Davlat kreditining mohiyati, mazmuni va ahamiyati
Davlat kreditining iqtisodiy mazmuni va ahamiyati
Download 202.92 Kb. Pdf ko'rish
|
davlat kreditning funksiyalari
1. Davlat kreditining iqtisodiy mazmuni va ahamiyati.
Haqiqatda ham davlat krediti munosabatlarida ham bo’sh turgan pul kapitallariga ega bulgan subyektlar sifatida aholi, korxona va tashkilotlar hisoblansa unga nisbatan davlat ehtiyojlarining mavjudligi davlat krediti munosabatlarining asosini tashkil qilishi ma’lumdir. Bu yerda shuni ta’kidlash joizki bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning turli sohalaridan faoliyat yurituvchi iqtisodiy sbyektlar bilan birgalikda davlat ham uziga xos iqtisodiy subyekt sifatida iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etadi. Iqtisodchi, A.Ulmasov( davlatning kimmatbaho kogozlar chiqarishi va uni joylashtirish vositasidagi operatsiyalari, iqtisodiyotdagi kredit kulamiga tasir ko‘rsatish bilan bog‘liq bulgan siyosatini uziga xos davlat tadbirkorligi sifatida baholaydi. Albatta bu urinda biz davlatning bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotdagi pul muomalasi va yalpi kredit kulamini tartibga solishning ma’muriy mexanizmlaridan voz kechishi va egri iqtisodiy usullaridan foydalanish jarayonini kurishimiz mumkin. Kredit munosabatlari xilma xil shakllarga ega bulib, ular xujalik xayotining barcha sohalariga keng kirib bormokda. Kredit munosabatlarida ishtirok etuvchi subyektlar sifatida quyidagi 4 subyektlarni ajratishimiz mumkin: davlat, korxona va tashkilotlar, aholi va xalqaro moliyaviy institutlar. Kredit munosabatlarida davlat faol ishtirok etuvchi subyekt hisoblanib, bunday kredit munosabatlarini davlat krediti munosabatlari sifatida kurib o‘tiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoiti davrida jamiyatining uzluksiz ravishdagi xar xil ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlarini moliyaviy ta’minlashi bilan bog‘liq bulgan xarajatlarini koplash maqsadida davlat xujalik strukturalari, aholi va xorijiy subyektlarning bush turgan moliyaviy resurslarini jalb qilishi mumkin. Jamiyatning bunday bush turgan pul mablag‘larini jalb qilishning asosiy usullaridan biri sifatida hozirgi sharoitda davlat krediti munosabatlari uziga xos muhim ahamiyatga egadir. Mamlakat ichkarisida davlat krediti munosabatlarini amalga oshirishda odatda davlat karzdor subyekt sifatida qatnashadi kreditorlar esa aholi, korxona va tashkilotlar ishtirok 4 etadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida esa davlat ham kreditor hamda karzdor sifatida ishtirok etadi. Kredit zarurligi va uning mohiyati Kreditning mohiyati uning ichki belgilarini ochib berishga qaratilgan. Kreditning mohiyatini ochish — bu uning sifatlarini, kreditning muhim tomonlarini, uning iqtisodiy munosabatlar tizimining bir elementi sifatida ko‘rsatuvchi asoslarni bilish demakdir. Iqtisodiy kategoriya sifatida kreditning mohiyati ko‘pgina iqtisodchi olimlar tomonidan o‘rganilib chiqilgan va ular tom onidan kreditning mohiyati bo‘yicha fikrlar bildirilgan. Kreditning mohiyatini tushunish uchun avvalom bor, uning tarkibi nimadan iborat ekanligini tushunib olish zarur. Kredit munosabat bo'lishi uchun uning zarur munosabatlari — kreditning obyekti va subyektini bilish zarur. 1-Chizma 1 . Respublikamizning ko‘zga ko'ringan olim laridan biri Sh. Abdullayeva o'zining «Pul, kredit va banklar» 2 nomli kitobidan kredit munosabatlarida subyektlari ikki xil bo'lishini ko‘rsatib o ‘tadi: — kredit (qarz beruvchi); — qarzdor. Bundan tashqari, kredit, kredit, munosabatlari tarkibining elementi sifatida kreditning obyekti yuzaga keladi. Bunda qarzga berilgan mablag' o‘z qiymatini saqlab qolishi kreditning asosiy xususiyati hisoblanadi. Kredit tarkibi uning elementlari birligini ifodalaydi. 1 Sh.Z. Abdullayeva. «Pul kredit banklar». T.: «Moliya» — 2000- y. 121-bet. Kredit subyekti Kredit obyekti Kreditlash tizimi tarkibi Qarzdor Qarz beruvchi Qarzga berilgan kredit qiymati 5 Kreditning harakat bosqichlari ham uni muhim belgisi hisoblanadi. Qarzga beriluvchi qiymat harakatini quyidagicha ifodalash mumkin: B k - O kz -I k - + Q k - F ks bunda, B k — kreditning berilishi; O kz — kreditni qarz oluvchi tomonidan uning vaqtinchalik ehtiyojini qondirish uchun olinishi; I k — kreditni ishlatilishi qarz oluvchining kreditni nima maqsadda olinganligi bilan uzviy bog'liq bo'ladi; V r — qarz oluvchining xo‘jaligida qarzga olingan qiymatning aylanishi tugallanishini resurslarning aylanishdan chiqarilishini ifodalaydi; Q k — kreditni qaytarish; F ks — vaqtinchalik berilgan qiymatni kreditor qo'liga qaytib kelishi (foiz bilan). Kredit mohiyatining tahlili uzluksiz jarayon. Bunda tahlil jarayonida yangidan yangi beligilar, xususiyatlar yuzaga chiqishi mumkin. Davlat krediti kredit munosabatlarining bir turi sifatida kator xususiyatlarga egaki, bu xususiyatlar vositasida klassik moliyaviy kategoriyalar, masalan, soliqdan farklanadi. Soliqdan farkli ravishda ixtiyoriy xarakter kasb etadi. Bu xususiyati bilan imperativ pul munosabatlari katoriga kirmasligini ko‘rsatib beradi. Ammo shuni ta’kidlash joizki, budjet munosabatlarini tashkil qilish. Davlat krediti munsabatlarinig obyektiv asoslari, jamiyatning ehtiyojlarini kondirish miqdori va davlat budjet daromadlarini bunday ehtiyojlarni tulakonli kondirish imkoniyatining doimiy ravishda mavjud bulmaslik bilan bog‘liq ziddiyatlar bilan belgilanadi. Davlat kreditining vujudga kelish imkoniyatlari yuridik va jismoniy shaxslarning daromadlarining kullanilish vakti va shakillanishi xususiyatlari bilan bog‘liqdir. Download 202.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling