Davlat kreditining mohiyati, mazmuni va ahamiyati


Download 202.92 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/10
Sana09.09.2023
Hajmi202.92 Kb.
#1674760
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
davlat kreditning funksiyalari

Tijorat krediti. Tijorat krediti — bu faoliyat ko‘rsatuvchilar tomonidan bir-
birlariga o‘zaro to‘lovni kechiktirish sharti bilan tovar shaklida beriladigan kreditdir. 
Tijorat kreditini obyekti — tovar kapitali hisoblanadi. Tijorat kreditida kreditor va 
qarzdorlar bo‘lib faoliyat ko'rsatuvchilar (ishlab chiqaruvchilar) hisoblanadi. Tijorat 
kreditining cheklanishlari mavjud boiib ular: — faoliyat ko‘rsatuvchilarning zaxira 
kapitallari hajmi bilan cheklanganligi, ya’ni unga hozirgi davrda oborot (muomala) 
uchun zarur bo‘lmagan kapital bilan cheklanganligi; — yo'nalishiga ko‘ra, uni ishlab 
chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ishlab chiqarish vositalarini 
iste’mol qiluvchilarga berishi mumkin, ammo teskarisi bo‘lishi mumkin emas. 
Tijorat kreditidan farqli o'laroq bank krediti nafaqat tovarlar muomalasiga xizmat 
ko‘rsatadi, balki yanada kengroq m uhitda faoliyat ko'rsatadi. Bank krediti — pul 
egalari, banklar va boshqa kredit institutlari tomonida ishlab chiqaruvchilarga 
hamda boshqa qarz oluvchilarga pul shaklida beriladigan ssudalardir. Bank 
kreditining obyekti — pul kapitalidir. Bank kreditida ishlab chiqaruvchi shaxslar 
(faoliyat ko'rsatuvchilar) faqat qarz oluvchi sifatida ishtirok etadilar, kreditorlar 
bo‘lib esa ssuda kapitali egalari hisoblanadi. Bank krediti jamiyat barcha sinflarini 
pul daromadlari va jamg‘armalarini kapitalga aylantirib, kapitalni jamg‘arilishiga 
sababchi bo'ladi. Tijorat krediti veksel bilan hujjatlashtiriladi. Tijorat kreditining 
foizi, tovarlar pog‘onasiga va veksel summasiga qo‘shiladi va u bank krediti 
foizidan past bo‘ladi. Bank kredit foizining maqsadi ssudalar hisobiga daromad 
(foyda) olishdir. Tijorat krediti va bank kreditining ba’zi bir umumlashtirilgan 
tomonlarini o‘zida aks ettiruvchi kredit bu iste’mol kreditidir. Iste’mol krediti — 
asosan tovarlarni sotish jarayonida ularni to‘lovini kechiktirib to‘lash huquqi 
berilishidir. Shu bilan birga iste’mol krediti banklar yoki maxsus kredit institutlari 
tomonidan iste’mol tovarlarni sotib olish va xizmatlarni to'lash hollarida beriladi. 
Uning obyekti — uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar va xizmatlar hisoblanadi. 
Iste’mol krediti — tovar va pul shaklida namoyon bo‘lishi mumkin. Iste’mol krediti 


12 
foizi — o'zining yuqori darajada ekanligi bilan ajralib turadi va milliy daromadni 
qayta taqsimlashning ikkilamchi shakli sifatida aholi daromadlari hisobidan 
to'lanadi. Davlat krediti va xususiy kredit. Davlat kreditida qarz oluvchi yoki 
kreditor bo'lib davlat ishtirok etadi. Davlat krediti davlat zayomlari shaklida 
kaziagey (g‘azna) majburiyatlarini chiqarish orqali, jamg‘arma tashkilotlari 
jamg'armalari qoldiqlarini Davlat qimmatli qog'ozlariga joylashtirish orqali amalga 
oshiriladi. Rivojlangan mamlakatlarda davlat zayomlari (qarzlari) Davlat budjeti 
xarajatlarini moliyalashtirishning asosiy usuli bo'lib xizmat qiladi. Davlat 
zayomlarini ishlatishning yakuniy natijasi bo'lib, davlat qarzining o'sishi, yangi 
zayomlarni chiqarish hajmiga nisbatan foiz summasining qaytarish hajmi o'sib 
ketadi. Davlat krediti mablag'lari ishlab chiqarish kapitali takror ishlab chiqarishda 
ishtirok etmaydi, ya’ni u moddiy qiymatliklar ishlab chiqarishda qatnashmaydi
faqat budjet defitsitini qoplash maqsadida foydalaniladi. Xususiy kredit davlat 
kreditidan tamomila farq qiladi. Chunki xususiy kreditida kreditor va qarz oluvchilar 
bo'lib, xususiy yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etadilar. 

Download 202.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling