2) older/elder soʻzlari yoshdagi farqni bildirib kelishlari mumkin, ammo ularning qoʻllanishida biroz farq
bor.
elder soʻzi faqat oila a'zolariga nisbatan ishlatiladi va than soʻzi bilan qoʻllanilmaydi. Bundan tashqari bu
soʻz faqat ot bilan kelishi lozim.
My elder sister is a teacher.
older soʻzi hamma vaziyatlarda qiyoshlash uchun ishlatiladi va than soʻzi bilan ham qoʻllana oladi.
My older/elder sister got married last year.
Mr Jonhson is a lot older than Bill. (... elder than emas.)
Q
IYOSIY DARAJANING QO
ʻ
LLANISHI
Sifatlarning qiyosiy darajasi ikkita narsa, shaxsdagi belgilarni qiyoslash uchun qoʻllanilib, oʻzidan keyin
than - qaraganda soʻzini talab qiladi.
The giraffe is taller than the elephant.
Detective stories are more interesting than algebra.
Ravishlarning qiyosiy darajasi esa harakatning belgisini bildirib keladi, than soʻzini talab qiladi.
Jim runs faster than Tom.
I was too nervous to go higher than half the tower.
Qiyosiy darajadagi sifat va ravishlar than soʻzi boʻlmasa ham qoʻllanishi mumkin. Bunday gaplarda sifat
va ravishdagi -roq ma'nosi anglashilib turadi.
This jacket is too small. I need a larger size. (...kattaroq oʻlchov)
We can't understand you. Can you speak more clearly? (...aniqroq gapira olasizmi?)
than soʻzi faqat oʻzidan keyin qiyoslanayotgan predmet boʻlsagina qoʻllaniladi.
This jacket is more expensive than that jacket. (... that jacket qiyoslanayotgan narsa)
Quyidagi soʻzlar qiyosiy darajadagi sifat va ravishlar oldidan kelib, ularning belgisini bildirib keladi. Bunday
vaziyatda qiyoslanish darajalari koʻrsatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |