Tense degan atama bilan ifodalanadi. Macmillian English Dictionary for Advanced Learners lug'atida zamon, ya'ni tense
Download 1.71 Mb. Pdf ko'rish
|
Hamdam Atajanov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eslatma
O
RTTIRMA DARAJA Sifat va ravishlarning orttirma darajasi ikkitadan ortiq narsa va shaxslar orasida eng koʻp biror bir belgiga ega boʻlganini ajratib koʻrsatish uchun qoʻllaniladi. Of the three girls Jane is the prettiest. (Uchta qizdan eng chiroylisi - Jeyn.) i) Bir boʻg'inli va ba'zi bir ikki boʻg'inli (-y bilan tugaydigan) sifat va ravishlarning orttirma darajasi ularga -est qoʻshimchasini qoʻshish bilan hosil qilinadi. quick quickest big biggest new newest happy happiest ii) Koʻpchilik ikki va undan ortiq boʻg'inli sifat va ravishlarning orttirma darajasi ular oldiddan most soʻzini keltirish bilan hosil qilinadi. difficult most difficult expensive most expensive delicious most delicious Eslatma: Orttirma darajadagi sifat va ravishlar oldidan aniq artikl (the) qoʻllaniladi. the quickest the biggest the most expensive the most delicious Orttirma daraja quyidagi strukturadagi gaplar bilan qoʻllaniladi. That was the most delicious meal (that) I've ever eaten. (Present Perfect Simple) Melanie is the nicest person you could meet. That was the best performance I've ever seen. (Present Perfect Simple) Orttirma daraja qoʻllanilganda, joy yoki odamlar guruhi ma'nosini beruvchi otlar oldidan in predlogi qoʻllaniladi. It's the most expensive hotel in Oxford. Who is the best player in the team? Payt yoki vaqt ma'nosini beruvchi otlar oldidan of predlogi qoʻllaniladi. November is the wettest month of the year. Tell me about the happiest day of your life? (in your life emas) Eslatma: Orttirma darajada ham the most soʻzi oʻrniga the least soʻzini qoʻyish bilan eng kam xususiyatga ega boʻlgan otni ajratib koʻrsatish mumkin. A Fiat costs $200 000, a Ferrari costs $400 000 and a Skoda costs $50 000. A Skoda is the least expensive car in the lot. (eng arzoni) A Ferrari is the most expensive car in the lot. Qiyosiy va orttirma darajalarni qoʻllashda ularning qaysi soʻzlar yoki gaplar bilan kelganligini hisobga olish kerak. Masalan odatiy qurilmalar: This chair is more comfortable than that one.(qiyosiy) Hamdam Atajanov 133 This chair is as comfortable as that one.(oddiy) This chair is the most comfortable of all. (orttirma) This is the most boring film I've ever seen. (orttirma) Download 1.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling