Davlat kreditining mohiyati, mazmuni va ahamiyati
Download 202.92 Kb. Pdf ko'rish
|
davlat kreditning funksiyalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Xulosa
1 Reja: Kirish ……………………………………………………...2 1. Davlat kreditining mohiyati, mazmuni va ahamiyati……....3 2.Kreditning asosiy funksiyalari va tashkil qilish asoslari……6 3. Kreditning asosiy shakllari va turlari………………………10 4.Kredit nazariyalari tanqidi………………………………….13 Xulosa ……………………………………………………..14 Foydalanilgan adabiyotlar………………………………..15 2 Kirish Davlatning ixtiyorida bo‘lgan eng yirik pul jamg‘armasi Davlat budjeti deb ataladi. Davlat budjeti – bu mamlakatning o‘z pul daromadlari va xarajatlari ro‘yxatini o‘zida ifodalovchi asosiy moliyaviy hujjat (reja)dir. Davlat byudjetning g‘azna ijrosi davlat byudjet va davlat maqsadli jamg‘armalarining barcha daromadlarini, shuningdek, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tushumlarini yagona g‘azna hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini shu hisobraqamdan amalga oshirishni nazarda tutadi. Jamiyat faoliyatining o‘ta muhim jihati — bu ishlab chiqarishdir. Ishlab chiqarish jarayonida iqtisodiy resurslar ishlatiladi, mahsulotlar va xizmatlardan iborat hayotiy ne’matlar yaratiladi. Ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini moddiy va mehnat omillari ta’minlaydi. Ishlab chiqarish bu omillar bilan har doim ham bir tekisda ta’minlana olmaydi. Kredit tovar-pul munosabatlari mavjud sharoitdagi takror ishlab chiqarish kredit munosabatlari vujudga kelishining tabiiy asosi hisoblanadi. Ishlab chiqarish fondlarining doiraviy aylanishidagi va fondlarning bir marta aylanishidagi qiymatning harakati qisqa muddatli kredit munosabatlari paydo bo‘lishining iqtisodiy asosidir. Ma’lumki, pul mablag‘lariga ko‘p hollarda kreditlarga olingan mablag‘lar, korxonalarning hisob varaqasidagi mablag'lar va naqd pullar, aylanma mablag‘lar va moliyaviy mablag'lar kiradi. Bu iqtisodiy kategoriyalar tashqi tomondan o‘xshagani bilan ularning ichki xususiyatlari juda xilma-xil va bir-biriga o‘xshamaydi. Kredit — bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini ma’lum muddatga, haq to'lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Kredit yordamida tovar-moddiy boyliklari, turli rnashina va mexanizmlar sotib olinadi, iste’molchilarning mablag‘lari yetarli bo‘lmagan sharoitda to‘lovni kechiktirib tovarlar sotib olishlari va boshqa har xil to‘lovlarni amalga oshirish imkomyatiga ega bo‘ladilar. Kredit iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning aniq bir ko‘rinishi sifatida yuzaga chiqadi. 3 Download 202.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling