliklar tizimi (SI) joriy etildi. Bizning mamlakatimizda ushbu tizim 1982 yilning 1 yanvaridan boshlab GOST 8.417-81 asosida joriy etilgan.
Bog’lanishli miqdorlar
Boshlang`ich sinflarda matematika kursining asosiy tushunchalaridan birini masalalar yechish tashkil etadi. O`quvchilar masalalar turlari va ularni yechish usullari bilan tanishib, shu bilan birga ko`pgina kundalik hayotda duch keladigan vaziyatlarga qiziqish bilan qaraydilar. Miqdorlarni ularning birliklarini, munosabat-larini, bog`lanishlarini aniqlashga doir bir qator matnli arifmetik masalalarni o`rganish orqali nisbiy bog`lanish tushunchasi bilan bog`liq masalalarni yechadilar. Narsalarning soni, miqdori, jami; bahosi, soni miqdori, massasi, uzunliklarini topish boshlang`ich sinf o`quvchilarining matematik bilimlarini to`g`ri shakllanishida muhim bosqich hisoblanadi.
Miqdorlarning nisbiy bog`liqligiga doir masalalarga alohida soat ajratilmaydi, lekin miqdorlar tushunchasini o`rganish hayot bilan bog`lash asosiy bo`g`ini bo`lib xizmat qiladi. Miqdorlarning bog’lanish turlari 2 xil: to’g’ri proporsional va teskari proporsional.
Do'stlaringiz bilan baham: |